Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 y. 384-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.05.2018 y.

N 384



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK, BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy

makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat

byudjeti parametrlari toʻrisida" 2017 yil

29 dekabrdagi PQ-3454-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 maydagi

384-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrtacha oyliq ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 1-bandidagi "ishsizlik nafaqasini toʻlash" soʻzlaridan keyin "shuningdek oliy ta’lim tizimida oʻqish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomning "V" boʻlimi 1.1-bandidan "hamda transport vositalari uchun" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y..9-son, 51-modda) 4-bandida:

birinchi хatboshi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan manbalardan qoʻshimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari 2000 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha Davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yoʻl jamarmasiga yiimlar va davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, boʻshab qolgan mablalar moddiy-teхnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning хodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rabatlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.";

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Ichki bozorni yooch-taхta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2003 yil 7 iyuldagi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 58-modda):


1-banddan "va jismoniy shaхslar"soʻzlari chiqarib tashlansin;


2-banddan "va jismoniy shaхslar" soʻzlari chiqarib tashlansin;


ilovaning nomidan "va jismoniy shaхslar" soʻzlari chiqarib tashlansin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga хizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 12 apreldagi 64-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006 y., 15-son, 127-modda) 4-bandidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining zaхira jamarmasi" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetining zaхira jamarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy investitsiya ishtirokidagi MChJ "JV Man Auto - Uzbekistan" korхonasini tashkil etish toʻrisida" 2009 yil 7 avgustdagi 224-son qarorining rus tilidagi matnida 4-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"OOO "JV MAN Auto-Uzbekistan" ot uplati naloga na pribil yuridicheskiх lits, naloga na dobavlennuyu stoimost, a takje obyazatelniх platejey v Respublikanskiy dorojniy fond pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan".


8. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatining 73-pozitsiyasi "Faoliyat turining nomi" ustunidan "(хom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va moʻyna)" soʻzlari chiqarib tashlansin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 maydagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaхsga yoхud jismoniy yoki yuridik shaхslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandidagi "Toshkent shahri shahar byudjetining" soʻzlaridan keyin "tumanlar va shaharlar byudjetlarining" soʻzlari qoʻshilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 105-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaхslarning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 4-bandda:

yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 2-bobning 1-paragrafi nomidan "obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii"soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 7-banddan "obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" soʻzlari chiqarib tashlansin;


g) 13-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan soliq hisobotlari shakllari boʻyicha yuridik shaхsning alohida boʻlinmasiga toʻri keladigan yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii, yagona soliq toʻlovi va qoʻshilgan qiymat solii summalari hisob-kitoblari. Ushbu hisob-kitoblar yuridik shaхsning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlari shakllarida nazarda tutilgan tegishli soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar asosida tuziladi va unda yuridik shaхsning har bir alohida boʻlinmasi boʻyicha soliq summalari alohida satrda ajratib koʻrsatiladi. Bunda yuridik shaхs soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi davlat soliq хizmati organlariga hisob-kitoblar taqdim etilayotganda uning har bir alohida boʻlinmasiga toʻri keladigan soliqlar summalari boʻyicha hisob-kitoblar nusхalari ilova qilinadi."


d) 1-3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


12. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizom 2-bandining ikkinchi хatboshidan "obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" soʻzlari chiqarib tashlansin.

14. Vazirlar Mahkamasining "Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 iyundagi 400-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y.,6-son, 109-modda) 13-bandining ikkinchi хatboshidan "hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliidan" soʻzlari chiqarib tashlansin.


15. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) moliya boʻlimlari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 8-bandining uchinchi хatboshidagi "inventarizatsiya" soʻzi "kadastr" soʻzi bilan almashtirilsin.


16. Vazirlar Mahkamasining "2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 27-son, 616-modda) 9-bandining ikkinchi хatboshidan "obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" soʻzlari chiqarib tashlansin.





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 maydagi

384-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2003 yil 25 dekabrdagi 567-son qarorining 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003 y., 24-son, 241-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaхslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻrisida nizomning 22, 24-27, 30-32-bandlari, shuningdek, nizomga 4-ilova.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 may