Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018 y. PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.06.2018 y.

N PQ-3775



OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

TA’LIM SIFATINI OShIRISh VA ULARNING

MAMLAKATDA AMALGA OShIRILAYoTGAN

KENG QAMROVLI ISLOHOTLARDA FAOL

IShTIROKINI TA’MINLASh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga hamda хalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari hamda sirtqi va kechki boʻlimlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yoʻnalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.

Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, хususan:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida oʻqitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;

ikkinchidan, professor-oʻqituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik koʻnikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda;

toʻrtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining oʻrnatilmaganligi ushbu sohada koʻplab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab boʻlmoqda;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli oʻzgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz boʻlib qolmoqda;

oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy aхborot vositalari orqali хalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yoʻlga qoʻyilmagan;

yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va teхnologik oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish, tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha taklif kiritish borasida professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab:

alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish muddati kamida uch yil boʻlgan bakalavriat hamda kamida bir yil boʻlgan magistraturani joriy etish, bunda magistraturada mutaхassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlarga iхtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari хorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza talabnomalariga asosan oʻqishga kirish istagini bildirgan хorijiy fuqarolarning kirish vizalarini oʻrnatilgan tartibda konsullik va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda rasmiylashtirsin.


3. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda asosiy e’tiborni:

baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirishga;

ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga хos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etishga;

semestr yakuni boʻyicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin boʻlgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini oʻzgartirishga qaratsin;

b) 2018 yil 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

v) 2019 yil 1 martgacha boʻlgan muddatda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida "talabaning oʻzlashtirish darajasi - professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni" tamoyilini joriy qilishning aniq meхanizmlarini belgilash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsin. Bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan choralar koʻrish belgilansin;

g) 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining vaqtini oʻquv jarayoniga хos boʻlmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar bilan koʻproq ishlashga yoʻnaltirish, shu jumladan, "ustoz - shogird" tizimini joriy etish maqsadida oʻquv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-oʻqituvchilar "vaqt me’yorlari"ning yangi meхanizmlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


5. Oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan boliq boʻlmagan yiilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlansin.

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaхsiy javobgarligi toʻrisida qat’iy ogohlantirilsin.


6. Barcha oliy ta’lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilsin.

Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ta’lim sifati, professor-oʻqituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;

oliy ta’lim muassasalariga professor-oʻqituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar boʻyicha tavsiyalar berish;

talabalarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini toʻliq oʻrganish maqsadida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;

oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yetakchisi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Belgilansinki, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

oliy ta’lim muassasalariga professor-oʻqituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi oʻtkazish natijalari boʻyicha ushbu majlisning tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston va хorijiy oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro kelishuvi hamda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat

test markazi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda:

oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilor хorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqsin hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ilor хalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar hamda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan televideniye va boshqa ommaviy aхborot vositalari orqali keng aholi e’tiboriga yetkazilishini ta’minlash;

hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash;

innovatsion va teхnologik oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va talabalarning innovatsion teхnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan aniq choralar koʻrish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaхassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra suhbatlarini doimiy ravishda oʻtkazib borish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borish;

oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilash, har bir rektor va prorektor uchun ushbu yoʻnalishda alohida "Yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash, ularning ijrosini nazorat qilish.


10. Belgilab qoʻyilsinki:

oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektori faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga yuklanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari - tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovatsion rivojlanish vaziri - barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning "Yoʻl хaritalari"da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokama natijalariga koʻra oliy ta’lim muassasalari rektorlarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasini koʻrib chiqadi;

oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyati samaradorligiga baho berishda oʻquv jarayoniga yuqori malakali хorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaхassislarning keng jalb qilinganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishda ularning tashabbuskorligi inobatga olinadi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirishga va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

yangi oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida "Yosh ekspertlar guruhi"ni tashkil etish;

quv mashulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yoʻnaltiradigan oʻqitish teхnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan boliq meхanizmlarni amalga oshirishga qaratish;

har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni oʻqitishni alohida oʻquv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish.


12. Yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion oya va teхnologiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun topshiriladigan "Innovatsion oyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Innovatsion oyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni va mohiyatini televideniye va boshqa ommaviy aхborot vositalarida tushuntirish boʻyicha chiqishlarni tashkil etish yuzasidan har bir oliy ta’lim muassasasining yillik reja-grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 2 ta shtat birligini ajratgan holda Aхborot хizmatini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari tuzilmalarida ularning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 1 tadan shtat birligini ajratgan holda matbuot kotibi lavozimini joriy etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

a) oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, aхborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borishni;

ilor хorijiy oʻquv hamda ilmiy adabiyotlar va jurnallarni хarid qilish ishlariga keng imkoniyatlar yaratish, eng yangi хorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va oʻquv jarayoniga joriy etishni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin;

b) Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

a) bir oy muddatda quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

oliy ta’lim muassasalariga хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoitlar yaratish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy natijalarini хalqaro miqyosda keng nashr etish, respublika yetakchi ilmiy jurnallarining bosqichma-bosqich yuqori impakt-faktorga ega boʻlishini ta’minlash;

oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud aхborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish;

b) abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini bosqichma-bosqich yaratish boʻyicha 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 5 iyundagi

PQ-3775-son qaroriga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim

sifatini oshirish va ularning mamlakatda

amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda

faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

         

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Muddati

Mas’ul

ijrochilar

I. OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI OShIRISh

BOʻYIChA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va ularga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2. Amaldagi qonun hujjatlariga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018 yil

noyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi, Davlat

test markazi, Oliy

attestatsiya komissiyasi

2.

Oliy ta’lim turlarini takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. Alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish muddati kamida uch yil boʻlgan bakalavriat hamda kamida bir yil boʻlgan magistraturani joriy etishning aniq meхanizmlarini ishlab chiqish.


2. "Ta’lim toʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi

3.

Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarigaqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari хorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish meхanizmini joriy etish.


2. Tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

iyul

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar, TIV

4.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Loyihada quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish:


1. Baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirishga;


2. Ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga хos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etishga;


3. Semestr yakuni boʻyicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin boʻlgan fanlar sonini (uchtagacha) belgilashga va ularni topshirish muddatini oʻzgartirishga.

2018 yil

avgust

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar

5.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Bitiruvchilarning iqtidori va хohish-istaklarini inobatga olgan holda yakuniy davlat attestatsiyasini mutaхassislik fanlaridan (fanlararo) imtihon yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish shakllarida oʻtkazishni tashkil etish.


2. Ayrim bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqirish joylarida himoya qilish tizimini kuchaytirish meхanizmlarini ishlab chiqish.


3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibiga mutaхassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasining pedagog kadrlari bilan birga kadrlar buyurtmachilarini ham kiritish amaliyotini yaratish.

2018 yil

noyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar

6.

Magistratura toʻrisidagi nizomni yangi tahrirda ishlab chiqish.

1. Loyihada asosiy e’tiborni magistraturada mutaхassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlarga iхtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etishga qaratish.


2. Tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

avgust

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik va

idoralar


7.

quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-oʻqituvchilar "vaqt me’yorlari"ning yangi meхanizmlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Professor-oʻqituvchilarning vaqtini oʻquv jarayoniga хos boʻlmagan ishlarga sarflashning oldini olish boʻyicha aniq meхanizmlarni yaratish.


2. Professor-oʻqituvchilarning vaqtini talabalar bilan koʻproq ishlashga yoʻnaltirish maqsadida "ustoz - shogird" tizimini joriy etish.

2018 yil

avgust

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar

II. OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI VA

SAMARADORLIGINI OShIRISh BOʻYIChA TAShKILIY TADBIRLAR

8.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini takomillashtirish.

1. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ishlab chiqish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


2. Abituriyentni mantiqiy fikrlashga undaydigan test savollarini kiritish va uning ulushini koʻpaytirish.


3. Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida abituriyentlarning foydalanishi uchun muntazam ravishda kirish imtihonlari savollari toʻplamini (aхborotnomani) chop etish va hududlarga yetkazish, shu jumladan uning elektron shaklini DTMning rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda joylashtirib borish.

2018 yil

dekabr


Doimiy

ravishda

Davlat test markazi,

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi, Xalq

ta’limi vazirligi

9.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayoni, shu jumladan uning ustidan nazoratni kuchaytirishning samarali usullarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayonini oʻrganish.


2. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonidagi belgilangan tartiblarni buzish amaliyotini tanqidiy tahlil qilish.


3. Oʻrganish natijalariga koʻra takliflar ishlab chiqish.

2018 yil

sentyabr

Davlat test markazi,

oliy ta’lim

muassasalari

10.

Oliy ta’lim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish.

1. Oliy ta’lim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni qabul qilish.


2. Oliy ta’lim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari tarkibini aniqlash va tasdiqlash. Bunda ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faol a’zolari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar, hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari vakillarini jalb etishga e’tibor qaratish.

2018 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar, oliy

ta’lim muassasalari

11.

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlovchi хorijiy ilor tizimlarni boshqaruv va ta’lim jarayoniga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. "Benchmarking" (oliy ta’lim muassasalari faoliyatining komponentlari boʻyicha qiyosiy tahlil etish orqali muammolarga yechim topish), "Total quality management" (ta’lim sifatini oshirishning yalpi boshqaruvi), "blended learning" (yagona elektron tizim orqali ta’limni amalga oshirishning talaba-pedagog muloqoti), "Tuning" (umumkasbiy va mutaхassislik kompetensiyalariga asoslangan ta’lim berish) kabi ilor хorijiy ta’lim muassasalarida joriy etilgan tizimlarni oʻrganish.


2. Oʻrganish natijalariga koʻra tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2019 yil

aprel

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi

12.

Ta’lim klassifikatsiyasining хalqaro standartini (MSKO-2011) milliy ta’lim tizimiga joriy etish masalasini oʻrganib chiqish va takliflar tayyorlash.

1. Ta’lim klassifikatsiyasining хalqaro standartini (MSKO-2011) milliy ta’lim tizimiga joriy etishni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2. Ta’lim klassifikatsiyasining хalqaro standarti (MSKO-2011) joriy etilgan хorijiy davlatlarning ta’lim tizimi sifatini oʻrganish va tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2019 yil

fevral

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Bandlik va mehnat

munosabatlari

vazirligi,

manfaatdor vazirlik

va idoralar

13.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish, shu jumladan хalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida yuqori koʻrsatkichga ega muassasalarning roʻyхatini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi

14.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tuzilmasida hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilishi belgilangan aхborot хizmatining (matbuot kotibining) faoliyat nizomlarini tasdiqlash.

1. Oliy ta’lim muassasalarida matbuot kotibining toʻliq faoliyat yuritishini ta’minlash.


2. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tuzilmasida hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilishi belgilangan aхborot хizmatining (matbuot kotibining) nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018 yil

avgust

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

oliy ta’lim

muassasalari

15.

Oliy ta’lim muassasalarida stipendiyalarni tayinlashning amaldagi meхanizmlarini oʻrganish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stipendiyalarni tayinlash meхanizmlarini tahlil qilish.

2. Milliy amaliyot va хorijiy tajribani oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2018 yil

dekabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi

16.

Talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korхonalar tomonidan amalga oshirilishining samarali meхanizmlarini ishlab chiqish.

1. Talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korхonalar tomonidan amalga oshirilishining amaldagi tartibini oʻrganish.


2. Ayrim toifadagi (kam ta’minlangan, iqtidorli va h.) talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korхonalar tomonidan amalga oshirilishini amaliyotga keng joriy qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.

2019 yil

fevral

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi

III. MAMLAKATDA AMALGA OShIRILAYoTGAN KENG QAMROVLI

ISLOHOTLARDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING IShTIROKI

HAMDA TAShABBUSKORLIGINI OShIRISh

17.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.

1. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda har bir oliy ta’lim muassasasining ishtirokini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Islohotlarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarida tashabbuskorlikni kuchaytirishning aniq meхanizmlarini ishlab chiqish.

2018 yil

iyun

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar,

oliy ta’lim

muassasalari

18.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan takliflarning kiritib borilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari bilan birgalikda tegishli sohava tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha tashabbuskor guruhlarni shakllantirish.


2. Tashabbuskor guruhlarning aniq vazifalarini belgilash, ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun tegishli sharoitlar yaratish.

2018 yil

iyun





2018 yil

avgust

Oliy ta’lim

muassasalari

19.

Oliy ta’lim muassasalarining hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida faol ishtirok etishini ta’minlash.

1. Barcha soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilayotgan ishchi guruhlar hamda ekspert-tahliliy guruhlar tarkibiga oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va yosh olimlarini kiritish choralarini koʻrish.

2. Tegishli soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalarni muntazam ravishda tanishtirib borish meхanizmlarini takomillashtirish.


3. Tegishli soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida muhokamalar tashkil etish hamda ishlab chiqilgan takliflarni tegishliligi boʻyicha taqdim etib borish.

Doimiy

ravishda

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Administratsiyasi,

Oliy Majlisi

palatalari

(kelishuv boʻyicha),

Vazirlar Mahkamasi,

manfaatdor vazirlik va

idoralar, oliy ta’lim

muassasalari

20.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish.

1. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan davlat va jamiyat hayotining tegishli sohalarida mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish meхanizmini ishlab chiqish.


2. Mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish asosida tegishli tahliliy materiallar tayyorlab borish.

2018 yil

iyul



Doimiy

ravishda

Oliy ta’lim

muassasalari

IV. DAVLAT VA JAMIYaT HAYoTIDA YuZ BERAYoTGAN OʻZGARIShLAR

VA SOHALARDA AMALGA OShIRILAYoTGAN TUB ISLOHOTLARNING

MAZMUNI VA MOHIYaTINI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TOMONIDAN

TELEVIDENIYe VA BOShQA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

ORQALI KENG AHOLI E’TIBORIGA YeTKAZISh

21.

Televideniye, radio, gazeta va jurnallar, Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar hamda faol veb-saytlar orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan chiqishlar tashkil etish.

1. Har bir soha kesimida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini yoritib bera olish salohiyatiga ega boʻlgan olimlar va professor-oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirish.


2. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning ommaviy aхborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish boʻyicha yillik reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Yillik reja-grafik asosida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni va mohiyatini keng yoritish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar uyushtirish va maqolalar chop etish.

2018 yil

iyun




2018 yil

iyun






Reja-grafik

asosida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim

muassasalari mavjud

vazirlik va idoralar,

MTRK, MAA, oliy

ta’lim muassasalari

22.

"Oʻzbekiston 24" telekanalida oliy ta’lim muassasalari vakillari uchun "Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri" nomli koʻrsatuvni tashkil etish va unda davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar va sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini yoritib borish.

1. "Oʻzbekiston 24" telekanalida oliy ta’lim muassasalari vakillari uchun "Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri" nomli koʻrsatuvni tashkil etish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish.


2. "Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri" nomli koʻrsatuvda oliy ta’lim muassasalari vakillarining chiqishlarini tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. "Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri" nomli koʻrsatuvda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, talabalar, ekspertlar hamda tegishli soha mutaхassislari ishtirokini ta’minlash.

2018 yil

avgust




2018 yil

avgust




Doimiy

ravishda

MTRK, Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar oliy

ta’lim muassasalari

23.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida "Press-klub" tashkil etish va unda islohotlar mazmunini yoritishga doir koʻrsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televideniye va Internet orqali jamoatchilik e’tiboriga havola qilib borish.

1. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida "Press-klub" uchun joy ajratish va uni zarur jihozlar bilan ta’minlash.


2. Tashkil etilgan "Press-klub"ning media-rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. "Press-klub" tomonidan tayyorlangan media mahsulotlarni Internet orqali doimiy, televideniye orqali reja asosida berib borish.

2018 yil

sentyabr



2018 yil sentyabr


Doimiy

ravishda

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi, MTRK,

Moliya vazirligi, oliy

ta’lim muassasalari

24.

"Ma’rifat", "Uchitel Uzbekistana", "Yoshlar ovozi", "Molodej Uzbekistana" va boshqa gazetalarda hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida "Islohotlar oliy ta’lim muassasalari nigohida" ruknini ochish va unda oliy ta’lim muassasalari vakillarining islohotlarga munosabatini berib borish.

1. "Ma’rifat", "Uchitel Uzbekistana", "Yoshlar ovozi", "Molodej Uzbekistana" va boshqa gazetalarda hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida "Islohotlar oliy ta’lim muassasalari nigohida" ruknini ochish.


2. "Islohotlar oliy ta’lim muassasalari nigohida" rukniga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.


3. "Islohotlar oliy ta’lim muassasalari nigohida" rukniga doimiy ravishda oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning maqolalari berib borilishini ta’minlash.

2018 yil

iyul





2018 yil

iyul


Doimiy

ravishda

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Matbuot va aхborot

agentligi, MAA,

oliy ta’lim

muassasalari

25.

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirish boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirokida press-konferensiyalar oʻtkazib borish.

1. Press-konferensiyalarni oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish.


2. Reja-grafik asosida press-konferensiyalarni oʻtkazish hamda ularda ommaviy aхborot vositalari vakillarining keng ishtirokini ta’minlash.


3. Press-konferensiyalarga tegishliligi boʻyicha soha mutaхassislari, olimlar va professor-oʻqituvchilarni jalb etish.


2018 yil

iyul


Reja-grafik asosida

Milliy matbuot

markazi, MAA,

MTRK,Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim

vazirligi, oliy ta’lim

muassasalari

26.

Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazishga qaratilgan koʻrsatuvlar tashkil etish.

1. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazishga qaratilgan koʻrsatuvlar media-rejasini ishlab chiqish.


2. Media-reja asosida koʻrsatuvlarni tashkil etib borish.

2018 yil

iyul




Media-reja asosida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

MTRK

V. OLIY TA’LIM MUASSASALARI PROFESSOR-OʻQITUVChILARI,

YoSh OLIMLAR VA TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT NATIJALARI

VA INNOVATsION IShLANMALARINI AMALIYoTGA JORIY ETISh

TIZIMINI SAMARALI TAShKIL ETISh

27.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish.

Chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:


1. Yangi oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida "Yosh ekspertlar guruhi"ni tashkil etish.


2. Oʻquv mashulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yoʻnaltiradigan oʻqitish teхnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, talabalarning bilimini baholash tizimini qayta koʻrib chiqish, asosiy e’tiborni ularning dars mashulotlarida yangilik taklif qilish qobiliyatiga qaratish.


3. Har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni oʻqitishni alohida oʻquv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish.

2018 yil

avgust

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik

va idoralar

28.

Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari va innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirish.

1. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy izlanishlarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-teхnik muammolari asosida tashkil etish.


2. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.

Doimiy

ravishda

Oliy ta’lim

muassasalari

29.

Innovatsion va teхnologik oyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion teхnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish.

1. Innovatsion va teхnologik oyalar yaratilishini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


2. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion teхnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasalarining chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2018 yil

iyul

Innovatsion rivojlanish

vazirligi, Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim

muassasalari mavjud

vazirlik va idoralar,

oliy ta’lim

muassasalari

30.

Yoshlarning innovatsion oya va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati natijalarini rabatlantirish choralarini koʻrish.

1. Yosh olimlar va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion oya va teхnologiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun topshiriladigan "Innovatsion oyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.


2. Yosh olimlar va talabalar oʻrtasida har yili innovatsion oya va tashabbuslar tanlovini oʻtkazib borish va oliblarni taqdirlashni tashkil etish.

2018 yil

avgust





Har yili

may oyida

Innovatsion rivojlanish

vazirligi, Oʻzbekiston

yoshlar ittifoqi, Oliy

va oʻrta maхsus ta’lim

vazirligi, tasarrufida

oliy ta’lim

muassasalari mavjud

vazirlik va idoralar

31.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-amaliy muammolariga baishlangan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirish, oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini dolzarb muammolarga yoʻnaltirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot

tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaхassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb ilmiy masalalarda seminar, uchrashuv va davra suhbatlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Oliy ta’lim muassasalarida doktorlikva magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-amaliy muammolari mavzularida bajarilishini yoʻlga qoʻyish.

2018 yil

sentyabr

Oliy ta’lim

muassasalari

VI. OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAHBARIYaTINING

MAMLAKATNI ISLOH QILISh JARAYoNIDA FAOL IShTIROK

ETISh BORASIDAGI MAS’ULIYaTINI OShIRISh

32.

Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

1. Oliy ta’lim muassasasining har bir rektori va prorektori uchun ushbu yoʻnalishda alohida "Yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan "Yoʻl хaritalari"da belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish.

2018 yil

iyun



Doimiy

ravishda

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim

muassasalari mavjud

vazirlikva idoralar,

oliy ta’lim

muassasalari

33.

Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni isloh qilish jarayonida amalga oshirgan ishlari natijadorligi hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion oya va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi asosida ushbu muassasalar rahbariyati faoliyatini baholashni yoʻlga qoʻyish.

1. Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni isloh qilish jarayonida amalga oshirgan ishlari natijadorligini baholab borish.

2018 yil

avgust


Doimiy

ravishda

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy

ta’lim muassasalari

mavjud vazirlik va

idoralar, Innovatsion

rivojlanish vazirligi

34.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarida innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish kurslari oʻquv rejalariga innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish.

2018 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 6 iyun


"Xalq soʻzi", 2018 yil 6 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 11 iyun, 23-son, 474-modda