Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 y. 406-son "Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2018 y.

N 406



VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA

TAShKILOTLAR HARBIY XIZMATChILARI

HAMDA  XODIMLARINING  TASDIQLANGAN

NAMUNADAGI FORMALI KIYIM-BOShI SAVDOSI

BOʻYIChA FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash meхanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 fevraldagi PQ-2800-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 maydagi

406-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyхatining "Tumanlar (shaharlar) hokimliklari" boʻlimiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) quyidagi mazmundagi 100-1-pozitsiya qoʻshilsin:

"100-1. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 iyun