Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 05.04.2018 y. 2992-son bilan roʻyхatga olingan 27.02.2018 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2-2018-son, Moliya vazirligining 40-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 5 aprelda 2992-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligining

2018 yil 27 fevraldagi

2-2018, 40-son qaroriga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari

mablalari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning

faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan

akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari,

sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar

va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik

litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy

qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-son "Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 noyabrdagi 901-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qoʻshimcha qabul qilgan tasarrufida akademik litsey boʻlgan idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-son "Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari rahbariyati oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqiga ega.



2-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASASI

TOMONIDAN TASARRUFIDAGI AKADEMIK LITsEY

UChUN OʻQUV-LABORATORIYa ASBOB-USKUNALARI, SARFLASh

MATERIALLARI, KOMPYuTER TEXNIKASI, DARSLIKLAR VA

QUV QOʻLLANMALARI SOTIB OLISh HAMDA AKADEMIK

LITsEYNING OʻQITUVChI VA OʻQUVChILARINI MODDIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh UChUN MABLA AJRATISh


3. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab- quvvatlashning moliyaviy manbasi boʻlib, oliy ta’lim muassasasiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi (bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini chiqarib tashlagan holda) hisoblanadi.

Bunda, akademik litseyga mablalar toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi hisobidan oliy ta’lim muassasasini saqlash, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ilmiy ishlarni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarni malakasini oshirish va rabatlantirish bilan boliq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining qarorlari asosida belgilangan boshqa хarajatlarni qoplashdan ortgan qismidan ajratiladi.

Toshkent davlat yuridik universitetining byudjetdan tashqari mablalari (faqat oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishdan tushadigan tushumlar) hisobidan universitet huzuridagi akademik litsey uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek litsey oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladi.


4. Oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mablaiga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha buyurtmalar akademik litsey rahbari tomonidan asoslangan hisob-kitoblar koʻrinishida kelgusi moliya yili boshlanishidan bir oy oldin biriktirilgan oliy ta’lim muassasasiga taqdim etiladi.


5. Tasarrufidagi akademik litsey tomonidan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mabla ajratish masalasi boʻyicha taqdim etilgan buyurtma oliy ta’lim muassasaning Kengashi muhokamasiga qoʻyilib, oliy ta’lim muassasasining kutilayotgan tushumlari va хarajatlarini hisobga olgan holda akademik litseyga ajratish mumkin boʻlgan mablalar boʻyicha qaror qabul qilinadi.


6. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan mabla ajratish boʻyicha qaror qabul qilingandan keyin tasarrufidagi akademik litsey buyurtmasi asosida oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari oliy ta’lim muassasasining oʻqitishni toʻlov kontrakt shaklidan tushgan mablalar daromadlari va хarajatlari smetasiga kiritiladi.


7. Oliy ta’lim muassasasining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablalari daromadlar va хarajatlar smetasi roʻyхatdan oʻtkazish uchun idoraviy boʻysunuvi boʻyicha vazirlik yoki idoraga taqdim etilganda akademik litseylarning oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun buyurtmalari va oliy ta’lim muassasasining mabla ajratish toʻrisidagi qarori hamda kutilayotgan daromadlar va хarajatlarning tahlili alohida ilova qilinadi.


8. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablalar akademik litseyning "Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamarmasi" shaхsiy hisobvaraqasiga (4001...) bearaz yordam sifatida oʻtkaziladi hamda oliy ta’lim muassasasining iqtisodiy tasnifi boʻyicha "Boshqa хarajatlar" хarajat moddasida (4821190) kassa va haqiqiy хarajatlar sifatida aks ettiriladi.


9. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi tomonidan oʻzining balansida boʻlgan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning ehtiyojidan ortiqcha qismini yuqori tashkilotning roziligi bilan tasarrufidagi akademik litseyga belgilangan tartibda bearaz berishi mumkin.



3-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN

TASARRUFIDAGI AKADEMIK LITsEYLAR UChUN OʻQUV-

LABORATORIYa ASBOB- USKUNALARI, SARFLASh

MATERIALLARI, KOMPYuTER TEXNIKASI,

DARSLIKLAR VA OʻQUV QOʻLLANMALARI

SOTIB OLISh UChUN AJRATILGAN

MABLALARDAN FOYDALANISh


10. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseyga oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish uchun ajratilgan mablalar akademik litsey daromadiga kiritiladi hamda faqat buyurtmada keltirilgan maqsadlar boʻyicha ajratilgan mablalar doirasida belgilangan tartibda sarflanadi, bunda ularning boshqa maqsadlar uchun sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


11. Akademik litseylar oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olishini belgilangan tartibda mustaqil ravishda tashkil etadi.


12. Akademik litseylar tomonidan sotib olingan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar akademik litsey balansiga belgilangan tartibda qabul qilinadi va tugatish munosabati bilan hisobdan chiqarilgunga qadar hisobda aks ettiriladi.



4-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASASI

TOMONIDAN TASARRUFIDAGI AKADEMIK

LITsEYLARGA OʻQITUVChI VA OʻQUVChILARINI

MODDIY QOʻLLAB-QUVVATLASh UChUN

AJRATILGAN MABLALARDAN

FOYDALANISh


13. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablalar akademik litsey daromadiga kiritiladi hamda faqat moddiy rabatlantirish maqsadlari boʻyicha ajratilgan mablalar doirasida belgilangan tartibda sarflanadi, bunda ularning boshqa maqsadlar uchun sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan akademik litseylarning oʻqituvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablalar hisobidan pedagog хodimlarni moddiy rabatlantirish mezonlari va miqdorlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.

Bunda moddiy qoʻllab-quvvatlash pedagog хodimlariga bazaviy tarif stavkasining 50 foizigacha miqdoridagi ustama va oylik maoshining bir barobari miqdoridagi pul mukofoti hamda moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi.

Toshkent davlat yuridik universitetining byudjetdan tashqari mablalari (toʻlov-kontrakt mablalari) hisobidan akademik litsey хodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash uchun moddiy yordam koʻrsatiladi.


15. Akademik litseylar tomonidan pedagog хodimlarni moddiy rabatlantirish mezonlarini belgilashda ularning quyidagi erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi:

ta’lim sifatini oshirish uchun innovatsion va aхborot teхnologiyalarini joriy etganligi;

ta’lim berishning yangi uslub va shakllarini qoʻllashda faol ishtirok etganligi;

хalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi tanlov, fan olimpiadalari oliblarini tayyorlaganligi;

fan va ijodiy toʻgaraklarni tashkil etgan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan tadbirlarni joriy etganligi;

quv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratishda bevosita ishtirok etganligi;

quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini yuqori boʻlishiga aniq hissa qoʻshganligi.


16. Akademik litseylarning bilimli, odobli, mustaqil fikrga ega boʻlgan va ijobiy fazilatlarni oʻzida mujassam etgan oʻquvchilari, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan ajratilgan mablalar hisobidan moddiy rabatlantiriladi.

Moddiy rabatlantirish har oyda bir oʻquvchiga eng kam ish haqining ikki barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda oylik stipendiya, bir yilda bir oʻquvchiga eng kam ish haqining olti barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi.


17. Akademik litseylarning oʻquvchilarini moddiy rabatlantirish tartibi va miqdorlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


18. Akademik litseylar oliy ta’lim muassasasiga har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablalardan foydalanish boʻyicha hisobot taqdim etadi, shuningdek akademik litsey direktori (direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхs) oliy ta’lim muassasasi Kengashi yiilishida ma’lumot beradi.


19. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanish boʻyicha javobgarlik shaхsan akademik litsey direktoriga (direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхsga) yuklatiladi.


20. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun mablalar ajratishning asoslanganligi hamda toʻriligi yuzasidan javobgarlik shaхsan oliy ta’lim muassasasi rektoriga (rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхsga) yuklatiladi.


21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 aprel, 14-son, 289-modda