Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2018 y. 417-son "Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2018 y.

N 417



OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLARNI QOʻShIMChA

DAVLAT GRANTI KVOTALARI ASOSIDA OʻQIShGA

QABUL QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar va oliy ta’lim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaхslar abituriyent sifatida hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalarida kirish imtihonlari oʻtkaziladigan va nogironligi boʻlgan shaхslar oʻqiydigan bino va auditoriyalarda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyun