Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2018 y. 419-son "Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2018 y.

N 419



RAHBARLARI XODIMLARNI TOShKENT ShAHRI

VA TOShKENT VILOYaTIDA DOIMIY PROPISKA

QILISh TOʻRISIDA ILTIMOSNOMA KIRITIShI

MUMKIN BOʻLGAN DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI,

DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARI,

RESPUBLIKA AHAMIYaTIGA MOLIK BOShQA

DAVLAT TAShKILOTLARI ROʻYXATIGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi PF-5041-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati quyidagi mazmundagi 36-3-band bilan toʻldirilsin:

"36-3. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 4 iyun, 22-son, 457-modda