Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.01.2018 y. 7-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.01.2018 y. 1921-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.01.2018 y.

N 1921-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.01.2018 y.

N 7-mh


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar

palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi

malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomning

18-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)" qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 14 martdagi 69-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 1921, 2009 yil 14 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizom 18-bandining toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplom (nusхasi olinib, asli qaytariladi);

mehnat daftarchasi (nusхasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusхasi".


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta’minlasin.


4. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                  R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 8 yanvar, 1-son, 17-modda