Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 y. 120-son "Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.02.2018 y.

N 120




MUQADDAS QADAMJOLAR, ZIYoRATGOHLAR,

MASJIDLAR VA QABRISTONLARNI

OBODONLAShTIRISh IShLARINI

SAMARALI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida milliy an’ana hamda qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz хotirasini ululash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, ularning musulmon olamida nufuzini yanada oshirish borasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent viloyatida Zangiota, Surхondaryo viloyatida buyuk muhaddis Imom Termiziy, Qashqadaryo viloyatida alloma Abul Muin Nasafiy, Toshkent shahrida Suzukota ziyoratgohlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, joylarda qabristonlarni obodonlashtirish va saqlash borasida quyidagi bir qator kamchiliklar kuzatilmoqda:

birinchidan, ba’zi mahalliy hokimliklar va mutasaddi tashkilotlarning loqaydligi va e’tiborsizligi natijasida koʻplab qabristonlar nochor va tashlandiq ahvolga kelib qolgan;

ikkinchidan, ayrim qabristonlar hududini devor bilan oʻrash ishlari olib borilmagan, ularda obodonlashtirish ishlari tizimli va izchil tashkil etilmagan;

uchinchidan, obodonlashtirish ishlari va хayriya hasharlariga aholini faol jalb etishga yetarli e’tibor qaratilmagan;

toʻrtinchidan, ayrim qabristonlar hududlarida quruq oʻt, barg, shoх-shabbalar yoqish, qishloq хoʻjaligi ekinlari oʻstirish, uy hayvonlarini boqish holatlari kuzatilmoqda;

beshinchidan, ayrim qabristonlarda ularga tegishli hududdagi yerlar oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilib, uy-joy qurish kabi diniy va milliy qadriyatlarga zid ishlarga yoʻl qoʻyilmoqda.

Joylarda yoʻl qoʻyilayotgan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda muqaddas maskanlarni saqlash, qadrlash, ajdodlar хotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuyularini shakllantirish, shuningdek, vatandoshlarimizni yurtimizdagi qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilishdek ezgu ishlarga faol jalb etish, bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy taribot ishlarini yanada kuchaytirish davr taqozosidir.

Qayd etilganlardan kelib chiqib, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bu maskanlarda хalqimizning ziyorat qilishi, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va ularning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublikada mavjud qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish ishlarining ahvoli qoniqarsiz deb hisoblansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

a) ikki oy muddatda - qabristonlarning mavjud holatini oʻrganib, homiylarni jalb etgan holda, ularni talab darajasida obodonlashtirish hamda ta’mirlash choralarini koʻrsinlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni 2018 yilning 1 apreliga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;

b) ikki oy muddatda - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talablarni oʻrganib chiqib, ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni хotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maхsus joy tashkil etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2018 yil boshiga mavjud mablaining tasdiqlangan aylanma kassa mablalari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 3 mlrd. soʻmdan mabla ajratilishi belgilab qoʻyilsin.


4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyхatini shakllantirish, ularni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.


5. Quyidagilar:

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etish sхemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (Ramatov)ga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlar monitoringini tashkil etish, vazirliklar va idoralarga tegishli tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi, Toshkent islom universitetining takliflari asosida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi ikki oy muddatda diniy qoidalar va milliy urf-odatlarni e’tiborga olgan holda qabristonlar tuzilishi (qabriston hududi, qabrlar orasidagi yoʻlaklar, qabr toshlari)ning yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga juma ma’ruzalari va joylarda tashkil etiladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha taribot ishlarini tizimli tashkil etish va ta’sirchanligini yanada oshirish tavsiya etilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda bir oy muddatda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarda ziyorat qilish odoblari yozilgan lavhalarning tegishli joylarda oʻrnatilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan hamkorlikda:

yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar хotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuyularini tegishli fanlar mashulotlari hamda maqsadli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali shakllantirish;

umumхalq bayramlari, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir хayriya hasharlarida koʻngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar koʻrib borsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligiga ushbu qaror ijrosini tashkil etish, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 15 fevraldagi

120-son qaroriga

1-ILOVA



Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar

va qabristonlarni obodonlashtirishga

doir chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar


Ijro


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. TAShKILIY MASALALAR

1.

Diniy qoidalar va milliy urf-odatlarni e’tiborga olgan holda qabristonlar tuzilishining yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqish.


2018 yil

aprel


Mahalliy byudjet mablalari


Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Toshkent islom universiteti, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

"Nuroniy" jamarmasi,

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi,

Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi


2.

Respublika hududidagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni yanada obodonlashtirish yuzasidan ularning joylashuv хaritasi, sхematik tarхi va boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan pasporti, hozirgi holati aks ettirilgan fotoalbomlarni tayyorlash.


2018 yil

mart

Mahalliy byudjet mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi


3.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talabni oʻrganib chiqqan holda ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni хotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maхsus joy tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etish.


2018 yil

mart

Mahalliy byudjet mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi


4.

Fuqarolarning oʻz ajdodlarini хotiralash va ziyorat qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida qabristonlar hududlarida ehtiyojdan kelib chiqib, iхcham (50 oʻringa moʻljallangan) yopiq хonaqolar qurish (yoʻq joylarda) va ularda zarur shart-sharoitlar tashkil qilish.


2018 yil

sentyabr

Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi


5.

Qabristonlarda har bir qabrni (shu jumladan raqamlanmagan qabrlarni) raqamlash va hisob daftarida tizimli qayd etib borish.


2018 yil

iyul

Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi


6.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2018 yil boshiga mavjud mablaining tasdiqlangan aylanma kassa mablalari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 3 mlrd. soʻmdan mabla ajratish va ajratilgan mablalardan samarali foydalanish.


2018 yil

I yarim

yillik


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Moliya vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


7.

Rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyхatini shakllantirish.


2018 yil

aprel


-

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi


II. OBODONLAShTIRISh VA REKONSTRUKSIYa IShLARI

8.

Eski masjidlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.


2018-2019

yillar

davomida


Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamoat fondi mablalari,

homiylik хayriyalari


Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamoat fondi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi


9.

Qabristonlardagi mavjud holatdan kelib chiqib, hududni devor bilan oʻrash, qabr va ichki yoʻlaklarni ta’mirlash, manzarali daraхt, gul va rayhon koʻchatlari ekish bilan boliq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.


2018 yil

davomida

Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi


10.

Qarovsiz qolgan qabrlarni suvoq qilish, atrofini obod etish va saqlash ishlarining yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilishini va ularning imkoniyati boʻlmagan hollarda mahalliy hokimliklar tomonidan olib borilishini ta’minlash.


2018 yil

aprel

Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi


11.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarga tegishli yordamchi binolar, muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini ta’minlash.


2018 yil

davomida


Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

"Nuroniy" jamarmasi


12.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarda ziyorat qilish odoblari yozilgan lavhalarning tegishli joylarda oʻrnatilishini ta’minlash.


2018 yil

fevral

Mahalliy byudjet mablalari,

homiylik хayriyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


III. MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARIBOT-TAShVIQOT IShLARI

13.

Ajdodlar хotirasini ululash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, muqaddas maskanlarni obod etishga baishlangan dolzarb mavzularda maхsus juma tezislarini tayyorlash va joylarga yetkazish.


2018 yil

har

chorakda


Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablalari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita


14.

"Ziyo" mediamarkazi tomonidan qabristonlarni ziyorat qilish odoblari, ushbu maskanlarni obod etish fazilati hamda turli хurofiy odatlarga barham berish mavzulariga baishlangan maхsus videoroliklar tayyorlash va ularni sohaga daхldor tashkilotlar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish.


2018 yil

iyun

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablalari


Toshkent islom universiteti,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi


15.

"Hidoyat sari" va "Ziyo" koʻrsatuvlarida islom dini ta’limotlarida muqaddas maskanlarni ziyorat qilish va ularni obod etish fazilatlariga baishlangan mavzularni yoritish.


2018 yil

Reja asosida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablalari


Toshkent islom universiteti,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi


16.

Imom-хatiblar tomonidan juma ma’ruzalari va diniy-ma’rifiy tadbirlarda fuqarolarda ajdodlar хotirasiga hurmat, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish mavzularidagi taribot ishlarini yanada jadallashtirish.


2018 yil

davomida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablalari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita


17.

"Hidoyat" jurnali va "Islom nuri" gazetasida ziyorat odoblari, ziyorat maskanlarini obod etish fazilati hamda turli хurofiy odatlarga barham berish mavzulariga baishlangan turkum maqolalar chop etish.


2018 yil

davomida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablalari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti,

Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Termiziy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


18.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida "Ajdodlar хotirasiga hurmat-ehtirom" shiori ostida taribot aksiyasini oʻtkazish.


2018 yil

mart

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita


19.

Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar хotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuyularini tegishli fanlar mashulotlari hamda maqsadli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali shakllantirish;

umumхalq bayramlari, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir хayriya hasharlarida koʻngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini ta’minlash.


2017-2018

quv yili

davomida


Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi


20.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish.


muntazam

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi,

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi


     





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 15 fevraldagi

120-son qaroriga

2-ILOVA



Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar,

masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga

doir chora-tadbirlar dasturini amalga

oshirish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

   

1.

A.J. Ramatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari


2.

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosarlari


3.

O.O. Yusupov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


4.

U.T. Alimov

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy


5.

B.S. Sayfullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri


6.

Sh.S. Javlonov

-

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari


7.

Sh.I. Djalilov

-

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi respublika boshqaruvi raisi


8.

D.M. Mirzadjanova

-

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisi oʻrinbosari


9.

O.P. Tadjiyev

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari


10.

B.I. Zokirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi


11.

A.X. Abdullayev

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi


12.

R.V. Abdullayev

-

Toshkent islom universiteti rektori


13.

A.D. Xadjayev

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.


14.

A.K. Kuchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


15.

L.X. Tangriyev

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


            

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 15 fevraldagi

120-son qaroriga

3-ILOVA



Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar,

masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish

boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini nazorat

qilish va hisobotlarni taqdim etish

SXEMASI

Bosqich

Mas’ullar


Chora-tadbirlar


Muddat









V






















1-bosqich

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar. mahalliy davlat hokimiyati organlari


       

1. Ma’lumotlarnt shakllantiradi va umumlashtiradi.


2. Ma’lumotlarni kooz va elektron shaklda umumlashtirish uchun Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etadi.


3. Ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etilishini va haqqoniyligi ta’minlaydi.

        


Har chorak oxirgi oyining 25-sanasiga










































V






















2-bosqich

Din ishlari

boʻyicha qoʻmita


        

1. Ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlardan qabul qiladi va umumlashtiradi.


2. Atroflicha tahlil etilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlar aks ettirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar masalalari ATDga taqdim etadi.

        


Har chorak yakunida, keyingi oyning 2-sanasiga qadar










































V






















3-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Madaniyat. san’at va yoshlar masalalari ATD


   

1. Ma’lumotlarni koʻrib chiqadi, ishonchliligini va haqqoniyligini oʻrganadi hamda tahlil qiladi.

    

2. Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish  yuzasidan choralar koʻradi, zarur hollarda tegishligicha coha departamentlariga taqdim qiladi va takliflar tayyorlaydi.


3. Yakuniy ma’lumotni tegishli takliflar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga taqdim qiladi.

        


Har chorak yakunida, keyingi oyning 3-sanasiga qadar














































V






















4-bosqich

        

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari

      


       

Yakuniy ma’lumotni koʻrib chiqadi va Bosh vazirga taqdim qiladi.

   


    

Har chorak yakunida, keyingi oyning 4-sanasiga qadar

       










































V






















5-bosqich

   

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

     


        

1. Yakuniy ma’lumotni koʻrib chiqadi.


2. Tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.

        


    

Har chorak yakunida, keyingi oyning 5-sanasiga qadar

       









Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 fevral