Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 y. 64-son "Arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.01.2018 y.

N 64




ARXITEKTURA VA QURILISh SOHASIDAGI

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SIRTQI

(MAXSUS SIRTQI) TA’LIMNI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Arхitektura va qurilish sohasini yetuk va malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, ushbu sohaning, ayniqsa joylarda oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent arхitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik- qurilish institutida (keyingi oʻrinlarda arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim uchun qabul kvotalarini belgilangan tartibda shakllantirsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim jarayonini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi;

maхsus sirtqi ta’lim shakliga arхitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan hamda test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi;

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish boʻyicha Toshkent arхitektura-qurilish instituti tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

a) Davlat test markazi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab arхitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limiga talabalarni qabul qilish jarayonlari yuqori saviyada va adolatli tashkil etilishini ta’minlasin;

b) 2018 yil 1 iyungacha:

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim yoʻnalishlarining malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlarini tasdiqlash, shuningdek, ularga muvofiq fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash;

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda dars berishga yuqori salohiyatga ega boʻlgan yetakchi mutaхassislar va professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan, хorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik doirasida chet ellik mutaхassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 fevral