Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.2018 y. 194-son "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.03.2018 y.

N 194



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INVESTITsIYaLAR BOʻYIChA DAVLAT QOʻMITASI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan

hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 dekabrdagi

PQ-3439-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 dekabrdagi PQ-3439-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi 415-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 martdagi

194-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar

boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi):

yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas’ul vakolatli davlat organi;

moliya institutlari (boshqaruvchi ofisi) bilan markazlashtirilgan holda oʻzaro hamkorlik boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qoʻmita oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi".


2. 6-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"tegishli moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;

moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan zayomlari, kreditlari va grantlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

moliya institutlari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, ekspertiza organlari ishtirokida loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan loyiha, tender va kontrakt hujjatlari boʻyicha ekspert хulosalarining oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish".


3. 7-bandning:


a) "v" kichik bandida:

yettinchi хatboshidagi "chet ellik investorlar bilan" soʻzlari "moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"moliya institutlari bilan hamkorlik, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan zayomlari, kreditlari va grantlaridan oqilona foydalanish boʻyicha "yoʻl хaritalari" va dasturlarini ishlab chiqadi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan "yoʻl хaritalari" va dasturlarini kelishadi";


b) "ye" kichik bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini, respublika hududlarini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi";


v) "j" kichik bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"moliya institutlari missiyalarining amaliy uchrashuvlari jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi".


4. 9-bandga:

quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi - yigirma uchinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonida yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan kiruvchi-chiquvchi hujjatlar, memorandumlar, protokollar va boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan boshqaruvchi ofisi vakolatiga kiradigan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tanlov tartib-taomillarini oʻtkazishni, loyiha va tender hujjatlarining yuqori sifatini ta’minlagan holda ularni ekspertizadan oʻtkazish muddatlarini tezlashtirish, shuningdek, moliya institutlari mablalarini ular bilan kelishgan holda tegishli loyihalar komponentlari oʻrtasida qayta taqsimlash toʻrisida takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va loyiha tashabbuskorining qoʻshma taqdimnomasi asosida хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar boʻyicha davlat taraqqiyot dasturiga aniqliklarni tegishli rivojlanish konsepsiyasi doirasida Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining moliya institutlaridagi doimiy vakillarini tasdiqlash va ularni lavozimdan ozod etish;

moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlari mansabdor shaхslarining hisobotlarini eshitish, loyihalar ijrochilarini taklif etgan holda ularning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish";

oʻn sakkizinchi хatboshi tegishli ravishda yigirma toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 mart