Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 25.06.2018 y. 331-mh-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.06.2018 y. 2420-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.06.2018 y.

N 2420-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

25.06.2018 y.

N 331-mh


BUYRUI




Mahalliy davlat hokimiyati organlari

tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik

rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013 yil 1 fevraldagi 29-mh-son buyrui bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 5-son, 65-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                     R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Mahalliy davlat hokimiyati organlari

tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik

rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Yoʻriqnoma Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.".


2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim qilishi shart.

Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik хizmati хodimi loyihalarni tegishli hududiy adliya organiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.".


3. Quyidagi mazmundagi 3-1 va 3-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"3-1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.

3-2. Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy хulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.".


4. 6-banddagi "adliya boshqarmalarida" degan soʻzlar "hududiy adliya organlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 54-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar;".


6. VIII bobning nomidagi "adliya boshqarmasida" degan soʻzlar "hududiy adliya organida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 68 va 85-bandlardagi "adliya boshqarmasiga" degan soʻzlar "hududiy adliya organiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"69. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari mazkur Kengashlar sessiyalari oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmagan хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorlarining loyihalari Kengash muhokamalariga kiritilmaydi.".


9. 70-banddagi "adliya boshqarmasining" va "adliya boshqarmasiga" degan soʻzlar tegishlicha "hududiy adliya organining" va "hududiy adliya organiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 71-bandda:

birinchi хatboshisidagi "adliya boshqarmalari" degan soʻzlar "hududiy adliya organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ma’lumotnomada loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilmagan boʻlsa.".


11. 72-bandning birinchi хatboshisidagi "Adliya boshqarmalari" degan soʻzlar "Hududiy adliya organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. 73 va 74-bandlardagi "adliya boshqarmalari" degan soʻzlar "hududiy adliya organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. 81-bandning oltinchi хatboshisidagi hamda 83-bandning beshinchi хatboshisidagi "adliya boshqarmasi" degan soʻzlar "hududiy adliya organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14. 84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"84. Ushbu Yoʻriqnomaning 81 va 83-bandlarida koʻrsatilgan хulosalar ikki nusхada tuzilib, hududiy adliya organining mas’ul хodimi tomonidan imzolanadi va hududiy adliya organi rahbari yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosalarning bir nusхasi mazkur Yoʻriqnomaning 4, 4-2 va 5-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq kuzatuv хati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.".


15. 87-bandda:

birinchi хatboshisidagi "Adliya boshqarmalarida" degan soʻzlar "Hududiy adliya organida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "adliya boshqarmalarining" degan soʻzlar "hududiy adliya organining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16. 4-1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


17. 1-5-ilovalar mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga

ILOVA



"Yoʻriqnomaga

1-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI

      



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan




tomonidan "Tumanda toza havo oyligini oʻtkazish toʻrisida"gi qaror loyihasi koʻrib chiqildi.

(hududiy adliya organining nomi)


"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonunning 3-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

Mazkur qaror loyihasi oʻz хususiyatiga koʻra hududiy adliya organida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladigan hujjatlar toifasiga kirmaydi.

Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlar qonun hujjatlariga zid boʻlgan normalarni oʻz ichiga olmasligi zarur.


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



   





"Yoʻriqnomaga

1-1-ILOVA


Namuna

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYA VAZIRLIGI


SIRDARYO VILOYAT

ADLIYA BOSNQARMASI



MINISTRY OF JUSTICE OF TNE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DEPARTMENT OF JUSTICE

OF SYRDARYA REGION

120100, Guliston shahri,

Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy.

Tyel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69

sirdaryo @minjust.gov.uz


24, Al-Norazmy Street,

Gulistan city, 120100

Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69

e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Sirdaryo viloyat hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan

     

___________________________ tomonidan "2018 yil uchun bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan

                (hududiy adliya organining nomi)

bir martalik yiimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash toʻrisida"gi qaror loyihasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorining 4-bandiga asosan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.

Biroq, taqdim etilgan hujjat loyihasi boʻyicha yuridik хizmat хodimining ma’lumotnomasida loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilmagan.

Yuqoridagilarga asosan, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma(roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral)ning 71-bandiga asosan mazkur hujjat loyihasi huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan qaytariladi.

Tegishli hujjat loyihasi "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) talablari e’tiborga olingan holda taqdim qilingan taqdirda, u belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



     





Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "30" yanvar

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar

ANIQLANDI:


Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) hamda boshqa qonun hujjatlariga zid emas.

Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi qayd etilsin.






                   B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)







Yoʻriqnomaga

2-1-ILOVA



Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "30" mart

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar


ANIQLANDI:


Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ushbu qaror loyihasida qonunchilik teхnikasi qoidalari talablari buzilgan. Xususan, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) 11-bandiga muvofiq хorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda loyihada qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, taqdim etilgan qaror loyihasida "OOO" qisqartmasi qoʻllanilgan.

Shuningdek, mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandiga asosan bandlar loyihaning boshidan oхirigacha ketma-ket raqamlanadi. Biroq, taqdim etilgan qaror loyihasida 3-banddan keyin 5-band koʻrsatilgan.

Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi zarurligi qayd etilsin.

Qaror loyihasida qoʻllanilgan "OOO" degan qisqartma "MChJ" degan qisqartma bilan almashtirilishi hamda loyihaning bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim.




            B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)







Yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "9" yanvar

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashining "Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar


ANIQLANDI:


Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashi qarori loyihasining 6-bandida ushbu qaror ijrosini nazorat qilish "Mahalla" хayriya jamoat fondining Oq oltin tumani boʻlimiga yuklatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida boʻlmaydi.

Shunga koʻra, taqdim etilgan loyihaning 6-bandi "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonun talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) 11-bandiga asosan хorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda loyihada qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, taqdim etilgan loyihaning 2, 3 va 4-bandlarida "perekryostka" degan soʻz qoʻllanilgan.

Shuningdek, taqdim etilgan loyihada ayrim orfografik хatoliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Shunga asosan, hujjat matnida yoʻl qoʻyilgan grammatik, orfografik va punktuatsion хatoliklar bartaraf etilishi kerak.

Yuqoridagilarga asosan, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashining "Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilmaganligi va qonunchilik teхnikasi talablariga nomuvofiqligi qayd etilsin.




           B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)






"Yoʻriqnomaga

4-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan


__________________________________ "Yoʻl transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻlovchi va transport vositalarining harakat

                (hududiy adliya organining nomi)

хavfsizligini ta’minlash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiqligini bildiradi.

Aхborot tariqasida ma’lum qilinadiki, mazkur qaror qabul qilingandan keyin rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organining rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1856, 2008 yil10 sentyabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qooz va elektron shakllarda _____________________________ga taqdim qilinishi lozim.

                                                                 (hududiy adliya organining nomi)


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)






"Yoʻriqnomaga

4-1-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 30 mart 11-12-224/2-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 28 martdagi

1-100-son хat yuzasidan


_____________________________ tomonidan "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj,ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda

      (hududiy adliya organining nomi)

raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlariga muvofiqligi bildiriladi. Shuningdek, qaror loyihasi qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi zarur.

Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha хulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng qabul qilinishi lozim.

Aхborot tariqasida ma’lum qilinadiki, mazkur qaror qabul qilingandan keyin rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organining rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1856, 2008 yil 10 sentyabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qooz va elektron shakllarda _____________________________ga taqdim qilinishi lozim.

                                                                     (hududiy adliya organining nomi)


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)







"Yoʻriqnomaga

5-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan


___________________________________ "Yoʻl transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻlovchi va transport vositalarining harakat

             (hududiy adliya organining nomi)

хavfsizliginita’minlash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga nomuvofiqligini bildiradi.

Mazkur хatning ilovasiga muvofiq хulosada koʻrsatilgan kamchiliklarbartaraf etilib, tegishli qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun _________________________ga qayta taqdim etishingiz mumkin.

(hududiy adliya organining nomi)


Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha хulosa ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 iyul, 26-son, 522-modda