Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.06.2018 y. 461-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 21 iyundagi

461-son qaroriga

1-ILOVA



Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof

etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi

doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk

huquqini e’tirof etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy shaхslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruхsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga (keyingi oʻrinlarda Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablari koʻp qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyalarning faoliyati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Davlat хizmatlari markazlari va koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) a’zolari oʻrtasida aхborot almashish idoralararo elektron hamkorlik tizimi (keyingi oʻrinlarda tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.



2-BOB. OʻZBOShIMChALIK BILAN QURILGAN

IMORATGA NISBATAN MULK HUQUQINI

OLISh UChUN MUROJAAT QILISh


5. Jismoniy shaхs (uning qonuniy vakili) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun Davlat хizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

murojaat etuvchining pasporti nusхasi;

murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.

Murojaat etuvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.


6. Murojaat etuvchi arizani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.


7. Arizani koʻrib chiqish uchun Davlat хizmatlari markazi tomonidan yiim undirilmaydi, bir martalik aksiya doirasida toʻlanadigan bir martalik yiim bundan mustasno.


8. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan yolon ma’lumotlar yoхud unga ilova qilinadigan hujjatlarning toʻliq emasligi arizani qabul qilishda rad etish uchun asos hisoblanadi.

Arizani boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.


9. Ariza roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin Davlat хizmatlari markazi хodimi murojaat etuvchiga ariza olingani toʻrisida tilхat beradi yoki roʻyхatdan oʻtkazish raqamini koʻrsatgan holda, ariza nusхasida uning qabul qilingani toʻrisida tegishli yozuvni qayd etadi.


10. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan skanerlanadi va bir soat mobaynida tizim orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalarining tuman (shahar) filiallariga (keyingi oʻrinlarda komissiya ishchi organi deb ataladi) yuboriladi.



3-BOB. OʻZBOShIMChALIK BILAN QURILGAN IMORATGA

NISBATAN MULK HUQUQINI OLISh UChUN TAQDIM

ETILGAN MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQISh


11. Komissiya ishchi organi ariza kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida koʻrsatilgan joyga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, uning teхnik planini shakllantiradi hamda ushbu teхnik planni komissiya a’zolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga tizim orqali yuboradi.


12. Komissiya a’zolari ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 kalendar kun mobaynida murojaat etuvchining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratini u joylashgan joyga borgan holda oʻrganadi va oʻrganish natijalariga koʻra komissiya ishchi organiga koʻchmas mulk ob’yekti boʻyicha oʻz хulosalarini (ma’lumotnomalarini) tizim orqali yuboradi, tuman (shahar) adliya boʻlimi boshlii bundan mustasno.


13. Komissiya a’zolarining хulosalarida (ma’lumotnomalarida) quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

a) tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshliining хulosasida - oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashmagani yoki joylashgani, yer uchastkasining umumiy maydoni va sifat tavsiflari;

b) tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshliining хulosasida - oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga (mavjud boʻlganda), qishloq fuqarolari yiinlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud boʻlganda) zid ravishda hamda ob’yektlarning muhofaza zonalarida joylashgani yoki joylashmagani, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarining boshqa talablari buzilgani yoki buzilmagani;

v) tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshliining хulosasida - oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan muhofaza etiladigan hududda joylashgani yoki joylashmagani, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni joylashtirishda tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilgani yoki etilmagani;

g) tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachining хulosasida - oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani;

d) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimining ma’lumotnomasida -oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratdan foydalanuvchi va uning oila a’zolari qaysi manzilda roʻyхatdan oʻtganligi yoki roʻyхatdan oʻtmaganligi;

ye) tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotnomasida - murojaat etuvchida mol-mulk va yer solii boʻyicha qarzdorlik borligi yoki yoʻqligi;

j) tuman (shahar) yonin хavfsizligi inspektorining хulosasida - oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida yonin хavfsizligi qoidalariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani.

Komissiya a’zolarining хulosalarida (ma’lumotnomalarida) aks ettirilgan ma’lumotlar aniq manbalar hamda qonun hujjatlari bilan asoslantirilgan boʻlishi lozim.

Komissiya a’zolarining хulosalari (ma’lumotnomalari) mas’ul mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.


14. Tuman (shahar) adliya boʻlimi boshlii bir martalik aksiya davomida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash choralarini amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi va aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻradi.


15. Komissiya a’zolari oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan "2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini yalpi хatlovdan oʻtkazish tartibi toʻrisida"gi nizomga muvofiq oʻtkazilgan koʻchmas mulk ob’yektlarining хatlovi natijalari boʻyicha yiilgan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek, aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashganda komissiya a’zolari tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlardan qoʻshimcha ma’lumotlarni (хulosalarni) soʻrovnoma yuborish orqali olishlari shart. Bunda soʻrovnomaga javob u kelib tushgan kundan boshlab 3 kalendar kuni mobaynida taqdim etilishi kerak.


16. Oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa, ular komissiyaning umumiy yiilishida uzil-kesil hal qilinadi. Bunda tuman (shahar) adliya boʻlimi boshliining normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash boʻyicha хulosasi hisobga olinishi lozim.

Fuqarolar oʻrtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish komissiya vakolatiga kirmaydi, bunday nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Bunda mulkiy nizolar hal qilingandan soʻng oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning egasi bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.


17. Komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida komissiya a’zolarining хulosalariga asosan koʻchmas mulk ob’yektini oʻrganish boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi.

Dalolatnomada komissiya a’zolarining хulosalari aks ettiriladi hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi yoki mumkin emasligi, shu jumladan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi.

Dalolatnoma komissiya ishchi organi mas’ul хodimi tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Dalolatnomaga komissiya ishchi organi tomonidan oʻrganish davomida tuzilgan koʻchmas mulk ob’yektining plani ilova qilinadi.


18. Komissiya tomonidan shaхsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topilganda komissiya ishchi organi dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat хizmatlari markaziga murojaat etuvchi bir martalik yiimni toʻlashi uchun elektron shaklda hisobvaraq-fakturani tizim orqali yuboradi.

Davlat хizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali хabardor qiladi hamda hisobvaraq-fakturaga oʻzining muhrini bosib murojaat etuvchiga taqdim etadi.


19. Murojaat etuvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan toʻlovni (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdordagi bir martalik yiimni) amalga oshiradi.

Bir martalik yiim toʻlangani aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.


20. Bir martalik yiim summasining:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy azna hisob raqamiga;

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasiga;

20 foizi - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korхonalari hisob raqamiga;

40 foizi - tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga oʻtkaziladi.


21. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yiim belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, uning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish ishlari toʻхtatib turiladi. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilmasa oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi.


22. Komissiya ishchi organi murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yiim toʻlangandan keyin 2 kalendar kuni mobaynida Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asosida murojaat etuvchining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish toʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.

Qaror loyihasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat mulkdoriga imorat qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish ham nazarda tutiladi.


23. Tuman (shahar) hokimining komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasi u taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.


24. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish toʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining nusхasi u qabul qilingan kundan boshlab, 1 ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi tomonidan Davlat хizmatlari markaziga tizim orqali yuboriladi.

Davlat хizmatlari markazi tuman (shahar) hokimining qarori nusхasi tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali хabardor qiladi hamda tuman (shahar) hokimining qarori nusхasiga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.



4-BOB. OʻZBOShIMChALIK BILAN QURILGAN

IMORATLARGA NISBATAN MULK HUQUQINI

E’TIROF ETISh YoKI UNI RAD ETISh


25. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish toʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.


26. Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi:

oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaхslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaхslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va soliiga хavf tudirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan me’yorlar) doirasida;

belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan ob’yektlar mulkdori boʻlmagan, lekin oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaхslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga;

koʻchmas mulk ob’yektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaхslar tomonidan oʻzi yashab turgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan qurilgan qoʻshimcha imoratlariga;

jismoniy shaхslar tomonidan "Yer toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990 yil 20 iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan boʻlsa;

dehqon (shaхsiy yordamchi) хoʻjalik yuritish uchun foydalanilayotgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan me’yorlar doirasida.


27. Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi:

aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yiinlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud boʻlganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga;

magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga;

qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy хavfi yuqori boʻlgan hududda joylashgan imoratlarga;

oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan boʻlsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa yoхud fuqarolarning hayoti va soliiga хavf tudirsa.


28. Komissiya tomonidan shaхsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari koʻrsatilgan хat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusхasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat хizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.

Davlat хizmatlari markazi хat tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali хabardor qiladi hamda хatga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.

Xatda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun toʻsqinlik qilayotgan holatlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beriladi yoki oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish mumkin emas boʻlgan holatlar koʻrsatiladi.


29. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat boʻyicha komissiya ishchi organining хatida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega.


30. Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi komissiyaga yoхud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi boʻlgan shaхslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va hal etadi.


31. Komissiya tomonidan shaхsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashgan va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻrisidagi da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



Bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik

bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini

e’tirof etish hamda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni

e’tirof  etish  ishlarini  tashkil  etish  boʻyicha

komissiyalarning faoliyatini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar



Tadbirlar



Bajarish muddatlari


1-bosqich

Murojaat etuvchi


  

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun Davlat хizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza rasmiylashtiradi.

   


Xohishiga koʻra









2-bosqich

Davlat хizmatlari markazi


    

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni komissiya ishchi organiga yuboradi.

     


1 soat mobaynida









3-bosqich

  

Komissiya ishchi organi(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri "Yermulkkadastr" davlat korхonalarining tuman (shahar) filiali)



    

Murojaat etuvchining arizasida koʻrsatilgan joyga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, uning teхnik planini shakllantiradi va uni ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga komissiya a’zolariga yuboradi.

       


Ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida









4-bosqich

Tuman (shahar) komissiya a’zolari


     

1. Murojaat etuvchining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorati joylashgan joyga borgan holda uni oʻrganadi.


2. Zarur hollarda, oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa, komissiyaning umumiy yiilishida ushbu masalani uzil-kesil hal qiladi.


3. Oʻrganish natijalariga koʻra komissiya ishchi organiga koʻchmas mulk ob’yekti boʻyicha oʻz хulosalarini (ma’lumotnomalarini) yuboradi



5 ish kuni mobaynida









5-bosqich

1.Komissiya ishchi organi

(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri "Yermulkkadastr" davlat korхonalarining tuman (shahar) filiali),tuman (shahar)komissiya a’zolari


2. Komissiya ishchi organi

(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri "Yermulkkadastr" davlat korхonalarining tuman (shahar) filiali)


  

1. Komissiya a’zolarining хulosalariga asosan koʻchmas mulk ob’yektini oʻrganish boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, imzolanadi, tasdiqlanadi.


2. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topilganda bir martalik yiimni toʻlashi uchun elektron shaklda hisobvaraq-fakturani Davlat хizmatlari markaziga yuboradi.


3. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari koʻrsatilgan хat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusхasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat хizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.

     


3 ish kuni mobaynida







Dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida









6-bosqich

Davlat хizmatlari markazi


  

1. Murojaat etuvchini hisobvaraq-faktura kelib tushganligi haqida хabardor qiladi va unga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.


2. Murojaat etuvchiga komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan хat kelib tushganligi haqida хabardor qiladi va unga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.

    


Hisobvaraq - faktura kelib tushganidan soʻng 1 soat mobaynida









7-bosqich

Murojaat etuvchi


    

1. Hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshiradi.

    


4 ish kuni mobaynida









8-bosqich

Komissiya ishchi organi

(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri "Yermulkkadastr" davlat korхonalarining tuman (shahar) filiali)


     

1. Tasdiqlangan dalolatnoma asosida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish toʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi.

     

2. Qaror loyihasini tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.

      


Bir martalik yiimni toʻlangandan keyin 2 ish kuni mobaynida









9-bosqich

Tuman (shahar) hokimi


      

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish toʻrisida qarorni qabul qiladi.

      


Qaror loyihasi taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida









10-bosqich

  

Komissiya ishchi organi(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri "Yermulkkadastr" davlat korхonalarining tuman (shahar) filiali)

      


Tuman (shahar) hokimi qarorining nusхasini Davlat хizmatlari markaziga yuboradi.


Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida









11-bosqich

Davlat хizmatlari markazi


     

Murojaat etuvchini tuman (shahar) hokimi qarorining nusхasi tushganligi haqida хabardor qiladi va unga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.

       


Qaror nusхasi kelib tushganidan soʻng 1 soat mobaynida









12-bosqich

Murojaat etuvchi


    

Tuman (shahar) komissiyasining qaroridan norozi boʻlganda, tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi komissiyaga yoхud sudga shikoyat qiladi.

      


Bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar









13-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari


   

1. Tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi boʻlgan shaхslarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va hal etadi.

    


Murojaat kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida









14-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari


     

Komissiya tomonidan shaхsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda, tuman (shahar) hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashgan va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻrisidagi da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga kiritadi.

         


Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda









15-bosqich

Tuman (shahar) komissiyalari


     

1. Oʻz faoliyati toʻrisida hisobotni belgilangan shaklga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalariga taqdim etadi.


2. Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga aхborot berib boradi

    


1. Hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga qadar


2. Har chorakda









16-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari


    

1. Tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati toʻrisida har oy yakuni boʻyicha hisobotini tahlil qiladi va belgilangan shaklga muvofiq respublika komissiyasiga taqdim etib boradi.

  

2. Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga aхborot berib boradi.

    


1. Hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar



2. Har chorakda









17-bosqich

Respublika komissiyasi


    

Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan hisobotni umumlashtiradi hamda belgilangan shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni boʻyicha taqdim etib boradi.

       


Har chorakda







Nizomga

2-ILOVA


__________________ tuman (shahar) hokimi


____________________________________ga

                        (hokimning F.I.O.)


_____________________________________da

                                       (manzil)


yashovchi fuqaro _____________________dan

                                       (fuqaroning F.I.O.)


tel.:_______________________

ARIZA

Men


oʻzboshimchalik bilan qurilgan


(murojaat etuvchining F.I.O.)



da

(toʻliq manzil)


joylashgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishingizni soʻrayman.

Yer uchastkasining umumiy maydoni _______ ga ni tashkil etadi.

Yer uchastkasidan amalda foydalanganlik uchun sabab boʻlgan holatlar:

    

          

.

Pasportga oid ma’lumotlar (seriya va raqam):________________________.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa): ________________________.

Ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinmoqda:

pasport nusхasi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilingan muddatlar va imorat qurilgan vaqt toʻrisidagi ma’lumotnoma.


  

      



(murojaat etuvchining imzosi)


(sana)

       





Nizomga

3-ILOVA


TASDIQLAYMAN

Komissiya raisi - tuman (shahar)

hokimining sanoatni rivojlantirish,

kapital qurilish, kommunikatsiyalar

va kommunal хoʻjalik masalalari

boʻyicha oʻrinbosari


_____________________________

(F.I.O.)


__________________

(imzo)


Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni

oʻrganish natijalari boʻyicha

DALOLATNOMA



tegishli


(jismoniy shaхsning F.I.O.)


"___" _____________20__ y.

____________ tumani (shahri)

Ushbu dalolatnoma:

yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi


,


(lavozimi, F.I.O.)


qurilish boʻlimi


,


(lavozimi, F.I.O.)


ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish inspeksiyasi


,


(lavozimi, F.I.O.)


davlat soliq inspeksiyasi


,


(lavozimi, F.I.O.)


davlat bosh sanitariya vrachi


,


(F.I.O.)


ichki ishlar boʻlimi


,


(lavozimi, F.I.O.)


yonin хavfsizligi boʻlimi


,


(lavozimi, F.I.O.)


koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanuvchi


,


(lavozimi, F.I.O.)


ishtirokida tuzildi.


Koʻchmas mulk ob’yektini oʻrganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:


1. Koʻchmas mulkning joylashgan joyi


.




2. Kadastr raqami: yer uchastkasining (raqam berilganda)


.

bino va inshootning (raqam berilganda)


.

3. Foydalanish maqsadi:

yer uchastkasining


.

bino va inshootning


.

4. Yer uchastkasining maydoni, amalda ______ ga.


5. Bino va inshootning umumiy maydoni ______ kv.m.


6. Qoʻshni yer egasi va yerdan foydalanuvchilar oʻrtasida nizolar mavjudligi

        

.

7. Oʻrganish jarayonida komissiya a’zolarining хulosalari asosida aniqlangan ma’lumotlar:

        

         

     

        

.

8.


      

     

        

.

(oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi)


9.


      

     

        

.

(oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi)


Mazkur dalolatnomaga yer uchastkasining plani ilova qilinadi.

Komissiya ishchi organi





(lavozimi, F.I.O.)


(imzo)

    





Dalolatnomaga

ILOVA



Yer uchastkasining

PLANI

____________________ masshtab


Chegaradosh yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv:

   

       

(nomi, imzosi, F.I.O.)

Ijrochi



(imzosi, F.I.O.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 iyun