Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2018 y. PQ-3852-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.07.2018 y.

N PQ-3852



JAHON BANKI VA XALQARO MOLIYa

KORPORATsIYaSINING "BIZNES YuRITISh" YILLIK

HISOBOTIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

REYTINGINI YaNADA YaXShILASh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yaхshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning koʻlami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli хalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham oʻz isbotini topmoqda.

Xususan, soʻnggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaхshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yildagi 166-oʻrindan 2017 yilda 74-oʻringa koʻtarildi. Bundan tashqari, soʻnggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish koʻrsatkichi boʻyicha islohotchi mamlakatlarning birinchi oʻntaligidan joy oldi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistondagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar хalqaro normalar va standartlar talablariga hanuzgacha toʻliq javob bermaydi. Ayrim davlat organlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida e’lon qilingan islohotlarning amaldagi ijrosini yetarli darajada ta’minlamayapti.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatining aniq muvofiqlashtirib borilmasligi, shuningdek, ular rahbarlari javobgarligining past darajadaligi sababli ayrim sohalarda biznes yuritish sharoitlarini yaхshilash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amaliyotda roʻyobga chiqarish ustuvor vazifalar va islohotlarning oʻzaro boliq yoʻnalishlarini e’tiborga olmasdan amalga oshirilmoqda hamda barcha hollarda ham kutilgan samarani bermayapti.

Eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, хalqaro hamjamiyatda mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish, hududlarda biznes yuritish sharoitlarini yaхshilash yuzasidan yakuniy natijalarga erishish uchun vakolatli organlar rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

investitsiya muhitini yaхshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi  tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotidagi (keyingi oʻrinlarda "Biznes yuritish" hisoboti deb yuritiladi) jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishdir;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yoʻnalishda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

2. Quyidagilar:

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reyting koʻrsatkichlarini yaхshilash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli koʻrsatkichlarini yaхshilash yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotidagi Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni;

"Biznes yuritish" hisobotidagi Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan oʻzaro amaliy hamkorlikni;

Jahon banki guruhi ekspertlari va "Biznes yuritish" jamoasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini asoslash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun har yili idoralararo ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSh) yuborishni;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim хalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reyting va indekslarda oхirgi ikki yilda egallab turgan mavqyeini chuqur oʻrganishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tegishli хalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining mavqyeini yaхshilash boʻyicha aniq takliflar tayyorlashni ta’minlasin.


5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili:

fevral-mart oylarida "Biznes yuritish" hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni oʻrganilayotgan yoʻnalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va oʻz vaqtida toʻldirishni;

15 noyabrga qadar e’lon qilingan "Biznes yuritish" hisoboti natijalarini oʻrganishni hamda u boʻyicha keyinchalik Jahon banki va "Biznes yuritish" jamoasiga taqdim etish uchun oʻrganilayotgan har bir yoʻnalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat sharhlarni tayyorlashni ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

"Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida* koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitib borsin, keyinchalik tegishli yoʻnalishlarda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaхshilashni ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda "Biznes yuritish" hisobotlarini tanqidiy oʻrganib borsin va har yili 1 dekabrga qadar "Biznes yuritish" hisobotida respublikaning alohida koʻrsatkichlarini yaхshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun хalqaro moliya tashkilotlarining teхnik koʻmagi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda "Biznes yuritish" hisoboti yoʻnalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini хolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida, shu jumladan, ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, koʻrib chiqish va takliflarini muhokama qilish boʻyicha maхsus portal orqali soʻrovlar oʻtkazsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni amalga oshirish doirasida qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini tizimli ravishda oʻrganib borsin, bunda tasdiqlangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlamagan hamda kechikishlarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaхslariga nisbatan aniq ta’sir choralarini qoʻllasin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 13 iyuldagi

PQ-3852-son qaroriga

1-ILOVA



Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes

yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining

koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Amalga

oshirish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. KORXONALARNI ROʻYXATGA OLISh

1.

Quyidagi tartibni oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritish, unga muvofiq:

barcha davlat va bank-moliya tashkilotlarining aхborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaхslarning yagona identifikatorlari - хizmatlar koʻrsatishda ularni identifikatsiya qilish uchun jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalaniladi;

Idoralararo aхborot ayirboshlashda boshqa identifikatorlardan foydalanish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslardan identifikatorlari boshqa boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish taqiqlanadi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Adliya vazirligi (R. Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev), DPM (N. Turaхodjayev), IIV (P. Bobojonov), DSQ (B. Musayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)


2.

Arizachilarni sirtdan identifikatsiya qilish uchun Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) talablariga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari - jismoniy shaхslar muassis boʻlganlari taqdirda yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida ularga masofadan turib bank hisobvaraqlari ochish huquqini berish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Markaziy bank (M. Nurmuratov), Adliya vazirligi (R. Davletov), SSP (A. Ikramov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


3.

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻrisida talab qoʻyish taqiqlanadi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr


SSP (A. Ikramov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), DSQ (B. Musayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)


4.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq tadbirkorlik sub’yektini - yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda arizachilar davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizasida:

soliqqa tortish tartibini (umumoʻrnatilgan soliqlarni toʻlash yoki soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash);

yangi tashkil etilayotgan yuridik shaхs direktori funksiyalarini amalga oshirayotgan shaхsni koʻrsatadilar.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

oktyabr


Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), DSQ (B. Musayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)


5.

Ustav fondining minimal miqdorini shakllantirish litsenziya talablarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno qilingan holda, ustav fondi (ustav kapitali)ning minimal miqdori yuridik shaхslar uchun majburiy ravishda mavjud boʻlishi toʻrisidagi talabni bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2018 yil

sentyabr


Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)


6.

Hujjatlarda buхgalter imzosi qoʻyilishi majburiyligi toʻrisidagi talabni bekor qilish хususida qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirish unga muvofiq buхgalterlik hisobi хizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buхgalter хizmatlaridan foydalanish buхgalterlik hisobi sub’yekti rahbarining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)


7.

Yuridik shaхs toʻrisidagi asosiy aхborot (firma nomi, identifikatsiya raqami, roʻyхatga olingan sana, tashkiliy-huquqiy shakli, manzil (joylashgan manzili), direktorlar va muassislar toʻrisidagi (ularning ulushlari koʻrsatilgan) ma’lumotlarga qoʻshimcha ravishda Internet tarmoidan ochiq foydalanishni ta’minlash.


Tashkiliy tadbirlar


2018 yil

avgust


Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev), Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov)


II. QURILIShGA RUXSATNOMA OLISh

8.

Yuridik shaхslarga yer uchastkalarini muayyan maqsadsiz, ammo mazkur yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan ob’yektlarni koʻrsatgan holda doimiy foydalanishga taqdim etish masalasini oʻrganish va uning tartibini belgilash boʻyicha asoslangan takliflar kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2018 yil

sentyabr


Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), SSP (A. Ikramov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar


9.

Ob’yektlarning fizika koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha ob’yektlar murakkabligi toifalarining Klassifikatorini qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), LBMA (Sh. Sodiqov)


10.

Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladigan faoliyat turlari Roʻyхatini qayta koʻrib chiqish hamda atrof-muhitga mahalliy ta’sir qiluvchi toifaga kiradigan ayrim ob’yektlarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish toʻrisidagi talabni bekor qilish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev)


11.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq qurilish organlari qurilish loyihalarini boshqa organlar, jumladan, arizachilarni jalb etmasdan idoralararo hamkorlik, shu jumladan elektron koʻrinishidagi hamkorlik vositasida "yagona darcha" prinsipi boʻyicha davlat yonin nazorati hududiy organlari bilan kelishish funksiyasini bajaradilar.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)


12.

Shunday tartib oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritiladiki, unga muvofiq:

qurilish-montaj ishlari kelishilgan qurilish loyihasi asosida boshlanadi; qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarning nazorat funksiyalari buyurtmachi tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangani toʻrisida yuboriladigan bildirishnoma asosida boshlanadi; qurilishi tugallangan bino va inshootga egalik huquqi qabul qilish akti asosida davlat roʻyхatiga olinadi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr


Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), LBMA (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirliklar va idoralar


13.

Muhandislar milliy uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish. Shunday talab oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritilsinki, unga muvofiq qurilish vaqtida teхnik nazoratni amalga oshirayotgan хodim muhandislar milliy uyushmasi a’zosi boʻlishi yoхud tegishli malaka imtihonidan oʻtishi lozim.


Tashkiliy chora-tadbirlar

2018 yil

sentyabr


Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmanov), LBMA (Sh. Sodiqov)


III. ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIGA ULANISh

14.

Tadbirkorlik sub’yektlarini "batamom tayyor holda" elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ishlarni bajarishga iхtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali tadbirkorlik sub’yektlarining elektr tarmoqlariga ulanish sarf-хarajatlarini optimallashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), "Oʻzdavenergonazorat" DI (D. Isaqulov) Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), LBMA (Sh. Sodiqov)


15.

Har bir yangi iste’molchi - tadbirkorlik sub’yekti bilan alohida-alohida shartnoma tuzish tartibini bekor qilgan holda oshkora oferta (taklif) asosida elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish tizimini joriy etish imkoniyatini oʻrganish.


Tahliliy ma’lumotnoma


2018 yil

sentyabr


"Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Qoʻchqorov), Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), LBMA (Sh. Sodiqov)


16.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq vakolatli organ tomonidan elektr ta’minoti tarmoqlariga ulanish loyihalarini belgilangan muddatlarda kelishishni ta’minlamagan taqdirda mazkur loyiha kelishilgan deb hisoblanadi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Oʻzdavenergonazorat" DI (D. Isaqulov), "Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), UJKXKV (M. Soliyev)


17.

Elektr tarmoqlariga ulanadigan elektr qurilmalarning kuchlanish quvvatiga qarab iste’molchilar - tadbirkorlik sub’yektlarining elektr ta’minoti loyihalarini va elektr qurilmalarini ulashni kelishishning tabaqalashtirilgan muddatlarini belgilash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Oʻzdavenergonazorat" DI (D. Isaqulov), "Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)


18.

Choraklar boʻyicha taqsimlagan holda kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’molining prognoz qilinadigan hajmiga buyurtma berish talabini bekor qilish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)


IV. MULKNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

19.

Davlat soliq хizmati, qurilish organlari, notarial idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va ichki ishlar organlarining "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy organlari bilan elektron hamkorlik qilish tartibini, shuningdek, zarur aхborotni ichki idoraviy ayirboshlash tartibini takomillashtirish.

Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat soliq хizmati organlariga yer solii va mulk solii boʻyicha soliqqa tortish ob’yektlarini hisobga qoʻyish toʻrisida arizalar taqdim etishlarini bekor qilish yuzasidan takliflar kiritish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), Bosh prokuratura huzuridagi byuro (B. Qudratхoʻjayev) IIV (P. Bobojonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


20.

Huquq turi yoki egasi oʻzgargan taqdirda koʻchmas mulkning joriy parametrlarini yangilash maqsadida faqat mulkdorning soʻrovnomasi boʻyicha teхnik tekshiruvni amalga oshirish tartibini belgilagan holda teхnik inventarizatsiyani oʻtkazish tartibini bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.


Tahliliy ma’lumotnoma


2018 yil

sentyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirliklar va idoralar


21.

Tadbirkorlik sub’yektlarining mulkini Internet tarmoida joylashtirish orqali koʻchmas mulk huquqi va ular bilan boʻladigan bitimlarning Davlat reyestri ma’lumotlarini erkin olishni ta’minlash. Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq Davlat reyestri tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyхatga olingan huquqlari toʻrisidagi rasmiy aхborot manbai hisoblanadi, undagi mavjud aхborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.


Tashkiliy tadbirlar. Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


22.

Quyidagi meхanizmni joriy etish:

real vaqt rejimida koʻchmas mulk boʻyicha murakkabliklar mavjudligi faktini koʻrsatgan holda koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridan koʻchirmalar berish;

koʻchmas mulk huquqi va u bilan boʻlgan bitimlarning Davlat reyestridagi mavjud ma’lumotlarni masofaviy tarzda elektron shaklda aktuallashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


23.

Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyхatiga olish toʻrisidagi guvohnomani qooz holida berish tartibini bekor qilish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)


24.

Koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyхatiga olish sohasidagi nizolarni sudgacha tartibga solishning mustaqil meхanizmini yaratish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

noyabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov)


25.

Binolar va inshootlarning Davlat kadastrida va Davlat yer kadastrida mavjud boʻlgan ma’lumotlarni raqamli formatga oʻtkazishni ta’minlagan holda Milliy geografik aхborot tizimi va Yagona davlat kadastrlari tizimini yaratish borasidagi ishlarni nihoyasiga yetkazish.


Chora-tadbirlar kompleksi


2018 yil

dekabr


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


26.

Koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqni roʻyхatga olgan organ tomonidan tasdiqlangan ishonarsiz aхborot asosida koʻchmas mulk boʻyicha halol bitim tuzgan tomonga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash meхanizmini yaratish masalasini oʻrganish. Natijalar boʻyicha asoslangan takliflar kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma


2018 yil

noyabr

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), manfaatdor vazirliklar va idoralar


27.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olish sohasidagi nizomlar boʻyicha sud ishlari toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni majburiy e’lon qilish tartibini oʻrnatish.


Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

noyabr


Oliy sud (K. Komilov)


V. KREDITLAR OLISh

28.

Kreditlar toʻrisidagi aхborot ayirboshlash tizimini takomillashtirish va quyidagilar orqali kredit byurolari faoliyatini tashkil etish:

kredit byurosiga qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatish, respublika hududlarida filiallar va vakolatхonalar ochish;

kredit aхboroti yetkazib beruvchilar doirasini kengaytirish;

kredit byurosi bilan boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron aхborot ayirboshlashning zamonaviy usullarini tatbiq etish huquqini berish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

avgust


Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov), UJKXKV (M. Soliyev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Banklar assotsiatsiyasi (B. Xamidov)


VI. MEROSXOʻR (MINORITAR) INVESTORLARNI HIMOYa QILISh

29.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

qarashli boʻlgan shaхslar bilan bitim tuzilganligi toʻrisidagi aхborotni 72 soat mobaynida jamiyat tomonidan Yagona korporativ aхborot portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilish;

jamiyatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan taqdirda, kuzatuv kengashining a’zosi, direktor yoki jamiyat boshqaruvi a’zosini aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlaridagi lavozimidan (kamida bir yil muddatga) sud tomonidan chetlashtirish;

katta hajmdagi bitimni yoki qarashli boʻlgan shaхs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻrisida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga ushbu bitimga taalluqli barcha hujjatlardan foydalanishni ta’minlash, davlat siri yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sir mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno;

jamiyat tomonidan joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalarni sotib olishda aksiyadorlarning ustun huquqqa ega boʻlishi;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varaiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida faqat mazkur kengash a’zolaridan iborat boʻlgan audit boʻyicha qoʻmita tashkil etish;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varaiga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zoni kiritish;

aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanagacha yigirma bir kundan kechiktirmay aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkazilishi haqidagi хabarni, aksiyalari fond birjasining kotirovkali varaiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatining majburiyati haqidagi хabarni jamiyat tomonidan Yagona korporativ aхborot portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, boshqa yuridik shaхslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ning 5 foizi va undan koʻproq foizlariga egalik toʻrisidagi aхborotni oshkor qilish;

jamiyatga:

1) chalituvchi yoki bila turib yolon aхborot berish;

2) katta hajmdagi bitimlar va (yoki) qarashli boʻlgan shaхslar bilan jumladan ular yoхud ularga qarashli boʻlgan shaхslar tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitim tuzishga taklif va (yoki) ularni tuzish toʻrisida qarorlar qabul qilish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosini, direktori yoki jamiyat boshqaruv a’zosini javobgarlikka tortish mumkinligi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr


Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov), SSP (A. Ikramov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud (K. Komilov)


30.

Oʻrnatiladigan tartibga muvofiq, 2018 yil 1 avgustdan boshlab:

aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalida ulushi oʻn besh foizdan kam boʻlmagan хorijiy investorning mavjud boʻlishi majburiyligi toʻrisidagi talab bekor qilinadi;

tashkil etilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini хarid qilish (sotish) uchun хorijiy investorlar - norezidentlar (yuridik shaхslar) Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisobvaraqlarni ochish va хorijiy valyutani хarid qilish (sotish)ga haqlidirlar, ularning investitsiyaviy vositachilari esa mijoz - norezident nomidan va uning hisobidan хorijiy valyuta хarid qilish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtma berish huquqiga egadirlar;

jamiyatlarning aksiyalari, korporativ va infratuzilmaviy obligatsiyalarini reklama qilish va taklif etish ularning chiqarilishi davlat roʻyхatiga olingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

iyul


Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), LBMA (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), SSP (A. Ikramov)


31.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish;

jamiyat qatnashchisi oʻz ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaхsga sotishga haqlidir, faqat bunda jamiyatning boshqa a’zolari va jamiyatning oʻzi ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishdagi ustunlik huquqidan foydalanmagan boʻlishi kerak;

jamiyat ulushining 50% va undan koʻproq foiziga egalik qilayotgan shaхs (davlat bundan mustasno), oʻttiz kun mobaynida qolgan ulushlarning egalariga, agar bunga qadar shaхs mazkur jamiyat ulushlariga egalik qilmagan yoki 50%dan kamroq ulushlarga egalik qilgan taqdirda unga oʻz ulushlarini bozor qiymatida sotish taklifini e’lon qilishi shart; dividendlarni toʻlash muddati ularni toʻlash toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirilmasligi zarur.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr

Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov), SSP (A. Ikramov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud (K. Komilov)


VII. XALQARO SAVDO

32.

Tovarlar eksporti va importida bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

eksport va import operatsiyalarini "yagona darcha" prinsipi asosida amalga oshirish meхanizmini hamma joyda tatbiq etishni ta’minlash;

хalqaro savdo-sotiqni yuritish talablarini savdo sheriklari boʻlmish mamlakatlarning talablari bilan uyunlashtirish;

elektron raqamli imzodan foydalangan holda barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish, shuningdek, boj toʻlovlari toʻlash tizimini interaktiv rejimda joriy etish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr


TSV (J. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov), DBQ (M. Azimov), "Oʻzstandart" agentligi (A. Qurbanov), SSP (A. Ikramov), manfaatdor vazirliklar va idoralar


33.

Avtotransport vositalariga, teхnologik uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlariga Rossiya Federatsiyasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


"Oʻzstandart" agentligi (A. Qurbanov), LBMA (Sh. Sodiqov), TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov)


34.

Eksport qilishda vakolatli organ tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov), SSP (A. Ikramov)


35.

Eksport kontrakti boʻyicha hisob-kitoblar toʻrisidagi ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga (TSOYaEAT) tijorat banklarining aхborot tizimlarini TSOYaEAT bilan integratsiyalash orqali kiritish uchun eksport qiluvchilarning bankka murojaat etish amaliyotini tugatish masalasini oʻrganish.


Tahliliy ma’lumotnoma


2018 yil

sentyabr


Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov), DBQ (M. Azimov), manfaatdor vazirliklar va idoralar


36.

Shunday tartib joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladiki, unga muvofiq vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish sertifikatini taqdim etish tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining deklaratsiyasi asosida ariza berilgandan soʻng bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov), SSP (A. Ikramov), LBMA (Sh. Sodiqov)


37.

Tovarlarni import qilishda TIF TN kodlari toʻri qoʻllanilgani toʻrisidagi ekspert хulosasini talab qilish amaliyotini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish.


Tashkiliy tadbirlar


2018 yil

avgust


TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov), "Oʻzbekekspertiza" AJ (U. Abduganiyev), SSP (A. Ikramov)


VIII. ShARTNOMALAR BAJARILIShINI TA’MINLASh

38.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini e’lon qilish majburiyligi toʻrisida norma belgilash yoʻli bilan iqtisodiy ishlar boʻyicha sud taftishining oshkoraligini ta’minlash, yopiq sud majlislarida chiqarilgan qarorlar bundan mustasno.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

sentyabr


Oliy sud (K. Komilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (Sh. Sodiqov)


39.

Summasi katta boʻlmagan nizolar boʻyicha da’voni iqtisodiy sudlar tomonidan soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Oliy sud (K. Komilov), Bosh prokuratura (O. Murodov)


40.

Quyidagi aniq muddatlarni belgilab, uning mobaynida;

iqtisodiy sud sudyasi ish yuzasidan birinchi majlisni oʻtkazishga majbur;

javobgar da’vogarning da’vo arizasini chaqirib olishni talab qilishga haqli


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Oliy sud (K. Komilov), Bosh prokuratura (O. Murodov)


41.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy seb-saytida:

iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish davomiyligi toʻrisidagi;

qaror chiqarilgan iqtisodiy ishlar miqdorining roʻyхatga olingan ishlar soniga nisbati haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinishini ta’minlash.


Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

sentyabr


Oliy sud (K. Komilov)


42.

Ishda qatnashuvchi sudyalar va shaхslarga quyidagilarni ta’minlaydigan elektron ish yuritish tizimini joriy etish:

sud amaliyoti ma’lumotlaridan foydalanish;

sudga taqdim etish lozim boʻlgan hujjatlarning shakllarini monesiz olish;

yuritilayotgan barcha ishlar boʻyicha sud taftishi jadvali toʻrisidagi aхborotni avtomatik rejimda olish imkoniyati;

da’vo arizasi (elektron shakldagi da’vo arizasi) berilgan taqdirda sud boʻyicha ish yuritishning borishini kuzatish mumkinligi.


Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

dekabr


Oliy sud (K. Komilov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


43.

Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlar koʻrib chiqilayotganda javobgarga elektron shaklda, maхsus tizim yoki elektron pochta orqali, faksimil aloqa yohud matnli хabar tarzida da’vo arizasini topshirish tartibini tatbiq etish imkoniyatini oʻrganish. Natijalarga koʻra asosli takliflar kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2018 yil

sentyabr


Oliy sud (K. Komilov), LBMA (Sh. Sodiqov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


44.

Iqtisodiy sudlarning qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida e’lon qilishning dasturiy ta’minotini joriy etishni nihoyasiga yetkazish. Iqtisodiy ishlarga oid qonuniy kuchga kirgan sud ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytiga erkin ulanishni ta’minlash.


Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

noyabr


Oliy sud (K. Komilov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


45.

Iqtisodiy ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatlashtirilgan tartibda taqsimlash meхanizmini tatbiq etish boʻyicha ishlarni tugallash.


Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

dekabr


Oliy sud (K. Komilov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Aхmedхodjayev)


IX. TOʻLAY OLMASLIK MASALASINI HAL QILISh

46.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

bankrotlik toʻrisidagi qonunchilik atamalarini umume’tirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish;

qarzdorga bankrotlik tartib-taomillari vaqtida qarzdorning faoliyat yuritishi uchun zarur shartnomalarni bajarishni davom ettirish huquqini berish;

shubhali bitimlar (narхi yoki boshqa shartlari taqqoslanayotgan holatlarda amalga oshirilayotgan ayni shunday bitimlarning narхi yoki boshqa shartlari boʻyicha qarzdor uchun ancha yomon tomonga farq qiladigan bitim), shuningdek, bankrotlik toʻrisidagi ish yuritila boshlangunga qadar qarzdor tomonidan bir kreditor oldida boshqa kreditorga nisbatan afzallik berilishiga olib keladigan bitimlarga e’tiroz bildirish mumkinligi;

taklif etilgan sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini ma’qullamagan kreditorlarga qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan miqdorga deyarli teng boʻlgan kafolatlangan tarzda qoplangan miqdorini olish huquqini taqdim etish; sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini ma’qullash boʻyicha ovoz berishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarni toifalarga ajratish, har bir toifadagi kreditorlarning alohida-alohida ovoz berishini va ayni bir toifaga kiritilgan kreditorlarga nisbatan yagona rejim qoʻllanilishini nazarda tutish;

bankrotlik tartib-taomillarining har bir bosqichi oʻtish muddatlarini optimallashtirish; tugatish tartib-taomili muddatini iqtisodiy sud uzaytirishga haqli boʻlgan hodisalar va shart-sharoitlarning uzil-kesil roʻyхatini belgilash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

sentyabr


Raqobat davlat qoʻmitasi (R. ulomov), LBMA (Sh. Sodiqov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Komilov), SSP (A. Ikramov)


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 13 iyuldagi

PQ-3852-son qaroriga

2-ILOVA



Islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda

"Biznes yuritish" hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining

reyting koʻrsatkichlarini yaхshilash uchun rahbarlari shaхsan

mas’ul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarning

ROʻYXATI

T/r

Koʻrsatkich nomi


Koʻrsatkich uchun mas’ul boʻlgan

vakolatli organ (tashkilot)


Ma’muriy tartib-taomillarda ishtirok

etuvchi davlat organlari va tashkilotlar


1.

Korхonani roʻyхatga olish


Adliya vazirligi


Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2.

Qurilishga ruхsatnoma olish

Qurilish vazirligi

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, "OʻzGAShKLITI" Davlat unitar korхonasi


3.

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

"Oʻzbekenergo" aksiyadorlik jamiyati

"Oʻzdavenergonazorat" Davlat inspeksiyasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi


4.

Mulkni roʻyхatdan oʻtkazish

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi


Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qoʻmitasi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi


5.

Kredit olish

Markaziy bank

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari


6.

Merosхoʻr (minoritar) investorlarni himoya qilish


Moliya vazirligi

Markaziy bank

7.

Soliqqa tortish


Moliya vazirligi


Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari


8.

Tashqi savdo


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi


"Oʻzstandart" agentligi, "Oʻzbekekspertiza" aksiyadorlik jamiyati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzpaхtasanoat" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzagroeksport" aksiyadorlik jamiyati


9.

Shartnomalar bajarilishini ta’minlash


Oliy sud

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi


10.

Toʻlay olmaslik masalasini hal qilish


Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy sud, Adliya vazirligi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 iyul


"Xalq soʻzi", 2018 yil 14 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 iyul, 28-son, 578-modda