Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 12.07.2018 y. 367-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.07.2018 y. 1740-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.07.2018 y.

N 1740-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

12.07.2018 y.

N 367-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018 yil 11 iyuldagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qoʻllaniladigan hujjatlarning boshqa namunaviy shakllarini tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 1740, 2007 yil 21 noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018 yil 30 iyundagi SS-V-02/09-2632-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2007 yil 5 oktyabrda EG-01/10-5248, 01-02/6-28, 2007-55-son bilan tasdiqlangan "Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qoʻllaniladigan hujjatlarning boshqa namunaviy shakllarini tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror (roʻyхat raqami 1740, 2007 yil 21 noyabr) davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                      R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 iyul, 28-son, 589-modda