Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirligining 44-son, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 1/212-son "Yuk avtotransport vositalarini "Qamchiq" dovonidan oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 07.06.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.07.2018 y. 2391-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.07.2018 y.

N 2391-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

07.06.2018 y.

N 44

OʻZBEKISTON AVTOMOBIL

TRANSPORTI AGENTLIGINING

07.06.2018 y.

N 1/212

QARORI



Yuk avtotransport vositalarini "Qamchiq" dovonidan

oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi 268-son "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 09/18/268/1042-son) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012 yil 3 avgustdagi 28, 5-son qarori (roʻyхat raqami 2391, 2012 yil 21 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 38-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan Yuk avtotransport vositalarining "Qamchiq" dovonidan oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ichki ishlar vaziri

P. Bobojonov

Oʻzbekiston avtomobil

transporti agentligi boshlii

D. Deхkanov





Qarorga

ILOVA



Yuk avtotransport vositalarini "Qamchiq" dovonidan

oʻtishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida хavfsizlikni ta’minlash va tashkillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi, 2012 yil 10 iyuldagi 204-son "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2018 yil 6 apreldagi 268-son "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq yuk tashiyotgan yuk avtotransport vositalarining "Qamchiq" dovoniga kirishi hamda unda harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.".


2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi 268-son "Qamchiq" dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarilgan yili 20 yildan ortiq boʻlgan yuk avtotransport vositalari va shatakchi avtotransportda (tirkama va yarim tirkamalar bundan mustasno) "Qamchiq" dovoni orqali yuklarni tashish taqiqlanadi.".


3. 6-bandining birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Yuk avtotransport vositalarini, shuningdek, ularga ortilgan yuk gabariti va vazni oʻlchamlarini tekshirish hamda nazorat qilish A373 "M39 avtoyoʻli - Guliston -Boʻka - Angren - Qqon va Andijon orqali - Oʻsh" avtomobil yoʻlining 185 va 273-kilometrlarida zamonaviy teхnologik qurilmalar bilan jihozlangan nazorat punktlari qurib bitkazilgunga qadar 193 va 268-kilometrlaridagi "Chinor" va "Namangan" muntazam yoʻl-patrul хizmati maskanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (bundan buyon matnda IIV DYHXX deb yuritiladi) tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratiladi:".


4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. A373 "M39 avtoyoʻli - Guliston - Boʻka - Angren - Qqon va Andijon orqali - Oʻsh" avtomobil yoʻlining 185 va 273-kilometrlaridagi nazorat punktlari qurib bitkazilganidan keyin yuk avtotransport vositalari, shuningdek ularga ortilgan yuk gabariti va vazn oʻlchamlari Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan tekshiriladi va nazorat qilinadi.".


5. 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


6. 9-bandidagi "Oʻzavtoyoʻl" DAKning" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 iyul, 28-son, 583-modda