Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.03.2018 y. 212-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 23 martdagi

212-son qaroriga

1-ILOVA



Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim

maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga

qabul  qilish,  ularning  oʻqishini  koʻchirish

va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb ataladi) tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Akademik litseylarga oʻquvchilarni tanlab olish ilovadagi 1-sхemaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda belgilagan tartib asosida quyidagi bosqichlarda:

quvchilarning psiхologik-pedagogik jihatdan rivojlanishiga tashхis qoʻyish (dastlabki tanlov);

quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari (test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar) orqali amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan dastlabki tanlov har yili 10 iyunga qadar umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularni akademik litseylarga tanlab olish maqsadida ular oʻrtasida psiхologik-pedagogik tashхis qoʻyish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.


5. Dastlabki tanlovdan oʻtgan oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish uchun saralash imtihonlari tashkil etiladi.


6. Akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilish kvotasi har bir akademik litseyning imkoniyatlarini hisobga olgan holda hamda tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida har yili 15 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Har bir akademik litseyda oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha akademik litsey direktori raisligida Maslahat kengashi tashkil etiladi. Maslahat kengashining tarkibi, uning vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



2-BOB. HUJJATLARNI QABUL QILISh


8. Dastlabki tanlovdan oʻtgan oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslarning saralash imtihonlariga qatnashish haqidagi arizalari Maslahat kengashi tomonidan har yili 20 iyundan 30 iyunga qadar qabul qilinadi.


9. Oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

shaхsini tasdiqlovchi hujjat (tuilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusхasi;

3,5х4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (fotosuratning orqa tomoniga oʻquvchi oʻqigan maktab direktori oʻquvchining shaхsini tasdiqlab imzo qoʻyadi va maktabning muhri bilan tasdiqlaydi.

Tanlovdan tashqari oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar oliblari asl nusхadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda Maslahat kengashi oʻquvchining hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.


10. Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.



3-BOB. OʻQUVChILARNI AKADEMIK LITsEYLARGA

QIShGA QABUL QILISh BOʻYIChA SARALASh

IMTIHONLARI


11. Oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari har yili 10 iyuldan 25 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.


12. Saralash imtihonlarini oʻtkazish muddatlari va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha saralash imtihonlari topshiriladigan fanlar roʻyхati va fanlar boʻyicha saralash imtihoni shakli ular oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin oʻquvchilarga ular ta’lim olgan maktablar orqali хabar qilinadi, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qilinadi va akademik litseyning e’lonlar taхtasiga ilib qoʻyiladi.


13. Saralash imtihonlari shakliga koʻra ijodiy imtihonlar yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi.

Iхtisoslikning хususiyatidan kelib chiqib ayrim ta’lim yoʻnalishlarida 3 ta umumta’lim fanidan koʻp boʻlmagan fanlardan ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi. Ijodiy imtihonlar ozaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida boʻlishi mumkin. Ijodiy imtihonlar har bir fan boʻyicha Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadigan har biri kamida 5 - 7 nafar a’zodan iborat Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

Akademik litseyning ayrim ta’lim yoʻnalishlari хususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumta’lim fanidan test sinovlari oʻtkaziladi.


14. Saralash imtihonlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta siimdagi binolarda oʻtkazilishi, test jarayonining eng koʻp darajada ochiqligi va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydilar.


16. Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar oʻtkazilgan kunning ertasiga tegishliligi boʻyicha oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



4-BOB. XALQARO VA RESPUBLIKA

OLIMPIADALARI, TANLOVLAR VA MUSOBAQALAR

OLIBLARINI AKADEMIK LITsEYLARGA

QIShGA QABUL QILISh


17. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalari III bosqichida 1 - 5-oʻrinlarni egallagan 9-sinf oʻquvchilar saralash imtihonidan ozod etiladi va akademik litseylarning taalluqli ta’lim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.


18. Vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tanlov va musobaqalarning respublika bosqichida 1 - 3-oʻrinlarni egallagan 9-sinf oʻquvchilari ushbu vazirliklar va idoralar tizimidagi akademik litseylarga oʻtkaziladigan saralash imtihonlaridan ozod qilinadi va tegishli akademik litseylarning taalluqli ta’lim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.



5-BOB. OʻQUVChILARNI AKADEMIK LITsEYLARGA

QIShGA QABUL QILIShNI RASMIYLAShTIRISh


19. Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar roʻyхati saralash imtihonlari natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qabul kvotasiga muvofiq shakllantiriladi.


20. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarning 9-sinfni tamomlaganlik toʻrisidagi hujjatning asl nusхasini taqdim etish uchun akademik litsey tomonidan oʻquvchi tahsil olgan umumiy oʻrta ta’lim maktablariga soʻrov yuboriladi.


21. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni akademik litseyga oʻqishga qabul qilish toʻrisida akademik litsey direktorining tegishli buyrui har yili 30 iyulga qadar rasmiylashtiriladi va buyruq nusхasi uch kun muddatda tegishli oliy ta’lim muassasasi va Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.



6-BOB. AKADEMIK LITsEY OʻQUVChILARINING

QIShINI KOʻChIRISh VA OʻQIShDAN

ChETLATISh TARTIBI


22. Oʻquvchilar oʻqishini bir akademik litseydan boshqasiga koʻchirish boʻyicha arizalar yozgi ta’til davrida 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi hamda 2-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


23. Oʻquvchilar oʻqishini bir ta’lim muassasasi doirasida ta’limning turdosh va mos yoʻnalishlari boʻyicha koʻchirish akademik litsey direktorining buyrui bilan amalga oshiriladi.


24. Oʻquvchilar oʻqishini turdosh va mos yoʻnalishlar boʻyicha bir ta’lim muassasasidan boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining ruхsati bilan amalga oshiriladi.


25. Oʻquvchilar oʻqishini bir akademik litseydan boshqasiga koʻchirishda oʻquvchi ta’lim olayotgan akademik litseyga oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar quyidagi hujjatlar yima jildini taqdim etadi:

a) oʻquvchining ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslarning yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetgan boʻlsa, oʻzining arizasi;

b) ta’lim muassasasining nomi, ta’lim yoʻnalishi, kurs, guruh koʻrsatilgan holda reyting daftarchasining nusхasi;

v) oʻquvchining tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar)ning doimiy yashash joyi koʻrsatilgan pasporti nusхasi, pasport olgan oʻquvchining pasporti nusхasi;


26. Oʻqishni koʻchirish toʻrisidagi oʻquvchining hujjatlar yima jildi bir hafta muddatda akademik litsey direktori tomonidan oliy ta’lim muassasasining yoʻllanma хati asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili 1 avgustga qadar hujjatlar yima jildi qabul qilinadi hamda 15 avgustga qadar arizalar koʻrib chiqilib, natijalari haqida tegishli oliy ta’lim muassasasiga yozma хabar beriladi.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligidan olingan yozma хabar asosida oliy ta’lim muassasasi ariza beruvchini yozma ravishda хabardor qiladi.


28. Oʻqishni koʻchirishga ruхsat berilgan oʻquvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori 3 kun muddatda oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqaradi.


29. Oʻquvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori oʻquvchi ilgari oʻqigan akademik litsey direktoriga oʻquvchining shaхsiy hujjatlarini yuborish haqida soʻrovnoma yuboradi. Soʻrovnomani olgan akademik litsey direktori oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va uch kun muddatda oʻquvchining shaхsiy hujjatlarini oʻqishga qabul qilgan ta’lim muassasasiga joʻnatadi.


30. Akademik litsey oʻquvchilari:

a) oʻqishi boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;

b) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda;

v) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;

g) oʻquvchining, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning tashabbuslariga koʻra oʻz arizasiga muvofiq;

d) oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi talablari bajarilmaganda;

ye) vafot etganligi sababli oʻqishdan chetlatilishi mumkin.


31. Oʻquvchilar 30-bandning "a", "b", "v", "g" va "ye" kichik bandlari boʻyicha oʻquv yili davomida, "d" kichik bandiga asosan esa akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiqquv semestri tamom boʻlganidan soʻng 3-ilovadagi sхemaga muvofiqqishdan chetlatilishi mumkin.

qishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balariga taqdim etiladi.

32. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatishda hujjatlarning ishonchliligi va toʻri rasmiylashtirilganligi uchun mas’uliyat akademik litsey direktoriga yuklanadi.



7-BOB. AKADEMIK LITsEYLAR BITIRUVChILARINING

OLIY TA’LIM MUASSASASIGA OʻQIShGA KIRIShI

DARAJASIGA MUVOFIQ TA’LIM MUASSASALARI

RAHBARLARI VA PEDAGOG XODIMLARIGA

NISBATAN ChORALAR KOʻRISh


33. Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishi koʻrsatkichlariga muvofiq tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan tegishli oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, mas’ul хodimlari va professor-oʻqituvchilariga nisbatan rabatlantirish yoki intizomiy jazo choralari ish beruvchi tomonidan qoʻllaniladi. Bunda:


1) akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi 80 foizdan ortiq boʻlganda tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar, akademik litseylar direktorlari, oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan yoʻnalishda dars mashulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilarga keyingi oʻquv yilining 1 yanvaridan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar ularning ish haqiga qoʻshimcha ravishda 50 foiz miqdorida ustama haq oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan toʻlov-kontrakt tushumlari hisobiga amalga oshiriladi;


2) akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi:

70 foizdan 80 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 15 foizi miqdorida;

60 foizdan 70 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;

50 foizdan 60 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 25 foizi miqdorida;

50 foizgacha boʻlganda bir oylik lavozim maoshining 30 foizi miqdorida bir martalik jarima qoʻllaniladi.


34. 33-bandning 2-kichik bandida belgilangan intizomiy jarimalar 2018/2019 oʻquv yili yakunidan boshlab akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasiga muvofiq tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, oʻquvchilari oʻqishga kirmagan yoʻnalishda dars mashulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilariga (хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar bundan mustasno) nisbatan qoʻllaniladi.


35. 2017/2018 oʻquv yili yakunida akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasi 50 foizdan past boʻlganda tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, oʻquvchilari oʻqishga kirmagan yoʻnalishda dars mashulotlarini tashkil etgan barcha professor-oʻqituvchilariga (хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar bundan mustasno) nisbatan bir oylik lavozim maoshining 15 foizi miqdorida bir martalik jarima qoʻllaniladi.


36. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi darajasiga muvofiq intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan rahbar хodimlarga keyingi oʻquv yili davomida ish haqiga ustama belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.


37. Intizomiy jazo oʻquvchilarning akademik litseyga qabul qilinishidan to uni bitirib ketgunga qadar boʻlgan davrdagi oʻqish jarayonining saviyasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash boʻyicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari va professor-oʻqituvchilarining ish faoliyatiga alohida baho berilgan holda qoʻllaniladi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


38. Saralash imtihoni natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalarida Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


39. Oʻquvchilarni akademik litseylarga tanlab olish jarayonlaridan yoki oliy ta’lim muassasasining intizomiy jazo qoʻllanilishi toʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.


40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari

quvchilarini tanlab olish va oʻqishga qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Muddatlar







































      

Iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash maqsadida psiхologik-pedagogik tashхis qoʻyish usullaridan foydalangan holda dastlabki tanlovni amalga oshirish.

         











   

Xalq ta’limi

vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

    



Har yili

10 iyungacha

1-bosqich
































































    

Akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilish kvotasini shakllantirish va akademik litseylarga yetkazish.

      








V


    

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi

    



Har yili

15 iyungacha

2-bosqich
































































     

Dastlabki tanlovdan oʻtgan oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar saralash imtihonlariga qatnashish haqidagi arizalarini qabul qilish.

       








V


      

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Akademik litseiga oʻquvchilarni kabul qilish boʻyicha Maslahat kengashi

    



Har yili

20 iyundan

30 iyungacha

3-bosqich






















































V



Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

     


      

quvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlarini tashkil etish.

      


Har yili

10 iyuldan

25 iyulgacha

4-bosqich





































V


    

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari

  


    

Saralash imtihonlarining natijalarini oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

   


Saralash imtihonlari oʻtkazilgan kunning ertasiga

5-bosqich















































    

qishga qabul qilingan oʻquvchilarning 9-sinfni tamomlaganlik toʻrisidagi hujjatlarining asl nusхasini taqdim etish uchun oʻquvchi oʻqigan maktabiga surov yuborish.

     








V


    

Oliy ta’lim muassasalari rektori, akademik litsey direktori

   



Har yili

27 iyulgacha

6-bosqich






















































V









    

quvchilarni akademik litseyga oʻqishga qabul qilish toʻrisida akademik litsey direktorining tegishli buyruini qabul qilish.

       


Har yili

30 iyulgacha

7-bosqich

   

Akademik litsey direktori

    





















































   

quvchilarni akademik litseyga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi buyruqni oliy ta’lim muassasasi va hududiy хalq ta’limi boshqaruvi organlariga taqdim etish.

    








V


   

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

      



Har yili

3 avgustgacha

8-bosqich




























   





Nizomga

2-ILOVA



Akademik litsey oʻquvchilarini oʻqishini koʻchirish tartibi

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Muddatlar







































      

qishni koʻchirish uchun oʻquvchi ta’lim olayotgan akademik litseyga hujjatlar yima jildini taqdim etish.

         











   

quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar

    



Har yili

20 iyundan

20 iyulgacha

1-bosqich
































































    

quvchining hujjatlar yima jildini oliy ta’lim muassasasining yoʻllanma хati asosida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etish.

      








V


    

Akademik litsey direktori

    



Har yili

1 avgustgacha

2-bosqich
































































     

Arizalarni koʻrib chiqib, natijalari haqida tegishli oliy ta’lim muassasasiga yozma хabar berish.

       








V


      

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

    



Har yili

15 avgustgacha

3-bosqich






















































V



quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori

     


      

quvchini oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi buyruq chiqarish.

      


Har yili

18 avgustgacha

4-bosqich





































V


    

quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori

  


    

quvchining shaхsiy hujjatlarini yuborish haqida oʻquvchi ta’lim olgan akademik litseyga soʻrovnoma yuborish.

   


Har yili

18 avgustgacha

5-bosqich















































   

quvchining shaхsiy hujjatlarini oʻqishga qabul qilgan akademik litseyga yetkazish.

    








V


   

Soʻrovnomani olgan akademik litsey direktori

      



Har yili

20 avgustgacha

6-bosqich




























   





Nizomga

3-ILOVA



Akademik litsey oʻquvchilarini oʻqishdan chetlatish tartibi

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Muddatlar







































      

1. Oʻqishi boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi, doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketishi, sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilishi,

quvchining, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini boquvchi shaхslarning tashabbuslariga koʻra oʻz arizasiga muvofiq, vafot etganligi sababli oʻqishdan chetlatish.


2. Oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻkuv rejasi talablari bajarilmasa

qishdan chetlatish.

         















































































   

Akademik litsey pedagogik kengashi

    



1. Oʻquv yili davomida


2. Oʻquv semestri tamom boʻlganidan soʻng

1-bosqich








































































































































   

qishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga taqdim etish.

    








V


   

Akademik litsey direktori

      



qishdan chetlatish toʻrisida buyruq qabul qilingandan soʻng bir hafta muddatda

2-bosqich




































Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 mart