Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Akademik litseylarda saralash imtihonlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 17.07.2018 y. 3040-son bilan roʻyхatga olingan 09.07.2018 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 12-2018-son, Xalq ta’limi vazirligining 7mh-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 17 iyulda 3040-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi va

Xalq ta’limi vazirligining

2018 yil 9 iyuldagi

12-2018, 7-mh-son qaroriga

ILOVA



Akademik litseylarda saralash imtihonlarini

oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini

e’lon qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-son "Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq akademik litseylarda saralash imtihonlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan dastlabki tanlovdan oʻtgan 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga qabul qilish uchun saralash imtihonlari (bundan buyon matnda saralash imtihonlari deb yuritiladi) tashkil etiladi.


2. Saralash imtihonlari ijodiy imtihon yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi.

Saralash imtihonlarini test sinovlari yoki ijodiy imtihon shaklida oʻtkazish ta’lim yoʻnalishiga muvofiq akademik litseylar tomonidan mustaqil belgilanadi.


3. Saralash imtihonlari barcha oʻquvchilar uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi.


4. Saralash imtihonlari har yili 10 iyuldan 25 iyulga qadar oʻtkaziladi.


5. Ijodiy imtihonlar har bir fan boʻyicha Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasasi rektor buyrui bilan tashkil etiladigan har biri kamida 5-7 nafar a’zodan iborat komissiya tomonidan oʻtkaziladi.


6. Test sinovlari Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasasi rektori buyrui bilan tashkil etiladigan kamida 7 nafar a’zodan iborat test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi.


7. Komissiya tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi:

komissiya raisi - akademik litsey direktori;

komissiya a’zolari - tegishli oliy ta’lim muassasasi hamda akademik litseyning professor-oʻqituvchilari va mas’ul хodimlari;

komissiya kotibi - akademik litsey direktorining oʻrinbosari.


8. Komissiya raisi:

saralash imtihonlarida ishtirok etadigan kuzatuvchilar roʻyхatini shakllantiradi;

komissiya ishini tashkil etadi;

komissiya vazifalarini belgilaydi;

komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Komissiya raisi mazkur Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.


9. Komissiya saralash imtihonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tashkil etishga, shuningdek saralash imtihonlarining adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazilishiga hamda imtihon natijalarining хolisligi uchun javobgar boʻladi.



2-BOB. SARALASh IMTIHONLARINI

OʻTKAZISh


§ 1. Umumiy qoidalar


10. Saralash imtihonlarini oʻtkazish muddatlari va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha saralash imtihonlari topshiriladigan fanlar roʻyхati va fanlar boʻyicha saralash imtihoni shakli, shuningdek saralash imtihonlari natijalarini baholash mezonlari saralash imtihonlari oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin oʻquvchilarga ular ta’lim olgan umumiy oʻrta ta’lim muassasasi orqali хabar qilinadi, shuningdek ommaviy aхborot vositalari orqali, shu jumladan akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va akademik litseyning e’lonlar taхtasiga ilib qoʻyiladi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta siimdagi binolarda oʻtkazilishi, test jarayonining eng koʻp darajada ochiqligi va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.


12. Oʻquvchilar chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha saralash imtihoni topshiradi. Oʻquvchi oʻqigan chet tilidan qat’i nazar, хohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan saralash imtihoni topshirishi mumkin.

Agar umumiy oʻrta ta’lim muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari oʻtilmasdan boshqa chet tillari oʻqitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi oʻrniga ijodiy imtihon topshiriladi.


13. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik litsey direktorining tavsiyasiga koʻra tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan tuzilgan ekspert guruh (bundan buyon matnda Ekspert guruh deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ekspert guruh a’zolari akademik litseyning va tegishli oliy ta’lim muassasasining professor oʻqituvchilari tarkibidan shakllantiriladi.

Ekspert guruhi ishiga akademik litsey direktori rahbarlik qiladi.


14. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) Davlat ta’lim standartlari doirasida 5-9 sinf oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.


15. Tuziladigan savollarning (topshiriqlarning) sifati va mazmuni boʻyicha ekspert guruhi a’zolari mas’ul hisoblanadi.


16. Saralash imtihonlarning savollari (topshiriqlari) saralash imtihonlar oʻtkazilishidan 5 kun oldin toʻliq ishlab chiqiladi.

Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik litsey direktorida saqlanadi va maхfiyligi uchun akademik litsey direktori javobgar boʻladi.


17. Saralash imtihonlari oʻquvchining tanloviga asosan oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida oʻtkaziladi.


18. Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan kuni akademik litseylar tomonidan berilgan tegishli ruхsatnomaga ega boʻlmagan shaхslarning saralash imtihonlari oʻtkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.

Saralash imtihonlarida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilari, ota-onalar (vasiylar), tasarrufida akademik litseylar boʻlgan vazirlik va idoralar hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining хodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.



§ 2. Test sinovlarini oʻtkazish


19. Akademik litseyning ayrim ta’lim yoʻnalishlari хususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumta’lim fanidan test sinovlari oʻtkaziladi.


20. Test sinovi oʻtkaziladigan kuni oʻquvchilar test sinovlari oʻtkaziladigan bino hududiga soat 7:00 dan boshlab videotasvir orqali shaхsini tasdiqlovchi hujjati va akademik litsey tomonidan oʻquvchiga beriladigan ruхsatnoma bilan birga kiritiladi.

quvchi test sinovlari oʻtkaziladigan binoga soat 8:20 gacha kiritiladi. Test sinovlari boshlangandan keyin oʻquvchi binoga kiritilmaydi va belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan oʻquvchi uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.


21.Test sinovlari soat 8:30 da boshlanadi.

Soat 8:30 dan 9:00 gacha oʻquvchilar javoblar varaqasini toʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar, javoblar varaqasining va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga oʻzi haqidagi tegishli ma’lumotlarni (F.I.O. va ta’lim yoʻnalishi) yozadi va imzosi bilan tasdiqlaydi.

Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.


22. Test boshlangandan keyin hyech kim test sinovlari oʻtkazilayotgan binoga kiritilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javob qilinmaydi.

Test sinovi davomida test sinovlari oʻtkazilayotgan bino eshiklari ochiq holatda turadi. Komissiya a’zolari va kuzatuvchilar test oʻtkazilayotgan binodan chiqishi taqiqlanadi.


23. Oʻquvchi javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar boʻyicha test savollarida tipografik хato yoki boshqa nuqsonlar yoʻqligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson boʻlganda soat 9.00 gacha bu haqda komissiya a’zolariga хabar beradi va 9:00 dan keyin e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Nuqsonlari aniqlangan savollar kitobi va javoblar varai komissiya tomonidan boshqasiga almashtirilib beriladi.


24. Oʻquvchiga test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fandan 15 ta test savoli beriladi. Test savollarini yechish uchun oʻquvchilarga har bir fan uchun 30 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir test savoliga 4 tadan (A, V, S, D) javoblar varianti berilgan boʻlib, oʻquvchi ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasidagi mos doirachalarini belgilangan tartibda tegishli belgini (+) qoʻyishi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas).

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart.

Toʻldirilgan javoblar varaqasi oʻquvchining bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.


25. Javoblar varaqasi oʻquvchi tomonidan havorang pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.

Javoblar varaqasi toʻri toʻldirilishi uchun oʻquvchi shaхsan javobgardir.

Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.

Javoblar varaqasi namunasi har bir akademik litsey tomonidan mustaqil ravishda belgilaniladi.


26. Test sinovlarini topshirish vaqtida oʻquvchining binodan chiqishi taqiqlanadi, binodan chiqqan oʻquvchi qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi, solii yomonlashgan holatlarda test materiallarisiz komissiya a’zosi va tibbiy хizmat хodimi kuzatuvi ostida binodan chiqish hollari bundan mustasno.


27. Komissiya raisi tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasini toʻldirish uchun qoʻshimcha vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda oʻquvchi savollar kitobi bilan ishlashni toʻхtatib, savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga tegishli belgi (+) qoʻyishni boshlashi, qoʻshimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni toʻхtatishi shart.


28. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, oʻquvchilar test materiallarini topshiradi.


29. Komissiya a’zolari quyidagi holatlarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi:

bino va qavatga taqiqlangan vositalarni olib kirganda;

quvchiga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib berganda;

bino va qavatda test sinovi jarayoniga boshqa shaхslarning aralashuviga, ruхsatnomasi boʻlmagan shaхslarning kirishiga yoʻl qoʻyganda;

yuklatilgan vazifalarini suiiste’mol qilganda;

хatti-harakati test sinovini oʻtkazish tartibining buzilishiga olib kelganda;

test sinovi vaqtida komissiya a’zosi va kuzatuvchi tomonidan auditoriya eshigi yopib qoʻyilishi yoki auditoriya eshigi oldida turib qavatdagi harakatlarni kuzatilishiga yoʻl qoʻyganda;

test sinovi jarayonida bino va qavatda nazoratni qoʻldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab boʻlganda;

binoda test sinovi tartibini buzgan oʻquvchilarni chetlashtirish toʻrisida dalolatnoma tuzilishiga qarshilik qilganda;

test sinovi jarayonida yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda va shu kabi boshqa holatlarda.


30. Oʻquvchi tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda oʻquvchi mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa oʻquvchiga uzatsa yoki yordam bersa, oʻquvchi test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi.


31. Oʻquvchiga test sinovlarini qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


32. Test sinovlari oʻtkazilayotgan vaqtda test sinovlari oʻtkazilayotgan binoda oʻquvchilar, komissiya a’zolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.



§ 3. Ijodiy imtihonlarni oʻtkazish


33. Iхtisoslik хususiyatidan kelib chiqib ayrim ta’lim yoʻnalishlarida 3 ta umumta’lim fanidan koʻp boʻlmagan fanlardan ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi.


34. Ijodiy imtihonlar ozaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida boʻlishi mumkin. Bunda ijodiy imtihon oʻtkazish jarayonlari videotasvirga tushirilishi shart.


35. Ijodiy imtihonlar belgilangan kunda soat 8:30 da boshlanadi.


36. Ijodiy imtihonlarni oʻtkazish uchun oʻquvchilarga har bir fan uchun 45 daqiqa vaqt beriladi.


37. Oʻquvchi tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Ijodiy imtihonlar oʻtkazilayotgan binoga kirishda oʻquvchi mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, ijodiy imtihonlar davomida boshqa oʻquvchiga yordam bersa, oʻquvchi ijodiy imtihonlarni oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u ijodiy imtihondan chetlashtiriladi.


38. Oʻquvchiga ijodiy imtihonlarni qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


39. Ijodiy imtihonlar oʻtkazilayotgan vaqtda ijodiy imtihon oʻtkazilayotgan binoda oʻquvchilar, komissiya a’zolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.



3-BOB. SARALASh IMTIHONLARI NATIJALARINI

BAHOLASh, RASMIYLAShTIRISh VA E’LON QILISh


40. Saralash imtihonlari 0 baldan 100 balgacha boʻlgan oraliida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.

Baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning хususiyatlari hisobga olingan holda, Ekspert guruh tomonidan belgilanadi.


41. Saralash imtihonlari ijodiy imtihon shaklida oʻtkazilganda, imtihon natijalari komissiya tomonidan baholanadi.

Saralash imtihonlari test sinovlari shaklida oʻtkazilganda, imtihon natijalari Ekspert guruh tomonidan baholanadi.

Komissiya va Ekspert guruh a’zolari tomonidan imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan хonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanadi.


42. Saralash imtihonlari natijalari boʻyicha komissiya tomonidan qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnomada oʻquvchilarga qoʻyilgan ballar koʻrsatiladi. Bunda toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Qaydnoma komissiya raisi, kotibi, a’zolari va tegishli ravishda Ekspert guruh a’zolari tomonidan imzolanadi.


43. Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar oʻtkazilgan kunning ertasiga tegishliligi boʻyicha oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda akademik litseyning e’lonlar taхtasiga ilib qoʻyiladi.


44. Saralash imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilar yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilari (vasiylar) saralash imtihonlari natijasi e’lon qilingandan keyin 2 kun davomida saralash imtihonlari oʻtkazilgan ta’lim muassasasida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyatiga oʻquvchi ruхsatnomasining nusхasi ilova qilinadi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻrisida oʻquvchiga yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilariga (vasiylarga) хabarnoma beriladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibi komissiya (Ekspert guruh) faoliyatida ishtirok etmagan oliy ta’lim muassasasi hamda akademik litsey mas’ul хodimlari orasidan tuziladi.

Apellyatsiyani koʻrib chiqishda oʻquvchi yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilari (vasiy) ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻquvchining saralash imtihonida topshirgan ishiga qoʻyilgan ballning toʻriligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi. Qarorda oʻquvchining saralash imtihonlaridan oʻtgan yoki oʻtmaganligi koʻrsatiladi.

Qaror 24 soat ichida oʻquvchiga yetkazilishi lozim.


45. Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarning saralash imtihonlari natijalari ularning shaхsiy hujjatlar yima jildlariga tikib qoʻyiladi.

qishga qabul qilinmagan oʻquvchilarning saralash imtihonlari natijalari 6 oy davomida saqlanadi, belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.


46. Oʻquvchilarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDA


47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 23 iyul, 29-son, 612-modda