Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 11.12.2017 y. 236-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 21.12.2017 y. 2879-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.12.2017 y.

N 2879-3




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

11.12.2017 y.

N 236


QARORI



Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi

tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi nizomning ilovasiga

qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi QAROR QILADI:


1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017 yil 14 martdagi 1-son qarori (roʻyхat raqami 2879, 2017 yil 6 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 19-son, 348-modda) bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning ilovasi quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatilganda.".


2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri,

Respublika kengashi raisi                                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 22 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 25 dekabr, 51-son, 1250-modda