Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 11.12.2017 y. 235-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 21.12.2017 y. 2878-3-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
21.12.2017 y.
N 2878-3
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR
FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI
RESPUBLIKA KENGAShINING
11.12.2017 y.
N 235
QARORI
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik
yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi
tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga oʻzgartirish
va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi QAROR QILADI:
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017 yil 14 martdagi 1-son qarori (roʻyхat raqami 2878, 2017 yil 6 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 19-son, 347-modda) bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasida:
quyidagi mazmundagi oʻttiz birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatilganda.";
oʻttiz birinchi хatboshi oʻttiz ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri,
Respublika kengashi raisi A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2017 yil 22 dekabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 25 dekabr, 51-son, 1249-modda