Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 y. 595-son "Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati boʻyicha ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.07.2018 y.

N 595




OILAVIY NODAVLAT MAKTABGAChA

TA’LIM TAShKILOTLARI HAMDA OILAVIY

NODAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARI

FAOLIYaTI BOʻYIChA RUXSATNOMA BERISh

TARTIBI TOʻRISIDA NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi nizomga muvofiq:

davlat-хususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun litsenziya olish talab etilmaydi;

50 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va metodik jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi хususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida, ular bilan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 30 iyuldagi

595-son qaroriga

3-ILOVA



Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil

etmasdan shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat

turlari roʻyхatiga kiritilayotgan qoʻshimcha


Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatining IV boʻlimiga quyidagi mazmundagi 55-1-band qoʻshilsin:

"

55-1

davlat-хususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati

      

".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust