Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.07.2018 y. 588-son "Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.07.2018 y.

N 588




ALOHIDA IQTIDOR TALAB

ETILADIGAN BAKALAVRIAT TA’LIM

YOʻNALIShLARIGA KIRISh TEST SINOVLARISIZ,

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR ORQALI

QABUL QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tizimini takomillashtirish, abituriyentdan ijodkorlik va individual mahorat talab etiladigan sohalardagi ta’lim yoʻnalishlariga qabulni adolatli, хolis va shaffof oʻtkazish orqali puхta bilimga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarning oʻqishga qabul qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust