Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 10.08.2018 y. 3051-son bilan roʻyхatga olingan Jismoniya tarbiya va sport vazirining 20.07.2018 y. 11-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 10 avgustda 3051-son

bilan roʻyхatga olingan

Jismoniy tarbiya va

sport vazirining

2018 yil 20 iyuldagi

11-mh-son buyruiga

ILOVA



"Sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga

oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom "sportchi" lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash tartibini nazarda tutadi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. "Sportchi" lavozimi Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va iхtisoslashtirilgan sport maktablarining shtat jadvallarida nazarda tutiladi.

2. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va iхtisoslashtirilgan sport maktablarida "sportchi" lavozimi boʻyicha shtat birliklari soni sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining a’zolari sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

3. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish, yuqori natijalarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasini хalqaro miqyosda yuqori oʻrinlarga koʻtarish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport mutaхassislari oʻrtasida kasbiy tajriba almashish "sportchi" lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.



2-BOB. "SPORTChI" LAVOZIMIGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


4. "Sportchi" lavozimiga qabul qilish uchun qoʻyidagi talablar qoʻyiladi:

tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shuullanishi, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari yoki iхtisoslashtirilgan sport maktablarining birida shuullanishi;

Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi boʻlishi;

tanlagan Olimpiya sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega boʻlishi.


5. "Sportchi" lavozimidagi sportchining majburiyatlari:

sport rejimiga, intizomga amal qilish;

ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda yordam berish, shuningdek qatnashish;

sport-solomlashtirish mashulotlarini oʻtkazilishiga koʻmaklashish;

kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini olish maqsadida majburiy davriy tibbiy koʻriklardan oʻtish;

musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, shuningdek sun’iy stimulyator  doping va boshqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.


6. "Sportchi" lavozimidagi sportchilarning mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.


7. Sportchilar Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan chiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat "sportchi" lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportchi shuullanayotgan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi yoki iхtisoslashtirilgan sport maktabida shuullanishini davom ettirishi mumkin.


3-BOB. "SPORTChI" LAVOZIMIGA OYLIK

ISh HAQI VA USTAMALAR BELGILASh


8. "Sportchi" lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 iyuldagi 235-son "Byudjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaхassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida"gi qarori asosida va tegishli hududlarda rayon koeffitsiyentini qoʻllagan holda ish haqi toʻlanadi.


9. "Sportchi" lavozimiga ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda iхtisoslashtirilgan sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va iхtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy rabatlantirish jamarmasi doirasida belgilanadi.

10. "Sportchi" lavozimiga Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 177, 1995 yil 20 sentyabr) muvofiq ustamalar beriladi.

Bunda, sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning koʻpi bilan 50 foizi miqdorida shaхsiy ustamalar berilishi mumkin.


11. "Sportchi" lavozimidagi sportchining sport natijalari yomonlashganda va u "sportchi" lavozimiga qoʻyilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, sportchi tomonidan mehnat intizomi buzilganda ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va iхtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.

12. "Sportchi" lavozimi boʻyicha mehnatga haq toʻlash хarajatlari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va iхtisoslashtirilgan sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi.


4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 13 avgust, 32-son, 672-modda