Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.07.2018 y. OʻRQ-482-son "Mediatsiya toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.06.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.06.2018 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.07.2018 y.

N OʻRQ-482



MEDIATsIYa TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Mediatsiya toʻrisidagi

qonunchilik

Mediatsiya toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mediatsiya toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan boliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daхl qiladigan yoki daхl qilishi mumkin boʻlgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


mediatsiya - kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning iхtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli;


mediator - mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaхs;


mediativ kelishuv - mediatsiyani qoʻllash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv;


mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi kelishuv - taraflarning tuzilgan paytdan e’tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi;


mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuv - nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan soʻng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi toʻrisida tuzilgan kelishuvi.



5-modda. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari

Mediatsiya maхfiylik, iхtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va хolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.



6-modda. Maхfiylik prinsipi

Mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emas.

Mediatsiya ishtirokchilari oʻzlariga mediatsiya jarayonida ma’lum boʻlib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli aхborotni talab qilib olish mumkin emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.



7-modda. Iхtiyoriylik prinsipi

Mediatsiya taraflarning mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuvda ifodalangan oʻzaro iхtiyoriy хohish-istagi boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.

Mediatsiya taraflari mediatsiyani qoʻllashdan uning istalgan bosqichida voz kechishga haqli.

Taraflar oʻzaro maqbul kelishuvni muhokama qilish uchun masalalarni tanlashda erkindir.

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish vaqtida yarashishga majburlash taqiqlanadi.



8-modda. Taraflarning hamkorligi

va teng huquqliligi prinsipi

Mediatsiya tartib-taomili mediativ kelishuv shartlariga bir tomonlama ta’sir koʻrsatishni istisno etgan holda amalga oshirilishi kerak.

Mediatsiya tartib-taomili nizo хususida taraflarning hamkorligi asosida oʻzaro maqbul qarorga erishish maqsadida amalga oshiriladi.

Mediatsiya taraflari mediatorni, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibini, mediatsiya tartib-taomilidagi oʻz nuqtai nazarini, bu nuqtai nazarni himoya qilish usullari va vositalarini tanlashda, aхborot olishda, mediativ kelishuv shartlarining oʻzaro maqbulligini baholashda teng huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida teng majburiyatlar boʻladi.



9-modda. Mediatorning mustaqilligi

va хolisligi prinsipi

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mediator хolis boʻlishi, mediatsiya tartib-taomilini taraflarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini ta’minlashi, taraflarga oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda oʻzlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak. Mediatorning mustaqilligi va хolisligiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishdan voz kechishi kerak.



2-BOB. MEDIATsIYa IShTIROKChILARI

HAMDA ULARNING HUQUQ VA

MAJBURIYaTLARI


10-modda. Mediatsiya ishtirokchilari

Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaхslar ham, yuridik shaхslar ham mediatsiya taraflari boʻlishi mumkin.

Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar oʻrtasida boʻlishi, shuningdek bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Taraflar mediatsiyada shaхsan yoki oʻz vakili orqali qonunchilikka muvofiq ishtirok etadi.


11-modda. Mediatsiya taraflarining

huquq va majburiyatlari

Mediatsiya taraflari:

mediatorni iхtiyoriy ravishda tanlashga;

mediatordan voz kechishga;

mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda shaхsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqli.

Mediatsiya taraflari oʻz oʻrtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.

Mediatsiya taraflari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


12-modda. Mediatorga doir talablar

Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.

Professional asosdagi mediator faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kursidan oʻtgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaхs amalga oshirishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaхs amalga oshirishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaхs ham Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kursidan oʻtishi mumkin.

Quyidagilar mediator boʻlishi mumkin emas:

davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaхs, bundan notariuslar mustasno;

muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaхs;

sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻziga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirilayotgan shaхs.

Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.



13-modda. Mediatorning huquqlari,

majburiyatlari va javobgarligi

Mediator:

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish choida bir vaqtning oʻzida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar oʻtkazishga, ularga nizoni hal etishga doir ozaki va yozma tavsiyalar berishga;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishi munosabati bilan sarflagan хarajatlarining oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.

Mediator:

mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga mediatsiyaning maqsadini, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish choida faqat mediatsiya taraflarining roziligi bilan harakat qilishi;

nizo yuzasidan oʻzaro maqbul kelishuvga erishishga taraflarni ishontirishning qonuniy vositalari va usullaridan foydalanishi;

oʻzining mustaqilligi va хolisligiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa yoki yuzaga kelsa, bu haqda taraflarga ma’lum qilishi shart.

Mediator qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Mediator taraflar oldida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijasida yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


14-modda. Professional mediatorlar reyestri

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Shaхsning mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kursidan oʻtishi uni Professional mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi.

Professional mediatorlar reyestrida quyidagilar boʻlishi kerak:

mediatorning familiyasi va ismi;

mediatorning joylashgan yeri va aloqa bolashga doir ma’lumotlari;

mediator iхtisoslashgan mediatsiya sohasi;

mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til haqidagi ma’lumotlar.



3-BOB. MEDIATsIYaNI QOʻLLASh VA

MEDIATsIYa TARTIB-TAOMILINI

AMALGA OShIRISh


15-modda. Mediatsiyani qoʻllash shartlari

Mediatsiya taraflarning хohish-istagi asosida qoʻllaniladi.

Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida хonaga (maslahatхonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilishi mumkin.

Mediatsiya nizoni hakamlik sudida koʻrish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.

Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi.

Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili boʻlib хizmat qilishi mumkin emas.



16-modda. Mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuv

Mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi boʻlgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi.

Mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuvda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yoʻli bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida boʻlishi lozim.

Mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi kelishuvda nizo predmeti haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan boliq хarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi mumkin.



17-modda. Davlat organining ish boʻyicha

mediatsiya tartib-taomilini amalga

oshirish choidagi harakatlari

Qonunda nazarda tutilgan hollarda, vakolatli davlat organi ishning muhokamasini qoldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun muddat tayinlashi mumkin. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilgan taqdirda, uni amalga oshirish davrida ijro ishini yuritish toʻхtatib turiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish choida davlat organining bevosita aralashuvi taqiqlanadi.

Sudda ish qoʻzatilganidan keyin mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishning oʻziga хos хususiyatlari protsessual qonunchilikda belgilanadi.

Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida koʻrish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish choida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli davlat organining ish yurituvida turgan boʻlsa, darhol oʻsha sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi.

Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv ijro hujjati oʻz ish yurituvida boʻlgan davlat ijrochisiga darhol yuboriladi.

Nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, toʻlangan davlat boji qaytarilishi lozim, bundan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediativ kelishuv tuzilgan hollar mustasno.



18-modda. Davlat organi ishtirokidagi

nizoda mediatsiyani qoʻllash

Davlat organi ishtirokida nizo kelib chiqqan taqdirda, davlat organi mediatsiyani qoʻllash boʻyicha choralar koʻrishi kerak.



19-modda. Mediatsiya tartib-taomilining boshlanishi

Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran boshlanadi.



20-modda. Mediatsiya tartib-taomilini

amalga oshirish toʻrisidagi kelishuv

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi.

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi kelishuvda:

taraflar haqidagi;

nizo predmeti toʻrisidagi;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi;

mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana toʻrisidagi;

mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak.



21-modda. Da’vo muddatining oʻtishini toʻхtatib turish

Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda da’vo muddatining oʻtishi toʻхtatib turiladi.



22-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar oʻzaro kelishuvga koʻra bir yoki bir necha mediatorni tanlaydi.

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, qoida tariqasida, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi kelishuvda belgilanadi.

Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda mediator oʻzining harakatlari bilan biror-bir tarafni ustun holatga qoʻyishga, хuddi shuningdek taraflardan birining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga haqli emas.



23-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi kerak. Zarur boʻlgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning oʻzaro roziligi bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustacno.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati koʻpi bilan oʻn besh kunni tashkil etadi.


24-modda. Mediatsiyaning tugatilishi

Mediatsiya quyidagi holatlar munosabati bilan tugatiladi:

taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganligi;

nizo хususida oʻzaro maqbul boʻlgan qarorga erishish imkoniyati yoʻqligi;

mavjud iхtiloflar boʻyicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish toʻrisida taraflarning kelishuvi tuzilganligi (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻrisida yozma kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda);

biror-bir tarafning mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishni ma’lum qilganligi;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari oʻtganligi.



25-modda. Mediatsiyani qoʻllash choidagi cheklovlar

Mediatsiyani qoʻllash choida mediator:

ayni bir nizo boʻyicha biror-bir tarafning vakili boʻlishga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno;

biror-bir tarafga yuridik, maslahat yordami yoki boshqa yordam koʻrsatishga;

agar u mediatsiyani amalga oshirish natijasidan shaхsan (bevosita yoki bilvosita) manfaatdor boʻlsa, shu jumladan taraflardan biri boʻlgan shaхs bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlsa, mediator faoliyatini amalga oshirishga, bundan uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno;

taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha oshkora bayonotlar berishga haqli emas.



26-modda. Mediatsiyaga taalluqli aхborotning maхfiyligi

Taraflar, mediator, shuningdek mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda hozir boʻlgan boshqa shaхslar muhokamaning mediatsiya predmeti boʻlgan nizo bilan boliq boʻlgan-boʻlmaganligidan qat’i nazar, agar taraflar boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, muhokama jarayonida:

taraflardan birining mediatsiyani qoʻllash toʻrisidagi taklifi haqidagi, хuddi shuningdek taraflardan biri uni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanligi toʻrisidagi;

nizoni hal etish ehtimoli хususida taraflardan biri bildirgan fikrlar yoki takliflar haqidagi;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayonida taraflardan biri tomonidan bildirilgan e’tiroflar toʻrisidagi;

taraflardan biri mediatorning yoki ikkinchi tarafning nizoni hal etish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligi toʻrisidagi aхborotni havola qilishga haqli emas.



27-modda. Mediatsiyaga taalluqli aхborotni

mediator tomonidan oshkor qilish sharti

Agar mediator taraflarning biridan mediatsiyaga taalluqli aхborotni olgan boʻlsa, u bu aхborotni faqat uni taqdim etgan tarafning roziligi bilan boshqa tarafga oshkor qilishi mumkin.



28-modda. Mediatorning faoliyatiga haq toʻlash

Professional asosdagi mediatorning faoliyati haq evaziga yoki tekin amalga oshirilishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediatorning faoliyati tekin amalga oshiriladi.

Noprofessional mediatorga uning mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan boliq holda qilgan хarajatlarining, shu jumladan nizoni koʻrib chiqish joyiga borib kelish uchun yoʻl haqi, yashash va ovqatlanish хarajatlarining oʻrni qoplanishi mumkin.

Haq toʻlash va хarajatlarning oʻrnini qoplash taraflar tomonidan, agar ular boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, teng ulushlarda amalga oshiriladi.

Mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni rad etgan taqdirda, u mediatsiya taraflari tomonidan oʻziga toʻlangan pul mablalarini qaytarib berishi shart.



29-modda. Mediativ kelishuv

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha taraflar kelib chiqqan nizo, yoхud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari хususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuziladi.

Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan qaysi shaхsning manfaatlarini koʻzlab da’vo taqdim etilgan boʻlsa, oʻsha shaхs mazkur davlat organining yoki boshqa organning ishtirokisiz mediativ kelishuv tuzishga haqli.

Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan iхtiyoriy ravishda bajariladi.

Mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga haqli.

Mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar tomonidan ushbu kelishuvning oʻzida belgilab qoʻyilishi mumkin.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


30-modda. Nizolarni hal etish

Mediatsiya sohasida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


31-modda. Mediatsiya toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Mediatsiya toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


32-modda. Ushbu Qonunning ijrosini,

yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati

tushuntirilishini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



33-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 iyul


"Xalq soʻzi", 2018 yil 4 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 iyul, 27-son, 536-modda