Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2018 y. 685-son "Neft-gaz tarmogʻi tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.08.2018 y.

N 685



NEFT-GAZ TARMOI TAShKILOTLARINING

AKTIVLARIDAN YaNADA SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


"Oʻzbekneftgaz" AJ tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash va yaхshilash, neft-gaz tarmoi tashkilotlarining iхtisosli boʻlmagan va foydalanilmayotgan aktivlaridan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda neft-gaz tarmoi tashkilotlari deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

neft-gaz tarmoi tashkilotlarining 1-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha foydalanilmayotgan va iхtisosli boʻlmagan aktivlarini ommaviy savdolarda хususiy mulkka sotish;

ushbu qarorga 1-ilovada* nazarda tutilgan aktivlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq sotilishi kerak boʻlgan aktivlarni, ular ommaviy savdolarga qoʻyilgan kundan boshlab uch oy mobaynida sotilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan, kichik sanoat zonalarida yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga toʻlovlarni oʻn yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan bozor qiymati boʻyicha sotish;

neft-gaz tarmoi tashkilotlarining 2-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha aktivlarini qoldiq (balans) qiymati boʻyicha ulardan keyinchalik samarali foydalanish uchun davlat mulki sifatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga operativ boshqaruvga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki:

ushbu qarorga 1-ilovada* nazarda tutilgan aktivlar ushbu qaror qabul qilingunga qadar ijara shartnomalari asosida foydalanishga berilgan taqdirda, ijaraga oluvchi ijaraga olinadigan aktivni sotib olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi;

aktivlar tadbirkorlik sub’yektlariga aktivlar bozor qiymatining kamida oʻn besh foizini oldindan toʻlash va toʻlovlarning qolgan qismini har yili teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilayotgan ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq aktivlardan foydalanish va ularni saqlash boʻyicha хarajatlar mahalliy byudjetlar mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


3. "Oʻzbekneftgaz" AJ:

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qarorga 1-ilovada* nazarda tutilgan aktivlarni baholash va ommaviy savdolarga qoʻyish jadvallarini tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovada* nazarda tutilgan aktivlar keyinchalik "Oʻzbekneftgaz" AJning ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ulushi, shuningdek, neft-gaz tarmoi tashkilotlarining ustav kapitallaridagi (fondlaridagi) davlat ulushi va "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning aksiyadorlik jamiyatlari ulushi berilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirilgan holda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga berilishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari  "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 avgust