Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaхassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 20.08.2018 y. 3058-son bilan roʻyхatga olingan, 27.07.2018 y. Xalq ta’limi vazirligining 9-mh-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 19-q/q-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 20 avgustda 3058-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi va

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligining

2018 yil 27 iyuldagi

9-mh, 19-q/q-sonli qaroriga

ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining pedagogik

mutaхassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish

rejasini shakllantirish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaхassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini (bundan buyon matnda ish reja deb yuritiladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ish reja umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog хodimining yillik ish yuklamasidan (tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlaridan) iborat.


2. Pedagog хodimlar uchun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik ish yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oshiriladi.


3. Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagog хodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilanadi:

1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;

5-11-sinflarda haftasiga 20 soat.



2-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM

MUASSASALARI PEDAGOG XODIMLARINING

ISh YuKLAMALARINI HISOBLAB ChIQARISh


4. Ish rejani shakllantirish uchun umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog хodimining yillik ish yuklamasi hisoblab chiqariladi.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog хodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, ya’ni:


18х1=18+18=36х4,3(hafta)=154,8х43 (hafta)=1548 soat;


5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, ya’ni:


20х0,8=16+20=36х4,3(hafta)=154,8х43 (hafta)=1548 soat.


5. Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog хodimining yillik ish yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida quyidagi qismlardan iborat holda amalga oshiriladi:

quv-tarbiya jarayoni;

quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.


6. Oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirish orqali, ya’ni 18х34=612 soat;

5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirish orqali, ya’ni 20х34=680 soat.


7. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, ya’ni 1548-612=936 soat;

5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan oʻquv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, ya’ni 1548-680=868 soat.



3-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM

MUASSASALARINING PEDAGOGIK

MUTAXASSISLIKLARI BOʻYIChA NAMUNAVIY

YILLIK ISh REJASINI ShAKLLANTIRISh


8. Ish reja ikki yoʻnalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat tarzda shakllantiriladi:

quv-tarbiya jarayoniga oid;

quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.


9. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja umumiy oʻrta ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga koʻra pedagog хodimlarga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.


10. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja asosida pedagog хodim tomonidan oʻquv yili boshlanishidan oldin taqvim-mavzuiy reja tuziladi. Dars mashulotlari taqvim-mavzuiy rejaga asosan olib boriladi.


11. Oʻquv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish rejaning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan umumiy oʻrta ta’lim muassasasi direktori va uning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari nazoratni amalga oshiradi.


12. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy oʻrta ta’lim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini oshirish, oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan boliq dars mashulotlaridan tashqari tadbirlarni oʻz ichiga oladi va ushbu tadbirlar muassasaning har yillik hamda istiqbol rejasida koʻzda tutiladi.


13. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog хodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida mashulotlar olib borishi hamda pedagog хodimning oʻz ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.


14. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog хodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt boʻyicha hisobi yuritilmaydi.


15. Umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari pedagog хodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

sinf jurnali (bosma yoki elektron).


4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR

18. Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 27 avgust, 34-son, 701-modda