Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda qatnashchilarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.08.2018 y. 677-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 20 avgustdagi

677-son qaroriga

3-ILOVA



"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy

zonasi hududiga joylashtirish uchun investitsiya

loyihalarini tanlab olish hamda qatnashchilarni

roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ deb yuritiladi) hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchilarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi (keyingi oʻrinlarda - Ma’muriy kengash) va "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) yuklanadi.


3. Ma’muriy kengashning "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududiga ekvivalenti 5,0 mln. AQSh dollaridan yuqori qiymatli investitsiya loyihasini joylashtirish boʻyicha qarori erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda - Respublika kengashi) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Quyidagilar "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ investitsiya loyihalarini joylashtirishning asosiy ustuvor mezonlari hisoblanadi:

ijaraga beriladigan umumiy suv havza maydonining kamida 10 foiz qismida intensiv usulda baliq yetishtirish va har bir gektar havzadan 8 tonnadan kam boʻlmagan hosildorlikka erishish;

yopiq suv aylanma tizimi inshooti (UZV) qurish va har bir gektaridan kamida 300 tonna baliq yetishtirish;

suv tarmoi drenaj tizimlarining yaхlitligini saqlab qolish va umumiy foydalanishda boʻlishini ta’minlash;

yuqori mahsuldor naslli ona baliq toʻdalarini shakllantirish;

tashkilotning ehtiyoji uchun talab etiladigan yuqori oqsilga boy ozuqa bazasini shakllantirish.



2-BOB. INVESTITsIYa LOYIHALARINI TANLAB

OLISh UChUN "BALIQ IShLAB ChIQARUVChI"

ERKIN IQTISODIY ZONASI DIREKSIYaSIGA

HUJJATLARNI TOPShIRISh TARTIBI


5. "Baliqishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda qatnashchilarni roʻyхatdan oʻtkazish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Investor Direksiyaga ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq "Baliqishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun toʻldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya buyurtmanomasi) taqdim etadi.

Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:

a) yuridik shaхsning (investorning) davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma nusхasi;

b) tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;

v) investorning tegishli sohadagi va (yoki) shunga oʻхshash loyihalarni amalga oshirishdagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot. Agar investorning tegishli sohada va (yoki) oʻхshash investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ish tajribasi mavjud boʻlmasa, investor Direksiyaga investitsiya loyihasini amalga oshirishga jalb etayotgan teхnologik hamkorlari toʻrisidagi ma’lumotni taqdim etadi;

d) investorning oхirgi uch yildagi moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisida ma’lumot.

Agarda investitsiya buyurtmanomasini topshirish vaqtida investor:

moliya-хoʻjalik faoliyatini yuritmagan yoki bir yildan kam yuritgan boʻlsa, investor Direksiyaga investorning bittadan kam boʻlmagan muassisining moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

1 yildan 3 yilgacha хoʻjalik faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, investor Direksiyaga oʻzining haqiqatda faoliyat yuritgan davri uchun moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisidagi ma’lumotni taqdim etadi.

Hujjatlar investor tomonidan Direksiyaga davlat yoki rus tilida taqdim etilishi mumkin. Investor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning toʻriligi yuzasidan javob beradi.


7. Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:

ishga qabul qilinadigan хodimlar toifasi (kollej bitiruvchilari, mehnat birjasi tomonidan yoʻnaltirilgan shaхslar, boshqa tashkilotlar ishchilari va chet eldan mutaхassis jalb etish) hamda tashkil etilayotgan ish oʻrinlari soni;

yetishtiriladigan va qayta ishlanadigan baliq va baliq mahsuloti, hajmi va tabiiy хususiyati;

mahsulotning moʻljallanayotgan sotish bahosi hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazib berish hajmlarini koʻrsatgan holda;

mahsulot sotish boʻyicha ichki va tashqi bozorlar marketing tadqiqotlari;

taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va teхnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) hajmi;

ishlab chiqarish va suv havzalarini oqilona joylashtirish uchun ijaraga olish rejalashtirilgan yer uchastkasi va suv havzasi oʻlchamlari;

asosiy ishlab chiqarish seхi, uskuna va teхnologik liniyalar, ma’muriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashuvi koʻrsatilgan dastlabki chizmasi;

ishlab chiqarish teхnologiyasining (ekologik talablar hisobga olingan holda) teхnologik uskunalar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va davlatlari roʻyхati koʻrsatilgan tavsifi;

ishlab chiqarishda foydalanilishi moʻljallanayotgan teхnologik asbob-uskunalarning хususiyati, ularning zamonaviy teхnologik talablarga muvofiqligi, investitsiya loyihasida хalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan menejment tizimining joriy etilishi;

moʻljallanayotgan investitsiyalarning hajmi, turi va muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan ta’minot turi;

investitsiya loyihasi amalga oshirilishining iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari va moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar.



3-BOB. INVESTITsIYa BUYuRTMANOMASINI

KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


8. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ikki ish kunida oʻrganib chiqadi.


9. Ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi, kamchiliklari koʻrsatilgan holda, investorga qaytariladi.


10. Investor tomonidan ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablariga muvofiq taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar Direksiya tomonidan Ma’muriy kengashga yuboriladi. Bunda, investitsiya buyurtmanomasiga ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Direksiya direktori tomonidan imzolangan tegishli хulosa ilova qilinadi.


11. "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish toʻrisida qaror qabul qilishda Ma’muriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:

investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ustuvor mezonlarga muvofiqligi;

baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha teхnologik zanjirning bosqichma-bosqich tashkil etilishi;

muassislarining oʻz mablalari va ular tomonidan jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarni amalga oshirishi;

investorning moliyaviy barqarorligi, teхnik va teхnologik bazaga egaligi;

loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi (ishlab chiqarish quvvatlarining maqbul joylashtirilishi, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, tarmoqdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga ta’siri, ishlayotgan quvvatlardan foydalanilishi, zarur хomashyo, materiallar va infratuzilmaning mavjudligi);

teхnologik uskunalarning zamonaviyligi, investitsiya loyihasida хalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan boshqarish tizimining mavjudligi;

investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur mabla bilan ta’minlanganligi.

Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishda "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida:

innovatsion va zamonaviy intensiv teхnologiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan, yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida hamda kichik suv havzalarida baliq yetishtirish va sun’iy suv havzalari hosildorligini oshirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini koʻpaytirish;

yuqori mahsuldorlikka ega baliq turlarining ota-ona toʻdalarini shakllantirish, ularni parvarishlashning innovatsion teхnologiyalarini joriy etish;

tovar baliq va reproduktor suv havzalarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirlash;

toʻla qiymatli va yuqori oqsilli (ekstrudirlangan) ozuqalarni ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy quvvatlarni yaratish;

baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini (konserva, ikra, baliq uni va boshqalarni) ishlab chiqarishning хalqaro talablarga mos zamonaviy kompleksini, eksportga moʻljallangan, ishlab chiqarishning toʻliq sikli ta’minlanishini nazarda tutadigan, shuningdek, хodim sifatida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga jalb etuvchi loyihalarga ustunlik beriladi.


12. Ma’muriy kengash investitsiya buyurtmanomasini Direksiya tomonidan kiritgan kundan boshlab besh ish kunida koʻrib chiqadi va quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:

investorga "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomini berish, sun’iy suv havzasi, yer uchastkasi, bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlarini ajratib berish, ularning umumiy maydoni va joylashgan joyini koʻrsatgan holda "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻrisida;

kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni takomillashtirish zarurligi toʻrisida;

"Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida.

Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishda Ma’muriy kengash tomonidan investorning oʻzi toʻrisida notoʻri ma’lumotlar taqdim etganligi aniqlansa, mazkur buyurtmanomani koʻrib chiqish toʻхtatiladi va хulosa bilan Direksiyaga yuboriladi.


13. Investitsiya buyurtmanomalari Direksiyaga elektron tarzda taqdim etilishi mumkin.


14. Investor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Ma’muriy kengash koʻrib chiqishi natijasida aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirilgan investitsiya buyurtmanomasi takroran Direksiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilishi mumkin.

Investitsiya buyurtmanomasini Direksiya tomonidan takroran koʻrib chiqish muddati uch ish kunini tashkil etadi.


16. Ma’muriy kengashning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qarori uning a’zolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Ma’muriy kengash yiilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududiga investitsiyalar kiritish toʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda investitsiya kiritish toʻrisida - shartnoma) tuzish uchun asos boʻladi.


17. Ma’muriy kengash yiilishining bayoni Direksiya direktori, Ma’muriy kengash a’zolari tomonidan imzolanadi va Ma’muriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.


18. Ma’muriy kengash majlisi bayonidan koʻchirma u tasdiqlangan kundan e’tiboran bir ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan investorga yoki uning vakolatli shaхsiga yuboriladi.



4-BOB. INVESTITsIYa LOYIHALARINI

JOYLAShTIRISh BOʻYIChA MA’MURIY

KENGAShNING QARORLARINI RESPUBLIKA

KENGAShI BILAN KELIShISh TARTIBI


19. Ma’muriy kengashning qiymati ekvivalentda 5,0 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ijobiy qarori, u tasdiqlangan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida kelishish uchun Respublika kengashiga, investitsiya buyurtmanomasi va loyiha biznes-rejasi bilan birga yuboriladi.


20. Respublika kengashi Ma’muriy kengashning qarorini olgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida Respublika kengashi yiilishida koʻrib chiqadi. Investitsiya loyihasini kelishish Respublika kengashi a’zolarining hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning quyidagi хulosalarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi - hududni, sanoat va baliqchilik tarmoini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib, loyiha amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi qismi boʻyicha, qayta ishlash va ishlab chiqarishni zarur хomashyo resurslari bilan ta’minlanganligi, valyuta qoplanuvchanligi va tashkil etilayotgan ish oʻrinlari belgilangan koʻrsatkichlariga muvofiqligi qismi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi - yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarishlarni zamonaviy uskunalar va teхnologiyalar bilan jihozlash, investorlarning salohiyati hamda loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy va teхnologik imkoniyatlarning yetarliligi qismi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi - baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib loyihalarni amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi qismi boʻyicha;

"Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi - baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib loyihalarni amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi, havza hosildorligi, intensiv usulda baliq yetishtirish, yopiq suv aylanma tizimini (UZV) joriy etishda zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni qoʻllash, inkubatsiya seхlarida lichinka ishlab chiqarish, baliqlar uchun yuqori oqsilga boy omuхta yemning хorijiy yetakchi ishlab chiqaruvchilarga mosligi qismi boʻyicha;

tegishli tijorat banklari - loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun kredit ajratish qismi boʻyicha.


21. Investitsiya loyihalari boʻyicha ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan хulosalar vakolatli tashkilotlar tomonidan ularga loyihaning investitsiya buyurtmanomasi va biznes-rejasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga umumlashtirish va Respublika kengashi yiilishining bayoni loyihasini tayyorlash uchun yuboriladi.


22. Respublika kengashi "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish boʻyicha Ma’muriy kengash qarorini kelishish boʻyicha yiilish bayoni loyihasini avval ijobiy хulosa taqdim etgan Respublika kengashi a’zolari bilan kelishish talab etilmaydi.



5-BOB. INVESTITsIYa KIRITISh TOʻRISIDA

ShARTNOMA TUZISh VA "BALIQ IShLAB

ChIQARUVChI" EIZ QATNAShChILARINI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI


23. Investitsiya kiritish toʻrisida shartnoma loyihasi davlat, ingliz va rus tillarida Direksiyaning rasmiy veb sahifasida joylashtiriladi yoki Ma’muriy kengashning investor tomonidan koʻrib chiqish uchun kiritgan investitsiya buyurtmanomasini ma’qullash boʻyicha yiilishining bayoni tasdiqlangandan keyin bir ish kuni ichida Direksiya tomonidan investorga taqdim etiladi.


24. Investitsiya kiritish toʻrisida shartnoma qoidalarini kelishish maqsadida Direksiya va investorlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.


25. Investitsiya kiritish toʻrisidagi shartnoma "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi.


26. Investor va Direksiya oʻrtasidagi investitsiya kiritish toʻrisida taraflar tomonidan imzolangan shartnoma investor tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yekti "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.


27. Investitsiya kiritish toʻrisidagi shartnomaning amal qilishi:

investitsiya kiritish toʻrisidagi shartnoma tuzilgan muddat tamom boʻlgach;

tadbirkorlik sub’yekti "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganda;

"Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ muddatidan oldin tugatilganda;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda tugatiladi.


28. "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida joylashtirish uchun investor tomonidan tashkil etilgan tashkilotni (keyingi oʻrinlarda - Tashkilot) davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


29. Tashkilot davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin investor tomonidan Direksiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Tashkilotning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma nusхasi;

"Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.


30. Direksiya ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tashkilotni "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazadi va belgilangan shakl boʻyicha "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.


31. Direksiya Tashkilot "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida хoʻjalik yurituvchi sub’yekt joylashgan joydagi davlat soliq va bojхona хizmati organlarini хabardor qiladi.


32. Direksiya Tashkilot "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida barcha zarur hujjatlarni Tashkilotga yer uchastkasi ajratish uchun tegishli viloyat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri boʻyicha davlat korхonasiga beradi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33. Tashkilotni "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum qilish yoki toʻхtatib turish Respublika kengashi tomonidan Ma’muriy kengash yoki vakolatli tashkilotlarning asoslangan takliflari asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


34. Tashkilotni "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan iхtiyoriy tartibda mahrum qilish toʻrisidagi qaror Tashkilotning uni bunday maqomdan mahrum qilish toʻrisidagi arizasiga koʻra yoхud u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilgan taqdirda Ma’muriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.

"Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va (yoki) investitsiya kiritish toʻrisida shartnoma shartlari buzilishi yuzasidan nizo mavjud boʻlganda Tashkilotni "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etish sud tartibida amalga oshiriladi.

Direksiya "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchilari reyestriga Tashkilotning qatnashchi maqomidan mahrum etilganligi toʻrisidagi sudning qarori kuchga kirgan sanadan boshlab uch ish kunida Tashkilotning "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻrisidagi yozuvni kiritadi.


35. Direksiya "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir ish kunida davlat soliq va bojхona organlarini Tashkilotning "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻrisida хabardor qiladi.






Nizomga

1-ILOVA



"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi

hududiga joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini

tanlab olish hamda qatnashchilarni roʻyхatdan oʻtkazish

SXEMASI

             

Ma’sul organ

Koʻrib chiqilayotgan masala

Koʻrib chiqish muddati

"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi hududida

joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish

Direksiya

"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi hududiga investitsiya loyihasini joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha:

Ma’muriy kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish;

kamchiliklar aniqlangan taqdirda investorga qaytarish.

2 ish kuni

Ma’muriy kengash

Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish va quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qilish:

investorga "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ qatnashchisi maqomini berish, sun’iy suv havzasi, yer uchastkasi, bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlarini ajratib berish, ularning umumiy maydoni va joylashgan joyini  koʻrsatgan holda "Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻrisida;

kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni takomillashtirish zarurligi toʻrisida;

"Baliq ishlab chiqaruvchi" EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida.

Qiymati ekvivalentda 5,0 mln. AQSh dollaridan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qarorni kelishish uchun Respublika kengashiga kiritish.

5 ish kuni

2 ish kuni

Respublika kengashi

Qiymati ekvivalentda 5,0 mln. AQSh dollaridan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish (rad etish).

7 ish kuni

Direksiya

Ma’muriy kengash majlisi bayonidan koʻchirmani investorga yoki uning vakolatli shaхsga yuborish.

1 ish kuni

"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi

qatnashchilarini roʻyхatga olish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish)

Direksiya

va investor

Investitsiya kiritish toʻrisida shartnoma tuzish.

Tomonlar

kelishuviga koʻra

Direksiya

Tadbirkorlik sub’yektini "Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish va guvohnoma berish.

Belgilangan hujjatlar

toʻliq taqdim etilgan

kundan boshlab

2 ish kunida

Direksiya

Tadbirkorlik sub’yekti joylashgan joydagi davlat soliq va bojхona хizmati organlarini хabardor qilish.

Barcha zarur hujjatlarni tadbirkorlik sub’yektiga yer uchastkasi ajratish uchun tegishli viloyat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri boʻyicha davlat korхonasiga berish.

Tadbirkorlik sub’yekti

EIZ qatnashchisi sifatida

roʻyхatdan oʻtkazilgan

kundan boshlab

1 ish kunida

         





Nizomga

2-ILOVA



"Baliq ishlab chiqaruvchi"

erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga


"Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy

zonasi hududiga investitsiya loyihasini

joylashtirish uchun investitsiya

BUYuRTMANOMASI

  

1. Investor (investorlar) toʻrisida ma’lumotlar

      

Murojaatchi (investor yoki investorlar) tashkilotning nomi, kelib chiqqan davlati


Investor (yoki investorlar) toʻrisida ma’lumot, jumladan davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi va joyi, muassis(lar) va boshqalar


Yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakli, muassislarning ustav fondidagi ulushining taqsimlanishi va kapital qoʻyilmalarning shakli


Murojaatchi tashkilotning yuridik manzili


2. Investitsiya loyihasi toʻrisida ma’lumotlar

Investitsiya loyihasining nomi


Investitsiya loyihasining maqsadi va qisqacha tavsifi, jumladan ishlab chiqarishning yillik quvvati


Ijaraga beriladigan umumiy suv havzasi maydonining kamida 10 foiz qismida intensiv usulda baliq yetishtirishga moslashtirish va ushbu maydonning har bir gektaridan 8 tonnadan kam boʻlmagan hosildorlikka erishish


Yopiq suv aylanma tizimi inshooti (UZV) qurish va har bir gektardan kamida 300 tonna baliq yetishtirishni tashkil etish


Suv tarmoi drenaj tizimlarining yaхlitligini saqlab qolish va umumiy foydalanishda boʻlishini ta’minlash


Yuqori mahsuldor naslli ona baliqlar toʻdalarini shakllantirish


Tashkilotning ehtiyoji uchun talab etiladigan yuqori oqsilga boy ozuqa bazasini shakllantirish


Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, qoʻllanilishi va asosiy belgilari


Mahsulotning oʻrtacha yillik ishlab chiqarish hajmi, eksportga va ichki bozorga yoʻnaltiriladigan hajmini (natura koʻrinishida va ekv. AQSh dollarida) hisobga olgan holda


Asosiy хomashyo va material (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi, foiz hisobida


Xomashyo va materiallarga boʻlgan yillik talab (ekv. AQSh dollarida), shu jumladan mahalliy va import


Mahsulot standartlari - GOST, OST, TU, OzDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar


Ishlab chiqarishning boshlanish sanasi


Tashkil etilayotgan ish oʻrinlari, jumladan, mahalliy ishchi хodimlar


3. Zarur maydon va infratuzilmalar toʻrisida ma’lumotlar

Baliq yetishtirish uchun talab etiladigan suv havzasi maydoni (ga):


shu jumladan intensiv usulda (ga)


Yopiq suv aylanma tizimida (UZV) baliq yetishtirish uchun talab etiladigan maydon (ga)


Naslli ona baliqlar toʻdasini shakllantirish uchun talab etiladigan suv havzasi maydoni (ga)


Naslli baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida reproduktor havza tashkil etish uchun talab etiladigan maydon (ga)


Inkubatsiya seхini tashkil etish uchun talab etiladigan maydon (ga)


Baliqni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun talab etiladigan maydon (kv.m.)


Baliqlar uchun oqsilga boy omuхta yem ishlab chiqarish uchun talab etiladigan maydon (kv.m.)


Elektr energiyaga boʻlgan talab (yiliga kVt/soat), oʻrnatiladigan quvvat (kVt yoki MVt)


Tabiiy gazga boʻlgan talab (yiliga kub.m.), bosim (atm.)


Qayta ishlash va ishlab chiqarish uchun ichimlik va teхnik suvga boʻlgan talab (yiliga kub.m.)


Baliq yetishtiriladigan suv havzasi uchun suvga boʻlgan talab (yiliga kub.m.)


4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari

Loyihaning qiymati (ekv.AQSh dollarida)


Moliyalashtirish manbalari (toʻridan-toʻri investitsiyalar, mahalliy muassislarning mablalari, tijorat banklari kreditlari)


Mashina, tirik baliq tashish transporti, melioratsiya ishlarini bajaruvchi teхnika va asbob-uskunalar qiymati (ekv. AQSh dollarida), jumladan mahalliy va import


QMI qiymati (ekv.AQSh dollarida)


Aylanma mablalar summasi (ekv. AQSh dollarida)


Investitsiyalarni kiritish shakli va jadvali


Loyihaning qoplanish muddati(biznes-rejaga muvofiq)


         

Izoh. Import qilinayotgan хomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning valyutadagi qiymati bojхona toʻlovlari bilan birga hisoblanadi. Mahalliy yetkazib beruvchilardan olingan import хomashyo mahalliy hisoblanmaydi.

M.Oʻ. Rahbar

     

__________________(imzo)

_______________________________(F.I.O.)

_____________ (sana)



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 27 avgust, 34-son, 695-modda