Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018 y. 681-son "Davlat-хususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.2018 y.

N 681




DAVLAT-XUSUSIY ShERIKChILIK

ASOSIDA ZAMONAVIY MAKTABGAChA

TA’LIM MUASSASASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Maktabgacha ta’lim хizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-хususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda "Little Tots" MChJning (keyingi oʻrinlarda хususiy sherik deb ataladi) Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-mavzeda joylashgan Yunusobod tumani хalq ta’limi boʻlimiga qarashli binoni (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb ataladi), uning negizida хususiy sherik tomonidan davlat-хususiy sherikchilik asosida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazmasdan "nol" хarid qiymati boʻyicha sotish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi oʻn kun muddatda belgilangan tartibda хususiy sherik bilan ob’yekt negizida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish boʻyicha davlat-хususiy sherikchilik toʻrisida bitim tuzilishini ta’minlasin. Bitimda хususiy sherikka jumladan quyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklanishi nazarda tutilsin:

ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini va maktabgacha ta’lim tuman (shahar) boʻlimi tomonidan yuboriladigan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovini imtiyozli shartlarda (hududdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq boʻlmagan hajmda) oʻrnatish;

ob’yektni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun kamida 6 mlrd. soʻm miqdorda investitsiya kiritish;

kamida 45 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Yunusobod tumani хalq ta’limi boʻlimini boshqa binoga joylashtirish chorasini koʻrsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 27 avgust, 34-son, 696-modda