Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 15.08.2018 y. 121-k-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-94) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.09.2018 y. 2141-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.09.2018 y.

N 2141-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

15.08.2018 y.

N 121-k


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi

fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining

ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish" aviatsiya

qoidalariga (OʻzR AQ-94) oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 692-son "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2010 yil 18 avgustdagi 96-son buyrui (roʻyхat raqami 2141, 2010 yil 15 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 324-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-94) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.



Boshliq                                                              T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi

fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining

ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish" aviatsiya

qoidalariga (OʻzR AQ-94) kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qoidalarning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Halqaro fuqaro aviatsiyasi toʻrisidagi Konvensiyaning (Chikago, 1944 yil 7 dekabr) 6-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normallashtirish tartibini belgilaydi.".


2. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston aviatsiya хodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 10 sentyabr, 36-son, 749-modda