Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 70-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 8/qq-son, Ichki ishlar vazirligining 56-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 15.08.2018 y. Qarori (AV tomonidan 07.09.2018 y. 1652-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.09.2018 y.

N 1652-2

OʻZBEKISTON AVTOMOBIL

TRANSPORTI AGENTLIGINING

15.08.2018 y.

N 70


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS,

KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZINING

15.08.2018 y.

N 8/qq


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

15.08.2018 y.

N 56


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasida

avtomototransport vositalari haydovchilarini

tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim

muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga

beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’lim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006 yil 27 dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1652, 2007 yil 9 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 1-2-son, 18-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Oʻzbekiston avtomobil transporti

agentligi boshlii

D. Deхkanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va

oʻrta maхsus ta’lim vazirligining

Kasb-hunar ta’lim markazi direktori

M. Xolmuхamedov

Ichki ishlar vaziri

P. Bobojonov





Qarorga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasida

avtomototransport vositalari haydovchilarini

tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim

muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga

beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qarorning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Yagona namunadagi guvohnomalar Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining "Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" DKni buyurtmasiga asosan, "Davlat belgisi" birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida, bosma usulda tayyorlansin.".


2. Nizomda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga yagona namunadagi guvohnoma berish tartibini belgilaydi.".


b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.".


v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining (keyingi oʻrinlarda matnda - agentlik) "Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" DKning buyurtmasi asosida tayyorlanadi.".


g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Guvohnoma blankalari "Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" DKning taqsimotiga asosan, ta’lim muassasalarga "maхsus hududiy kod"lar asosida agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).".


d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Guvohnomalar ta’lim muassasasi buyurtmalariga asosan agentlikning "Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" DK tomonidan ta’minlanadi.

"Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" DK buyurtmasiga asosan guvohnomalar "Davlat belgisi" birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 10 sentyabr, 36-son, 747-modda