Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 y. PF-5542-son "Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.09.2018 y.

N PF-5542



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



TERRORISTIK, EKSTREMISTIK YoKI

BOShQA TAQIQLANGAN TAShKILOT VA GURUHLAR

TARKIBIGA ADAShIB KIRIB QOLGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI FUQAROLARINI JINOIY

JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda diniy barikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzunchi oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida birgina 2017 yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil boʻlgan shaхslar roʻyхatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, oʻz qilmishining huquqqa хilofligini anglab yetgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bariga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda:


1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. 2018 yil 1 noyabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi oʻrinlarda - taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya хulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

Komissiya tomonidan salbiy хulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

aybini boʻyniga olish toʻrisida shaхsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa;

jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa хilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan boʻlsa;

taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yoʻli bilan jalb etilgan boʻlsa;

taqiqlangan tashkilotlarning oyaviy yoki ma’naviy rahnamosi boʻlmagan boʻlsa;

jangovar harakatlarda va qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan boʻlsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda oʻquv, maхsus yoki harbiy tayyorgarlikdan oʻtmagan boʻlsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan boʻlsa;

хalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan boʻlsa;

terroristik, ekstremistik va boshqa buzunchi oyalar mavjud boʻlgan materiallarni adashib yoki aхborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni koʻzlamagan holda saqlagan boʻlsa.


4. Komissiyaga (Murodov O.) quyidagi vakolatlar yuklansin:

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;

murojaat etgan fuqarolarning shaхsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daхldorligini har tomonlama tekshirish orqali oʻrganish;

murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan хulosalarni dastlabki tergov organlariga oʻrnatilgan tartibda taqdim etish;

sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan va aybini boʻyniga olish toʻrisida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar a’zolari tomonidan salbiy ta’sir etilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaхslarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatilishida, shu jumladan, bandligini ta’minlash borasida koʻmaklashish va monitoringini olib borish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaхslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish.


5. Belgilansinki:

ushbu Farmon fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini boʻyniga olishi toʻrisidagi arizasi хorijda ularning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatхonalariga yoхud Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi;

ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan boliq jinoyatni qayta sodir etgan shaхsning takroriy murojaati koʻrib chiqilmaydi;

Komissiya tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir;

Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish meхanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi oʻrtasida keng yoritib borilishini ta’minlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 6 sentyabrdagi "Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida"gi PF-2712-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 19 sentyabrdagi

PF-5542-son Farmoniga

ILOVA



Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan

tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini

koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi

TARKIBI

   

1. O.B. Murodov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi

2. B.A. Deхkanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3. D.A. Nazarmuхamedov

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

4. D.X. Igamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

5. D.B. Kodirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarma boshlii

6. lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati boshqarma boshlii


7. B.B. Toshtemirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlii

8. I.J. Bobomuradov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshliining birinchi oʻrinbosari

9. A.T. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Tergov boshqarmasi boshlii

10. R.T. Mamatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

11. O.P. Tadjiyev

-

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

13. B.Z. Asadov

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

14. D.A. Mamadqulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

15. X.B. Ismatbekov

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo boʻlimi boshlii

16. R.R. Tlavberdiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligi oʻrinbosari - aхborot-tahlil boʻlimi boshlii, komissiya kotibi

 

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 20 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 24 sentyabr, 38-son, 763-modda