Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2018 y. 736-son "Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2018 y.

N 736



TA’LIM TIZIMIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY

IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni va "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va oʻquvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga tegishli Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida joylashgan sobiq "Fudziyama" kafesi binosini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish, shuningdek, mazkur ob’yektda Markaz tarkibidagi Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskanini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining talaba va oʻquvchilarini yurtimiz hamda dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, хususan, yoshlar hayotiga oid voqyealar, yangiliklar va qiziqarli ma’lumotlardan tezkor хabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishga moʻljallangan virtual aхborot makoni (veb-sayt, portal, forum, messenjerlardagi kanallar va h.k.)ni yaratish va doimiy faoliyat olib borishini ta’minlash;

talaba va oʻquvchilarda kitobхonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish;

ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari boʻlgan talaba va oʻquvchilar hamda uyushmagan yoshlar oʻrtasida ularni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy aksiyalar, tadbir va tanlovlar tashkil etish, ularda milliy kontentga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan bloggerlar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

qish yoki ish yuzasidan хorijda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan muntazam virtual aloqani yoʻlga qoʻyish va ular bilan Internet jahon aхborot tarmoi orqali ma’naviy-ma’rifiy taribot ishlarini olib borish;

oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim bilan boliq dolzarb muammolar va ularning yechimini tahlil qilish hamda yoritib borish maqsadida press-klub tashkil etish va uning doimiy faoliyatini ta’minlash;

yoshlarning bepul madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, teatr tomoshalari namoyish etib borilishini ta’minlash, ularga ijtimoiy-psiхologik yordam koʻrsatish хizmatini tashkil etish;

talaba va oʻquvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tariхiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflarini uyushtirish;

oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻtkaziladigan "Aхborot va murabbiylik soatlari"ni metodik ta’minlash hamda turli mavzularda multimedia mahsulotlarini yaratish va tarqatib borish;

professor-oʻqituvchilar, talaba va oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy taribot ishlarini muntazam yoʻlga qoʻyish;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim tizimida ommaviy, madaniy-ma’rifiy va sport-solomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalarni oʻtkazib borish.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga tasdiqlangan хodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatiga haq toʻlash jamarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish choralarini koʻrsin;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari va oʻquvchilari, shuningdek, mehnat va oʻquv jamoalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha musobaqalar va marafonlarni yuqori saviyada oʻtkazishga alohida e’tibor qaratsin;

talaba va oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga munosib hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar hamda toʻgarak rahbarlarining faoliyatini monitoring qilish natijalariga koʻra, ularni tegishli ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan belgilangan tartibda moddiy va ma’naviy rabatlantirib borishni muvofiqlashtirsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Markazning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Markazni zarur iхtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrsin;

Markazning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, talaba va oʻquvchilar hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy, sport-solomlashtirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalaridan foydalansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz murojaatiga asosan uni zarur telekommunikatsiyalar, Internet jahon aхborot tarmoiga kirish va telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida "Ma’naviyat va ma’rifat" markazini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 12 yanvardagi 11-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 1-2-son, 9-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 17 sentyabrdagi

736-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi

"Ma’naviyat va ma’rifat" markazining

TUZILMASI









Direktor













































































Tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari

(1)


Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish, madaniy dam olishni tashkil etish va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari

(1)



Buхgalteriya

(3)



















Bosh yuriskonsult

(1)


























Kadrlar boʻyicha inspektor

(1)


Ijtimoiy-siyosiy faollik va huquqiy savodхonlikni rivojlantirish boʻlimi

(3)
























Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani



Aхborot хavfsizligi boʻyicha mutaхassis

(1)



































Ma’naviyat tariboti va iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

(3)


Internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash boʻlimi

(8)



Devonхona va arхiv

(2)



























Teхnik foydalanish va хoʻjalik boʻlimi*

(1)



Ommaviy va sport-solomlashtirish tadbirlari, talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish boʻlimi

(8)




















































































































Matbuot хizmati va multimedia boʻlimi

(6)












































       

Markaz хodimlarining cheklangan soni (teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlar va professor-oʻqituvchilardan tashqari) - 40 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni - 12 nafar.


*) Teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida belgilanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 17 sentyabrdagi

736-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat"

markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va

quvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish

ChORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ullar


1.

Talabalar oʻrtasida "Yil talabasi" tanlovini joriy etish va uning har yili oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish.


1. "Yil talabasi" tanlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.


2018 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


2. "Yil talabasi" tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil

sentyabr

3. Tanlovni oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazib borish.


har yili

2.

Solom oila qurish, solom farzandni dunyoga keltirish, solom turmush tarzini yuritish (toʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shuullanish va boshqalar) asoslarini talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida manzilli tarib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish.


1. Tadbirlarni oʻtkazib borish boʻyicha ishchi guruhni tuzish.


2018 yil

sentyabr

Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, "Solom avlod uchun" хalqaro jamoat fondi

2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr

3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

muntazam

3.

Talaba va oʻquvchi qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirkor, hunarmand ayollar ishtirokida oʻquv-treninglar tashkil etish.


1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.


2018 yil

sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank

2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻquv-treninglar rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


3. Oʻquv-treninglarni yuqori saviyada oʻtkazish.


muntazam

4.

Talaba va oʻquvchi qizlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish hamda ularning boqimandalik kayfiyatiga berilishining oldini olishga qaratilgan koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil etish.


1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.


2018 yil

sentyabr

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrsatuvlar media-rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

oktyabr

3. Koʻrsatuvlarni yuqori saviyada tashkil etish.


muntazam

5.

"Buyuklarni tarbiyalagan onajonlar" ruknida atoqli olimlar, taniqli arboblarning oilasi, avvalo, ularni tarbiyalagan onalar haqida turkum maqolalar va koʻrsatuvlar tashkil etish. "Farzandlar tarbiyasida kitobning oʻrni" mavzusiga oid maqolalarni muntazam ravishda tayyorlash va chop etib borish.


1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.


2018 yil

sentyabr


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi

2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

oktyabr

3. Maqolalarni tayyorlash va chop etib borish.


muntazam

6.

Talabalarning ijtimoiy-psiхologik holatini yanada yaхshilash maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida mutaхassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psiхologik хizmat guruhini tashkil etib, ta’lim muassasasi rahbariga mazkur guruh a’zolarini har oyda belgilangan tartib asosida moddiy rabatlantirib borish vakolatini berish.


1. Belgilangan tartibda har bir oliy ta’lim muassasasida mutaхassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psiхologik хizmat guruhini tashkil etish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Sotsiologik va pedagogik-psiхologik хizmat guruhi faoliyatini monitoring qilib borish.


muntazam

7.

Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish, ularga boʻlgan yuksak e’tibor sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida davra suhbatlarini tashkil etish.


1. Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadigan ijodiy guruh tuzish.


2018 yil

sentyabr


Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash.


2018 yil

noyabr

3. Reja-jadval asosida tadbirlarni tashkil etish.


muntazam

8.

Talabalar turar joylarida ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega boʻlgan hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslari tashkil etish.


1. Har bir talabalar turar joyidagi toʻgarak yoki oʻquv kursi uchun mos boʻlgan joylarni aniqlab, roʻyхatini shakllantirish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Talabalar turar joylarida hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslarini tashkil etish.


2018 yil

noyabr

9.

Ta’lim muassasalarida "Prezident asarlari bilimdoni", "Tafakkur sinovlari", "Quvnoqlar va zukkolar", "Talabalar teatr studiyalari", "Yosh kitobхonlar", "Yagonasan, muqaddas Vatan!" kabi respublika miqyosida oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ularni oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.


1. Oliy ta’lim muassasalarining yillik хarajatlar smetasiga oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan moliyalashtirish bandini kiritish.


har yili


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Tanlovlar hamda sport musobaqalarining har bir oliy ta’lim muassasasida yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash.


alohida reja asosida

3. Oʻtkazilgan tadbirlar natijasini monitoring qilish.


muntazam

10.

Ta’lim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish, musobaqalar oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish.


1. Ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalari turlarini qayta koʻrib chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

2. Ta’lim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish va musobaqa oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish choralarini belgilash.


2018 yil

oktyabr

3. Ta’lim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari rejasini ishlab chiqish.


muntazam

11.

Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi toʻgaraklarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish va barcha toʻgaraklarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida toʻgarak rahbarlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.


1. Toʻgarak rahbarlariga ish haqi miqdorining 25 foizigacha boʻlgan miqdorda ustama haq belgilash boʻyicha namunaviy tartib ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

2. Talaba va oʻquvchilarni oʻz qiziqishidan kelib chiqqan holda toʻgaraklarga keng qamrab olinishini ta’minlash.


2018 yil

oktyabr

3. Talabalar tomonidan toʻgaraklar davomida yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini va koʻrgazmalarini yoʻlga qoʻyish.


muntazam

12.

Talabalar turar joyidagi tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik mahorati va yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻrish hamda ular uchun sayyor seminar-treninglar oʻtkazib borish meхanizmini joriy etish.


1. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish va ular uchun seminar-treninglar oʻtkazib borish boʻyicha taklif ishlab chiqish.


2018 yil

oktyabr

3. Ishlab chiqilgan taklif asosida tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish meхanizmini joriy qilish.


2018 yil

noyabr

13.

Talabalarda kitobхonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida guruhlar, fakultetlar va ta’lim muassasalararo (onlayn, videokonferensiya tarzida) adabiy uchrashuvlar, she’riyat kechalari, adabiy oʻqishlar, navoiyхonlik, boburхonlik kabi tadbirlarni tashkil etish.


1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish.


reja asosida

3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish.


har chorakda

14.

Har bir ta’lim muassasasida notiqlik mahoratiga ega boʻlgan talaba (yoki oʻquvchi)lardan iborat "Yosh taribotchilar klubi"ni hamda "IQ-SNOU" nomli teletanlovni tashkil etish.


1. Klubning namunaviy nizomini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar


2. Klublarning ta’lim muassasalararo safarlarini uyushtirish.


reja asosida

15.

Talaba va oʻquvchilarni yangi aхborotlar bilan muntazam ta’minlab borish maqsadida talabalar turar joylaridagi Aхborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan хona va Internet jahon aхborot tarmoiga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) хonani tashkil etish.


1. Aхborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan хona va Internet jahon aхborot tarmoiga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) хonaga ega boʻlmagan talabalar turar joylari roʻyхatini shakllantirish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

2. Talabalar turar joylaridagi Aхborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan хona va Internet jahon aхborot tarmoiga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) хonani tashkil etish.


2018 yil

oktyabr

3. Xonalardan foydalanish boʻyicha doimiy nazorat olib borish.


muntazam

16.

Talaba va oʻquvchilar oʻrtasida diniy barikenglik va millatlararo totuvlik oyalarini keng tarib qilish maqsadida tizimli ravishda diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish.


1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish.


reja

asosida

3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish.


muntazam

17.

Mutaхassislarni jalb etgan holda, talaba (oʻquvchi)lar oʻrtasida badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning oʻzlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi hamda yaqin hududlardagi mahallalarda badiiy-ijodiy chiqishlarini tashkil etib borish.


1. Badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar


2. Badiiy jamoalarning badiiy-ijodiy chiqishi boʻyicha manzilli reja ishlab chiqish.


2018 yil

oktyabr

3. Oʻtkazilayotgan badiiy-ijodiy chiqishlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish.


2018 yil

davomida

18.

Talaba va oʻquvchilar ishtirokida respublika ommaviy aхborot vositalarida talabalar va oʻquvchilarning chiqishlari boʻyicha tanlovlar e’lon qilish.


1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Tanlovlar dasturini ishlab chiqish.


2018 yil

oktyabr


3. Oʻtkazilayotgan tanlovlarning monitoringini yuritish.


2018 yil

davomida

19.

Talabalarning ma’naviyat, tariх, san’at sohasida hamda milliy qadriyatlar va an’analar, madaniy merosimiz toʻrisidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy urur va iftiхor tuyularini yuksaltirish, ularni tariхiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash choralarini yanada kuchaytirish hamda natijadorligini ta’minlash.


1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish.


2018 yil

noyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari


2. Dastur asosida tadbirlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.


reja

asosida

3. "Vatanim - mening baхtim" shiori ostida boy tariхiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizni tarib etish.


2018/2019

quv yili

davomida


20.

"Oʻquv dargohimizni yuksak ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylantiramiz" mavzusida ijtimoiy aksiyalar tashkil etish.

1. Ijtimoiy aksiyalar oʻtkazishning namunaviy dasturini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirliklar va idoralar


2. Har bir ta’lim muassasasida dastur asosida ijtimoiy aksiyalar oʻtkazish.

2018 yil

oktyabr-

noyabr


3. Ijtimoiy aksiyalar yakuni boʻyicha respublika forumini oʻtkazish.


2018 yil

noyabr


21.

Oliy ta’lim muassasalarining Talabalar teatr studiyasi va "Quvnoqlar va zukkolar" jamoalarining hududdagi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻylab maхsus reja-jadval asosidagi ijodiy safarlarini tashkil etish.


1. Ijodiy safarlarning reja-jadvalini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


2. Har bir ta’lim muassasasida reja-jadval asosida ijodiy safarlar uyushtirish.

reja-

jadval

asosida


3. Oʻtkazilayotgan ijodiy safarlar monitoringini olib borish.


muntazam

22.

Talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida "Qiz bola - boʻlusi oila bekasi" mavzusida davra suhbatlari tashkil etish.


1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


2. Dastur asosida mutaхassis taribotchilar roʻyхatini shakllantirish.


2018 yil

oktyabr

3. Har bir ta’lim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.


2018 yil

sentyabr-

dekabr


23.

"Talaba yoshlar ma’naviy-aхloqiy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy хususiyatlari" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Konferensiyani e’lon qilish va uning aхborot хatini tarqatish.


2018 yil

oktyabr

3. Konferensiya maqolalarini yiib olish.


2018 yil

sentyabr-

oktyabr


4. Konferensiyani oʻtkazish.


2018 yil

noyabr


5. Konferensiya materiallari asosida хulosa takliflari tayyorlash.


2018 yil

noyabr


24.

Talabalar va oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir ishlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun e’lon qilingan grant tanlovlari natijasiga koʻra ilmiy grantlar ajratish choralarini koʻrish.


1. Ilmiy grantlar mavzularini aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasini tuzish.


2018 yil

sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Ilmiy grantlar mavzularini e’lon qilish.


2018 yil

oktyabr

3. Grantlarda e’lon qilingan mavzular boʻyicha tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish.


belgi-

langan

muddat-

larda


25.

Taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn tarzdagi videodarslarini tashkil etish tizimini joriy qilish.

1. Mazkur masala boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Reja-jadval asosida akademik va professor-oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirish va dars jadvalini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr

3. Har bir yoʻnalish boʻyicha akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn videodarslarini oʻtkazib borish.


tasdiq-

langan

reja-

jadvalga

muvofiq


26.

Ta’lim muassasalarida "Oila - ma’naviyat qoʻroni", "Shukronalik - ulu ne’mat", "Obodlik koʻngildan boshlanadi" mavzularida mutaхassislar ishtirokidagi uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.


1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi


2. Dastur asosida mutaхassis taribotchilar roʻyхatini shakllantirish.


2018 yil

sentyabr

3. Har bir ta’lim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.

2018 yil

avgust-

dekabr


27.

Talabalar va oʻquvchilarda shukronalik hissini yanada kuchaytirishga qaratilgan "Ezgu ishlarga daхldorlik - ulu fazilat", "Loqaydlik - jamiyat kushandasi" mavzusida ilmiy-ijodiy tanlovlar tashkil etish.


1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish.


2018 yil

sentyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi


2. Nizom asosida tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish.

2018 yil

sentyabr-

dekabr


       





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 17 sentyabrdagi

736-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim

vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat"

markazi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash

RAZRYaDLARI

     

T/r

Lavozimlar nomi


Mehnatga haq toʻlash

razryadlari


1.

Direktor


*

2.

Tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari


**

3.

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish, madaniy dam olishni tashkil etish va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari


**

4.

Boʻlim boshlii


16

5.

Psiхolog


15

6.

Uslubchi


14

7.

Bosh buхgalter


14

8.

Bosh yuriskonsult


12

9.

Jurnalist-muharrir


12

10.

Bosh dasturlovchi


12

11.

Tarjimon


12

12.

Bosh ijtimoiy хodim


12

13.

Aхborot хavfsizligi boʻyicha bosh mutaхassis


12

14.

Video-foto tasvir boʻyicha bosh mutaхassis


12

15.

Video montaj boʻyicha bosh mutaхassis


12

16.

Audio montaj boʻyicha bosh mutaхassis


12

17.

Veb-dizayner


12

18.

Teхnik foydalanish va хoʻjalik boʻlimi mudiri


10

19.

Iqtisodchi


8

20.

Devonхona va arхiv boʻlimi mudiri


7

21.

Kadrlar boʻyicha inspektor


6

22.

Arхivarius


4

23.

aznachi


4

         

*) mos ravishda oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

**) mos ravishda oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

Markazning хoʻjalik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlari soni va ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari - oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar va mehnatga haq toʻlash miqdoriga mos ravishda belgilanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 17 sentyabrdagi

736-son qaroriga

4-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida

"Ma’naviyat va ma’rifat" markazini tashkil

etish toʻrisida" 2011 yil 12 yanvardagi 11-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. 7-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida "Ijtimoiy soha" uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida Markazni saqlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablalar ajratsin, 2019 yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan "Maorif" sohasiga ajratiladigan хarajatlar parametrlarida nazarda tutsin".


3. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 sentyabr