Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 25.09.2018 y. 466-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.09.2018 y. 1921-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.09.2018 y.

N 1921-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

25.09.2018 y.

N 466-mh


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar

palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi

malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi PF-5441-son "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 14 martdagi 69-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 1921, 2009 yil 14 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                            R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar

palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi

malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 18-bandning toʻqqizinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


2. Quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:

"18-1. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan hududiy boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani toʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi.".


3. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda mas’ul kotib tomonidan qabul qilinadi, roʻyхat nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi).".


4. 26-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Malaka imtihoni jarayoni Internet tarmoida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.".


5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. .



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 oktyabr, 39-son, 784-modda