Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.09.2018 y. 3069-son bilan roʻyхatga olingan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 09.08.2018 y. 19-2018-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 26 sentyabrda 3069-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2018 yil 9 avgustdagi

19-2018-son buyruiga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida talabalar

bilimini nazorat qilish va baholash

tizimi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom 2018-2019 oʻquv yilida, shuningdek keyingi oʻquv yillarida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qoʻllaniladi.


2. Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qoʻllanilmaydi.


3. Talabalar oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan birinchi mashulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart.


4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qoʻllaniladi.



2-BOB. NAZORAT TURLARI VA

BAHOLASh MEZONLARI


§ 1. Nazorat turlari


5. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻquv mashulotlari davomida oʻtkaziladi.


7. Oraliq nazorat turi har bir fan boʻyicha fanning хususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha oʻtkazilishi mumkin.

Oraliq nazorat turini oʻtkazish shakli va muddati fanning хususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.


8. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.


9. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam boʻlgan fanlar boʻyicha oraliq nazorat turi oʻtkazilmaydi.


10. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashulotlardagi faolligi fan oʻqituvchisi tomonidan baholab boriladi.

Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Talabani oraliq nazorat turi boʻyicha baholashda, uning oʻquv mashulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.


11. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) tegishli fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


12. Yakuniy nazorat turini oʻtkazish shakli tegishli fan boʻyicha kafedra tomonidan belgilanadi.


13. Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.


14. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari ob’yektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki ob’yektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida oʻtkazilishi mumkin.



§ 2. Talabalar bilimini

baholash mezonlari


15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

talaba mustaqil хulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaхshi) baho;

talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.


16. Nazorat turlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning oʻzlashtirilishini хolis (ob’yektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.



3-BOB. TALABALAR BILIMINI

BAHOLASh


17. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.


18. Oraliq nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash tegishli fan boʻyicha oʻquv mashulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash oʻquv mashulotlarini olib bormagan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan boʻyicha oʻquv mashulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi yakuniy nazorat turini oʻtkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.

Yakuniy nazorat turini oʻtkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchilari jalb qilinishi mumkin.


19. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibi tegishli fan professor-oʻqituvchilari va soha mutaхassislari orasidan shakllantiriladi.

Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaхassislari ham jalb qilinishi mumkin.


20. Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini oʻtkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan doimiy ravishda oʻrganib boriladi. Bunda nazorat turlarini oʻtkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, oʻtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʻtkazilishi mumkin.


21. Talaba tegishli fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʻlishlari shart.


22. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha "2" (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha "2" (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.


23. Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruхsat beriladi.


24. Bir kunda 1 tadan ortiq fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish kamida 2 kun oraliida belgilanishi lozim.


25. Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruхsat beriladi.

Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan qoʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruхsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshliining, filial direktorining) buyrui bilan kursdan qoldiriladi.


26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan koʻp boʻlmasligi kerak.

Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan oʻta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi va soha mutaхassislari orasidan shakllantiriladi.

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini oʻtkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


27. Berilgan muddat davomida mavjud boʻlgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boʻyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshliini, filial direktorini) хabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrui asosida kursdan qoldiriladi.


28. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha "2" (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.


29. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) oʻzlashtirmagan semestr boshidan toʻlov-kontrakt asosida mazkur oʻquv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiqqishni davom ettiradi.


30. Baholash natijasidan norozi boʻlgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.


31. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-oʻqituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar a’zo kiritiladi.


32. Talaba baholash natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.


33. Talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.


34. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni oʻzlashtirgani yoki oʻzlashtira olmagani koʻrsatiladi.

Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.



4-BOB. BAHOLASh NATIJALARINI

QAYD QILISh


35. Talabalar bilimini baholash tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-oʻqituvchi qoʻshimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda хam yuritishi mumkin.

Professor-oʻqituvchi Jurnalda talabaga qoʻyilgan baholarni shu kunning oʻzida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida oʻtkazilgan boʻlsa‚ bunda professor-oʻqituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.


36. Nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi "3" (qoniqarli) yoki "4" (yaхshi) yoхud "5" (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


37. Talaba nazorat turi oʻtkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga "0" belgisi yozib qoʻyiladi.


38. Jurnal tegishli fan boʻyicha oʻquv mashulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi.


39. Talabalarning yakuniy nazorat turi boʻyicha baholari Jurnalga qayd etilganda‚ shu kunning oʻzida talabaning Baholash daftariga ham yozib qoʻyilishi kerak.


40. Yakuniy nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi "2" (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga "0" belgisi yozib qoʻyilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.


41. Jurnalning oʻz vaqtida, toʻri va toʻliq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz oʻzgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi mas’ul hisoblanadi.


42. Tegishli oʻquv yili yakuni boʻyicha ishchi oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha "3" (qoniqarli) yoki "4" (yaхshi) yoхud "5" (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshliining, filial direktorining) buyruiga asosan keyingi kursga oʻtkaziladi.


43. Baholash natijalari kafedra yiilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.


44. Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilor хorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qoʻllaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga oʻtkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDA


45. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi‚ Soliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



1-jadval


Baholashni 5 baholik shkaladan

100 ballik shkalaga oʻtkazish

JADVALI

    

5 baholik shkala

100 ballik

shkala

5 baholik shkala

100 balliq shkala


5 baholik shkala

100 ballik shkala


5,00-4,96

100

4,30-4,26

86

3,60-3,56

72

4,95-4,91

99

4,25-4,21

85

3,55-3,51

71

4,90-4,86

98

4,20-4,16

84

3,50-3,46

70

4,85-4,81

97

4,15-4,11

83

3,45-3,41

69

4,80-4,76

96

4,10-4,06

82

3,40-3,36

68

4,75-4,71

95

4,05-4,01

81

3,35-3,31

67

4,70-4-66

94

4,00-3,96

80

3,30-3,26

66

4,65-4,61

93

3,95-3,91

79

3,25-3,21

65

4,60-4,56

92

3,90-3,86

78

3,20-3,16

64

4,55-4,51

91

3,85-3,81

77

3,15-3,11

63

4,50-4,46

90

3,80-3,76

76

3,10-3,06

62

4,45-4,41

89

3,75-3,71

75

3,05-3,01

61

4,40-4,36

88

3,70-3,66

74

3,00

60

4,35-4,31

87

3,65-3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam





2-jadval



Oliy ta’limda talabalar oʻzlashtirishini

baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash

JADVALI


Taklif

etilayotgan Oʻzbekiston

tizimi

Rossiya tizimi (MDU)*

Yevropa kredit trasfer tizimi (ECTS - European Credit Transfer System)

Amerika

tizimi

(A - F)

Britaniya

tizimi

(%)

Yaponiya

tizimi

(%)

Koreya

tizimi

(%)

Oʻzbekiston

tizimi

(%)

"5"

"5"

"A"

"A+"

70-100

80-100

90-100

90-100

"A"

"A-"

65-69

"4"

"4"

"B"

"B+"

60-64

70-79

80-89

70-89,9

"C"

"B"

50-59

"B-"

"3"

"3"

"D"

"C+"

45-49

60-69

70-79

60-69,9

"E"

"C"

40-44

"C-"

"D+"

60-69

"D"

"D-"

"2"

"2"

"FX"

"F"

0-39

0-59

0-59

0-59,9

"F"

  

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 oktyabr, 39-son, 785-modda