Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 10.09.2018 y. 20-2018-son "Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.10.2018 y. 3076-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.10.2018 y.

N 3076




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRINING

10.09.2018 y.

N 20-2018


BUYRUI



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar

tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy,

ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini

belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida"gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-oʻqituvchilar tarkibining shaхsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida BUYuRAMAN:

1. Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-son "Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2720, 2015 yil 19 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 42-son, 540-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                           I. Madjidov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 oktyabr, 41-son, 816-modda