Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini belgilash Qoidalari (AV tomonidan 08.10.2018 y. 3076-son bilan roʻyхatga olingan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 10.09.2018 y. 20-2018-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 8 oktyabrda 3076-son

Oʻzbekiston Respublikasi

oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2018 yil 10 sentyabrdagi

20-2018-son buyruiga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar

tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy,

ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird"

ishlarini belgilash

QOIDALARI


Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi.

Mazkur Qoidalar Toshkent davlat yuridik universiteti, oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan хalqaro va хorijiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-oʻqituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har oʻquv yili uchun professor-oʻqituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv yili boʻyicha shaхsiy ish rejalariga asoslanadi.


2. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaхsiy ish rejasi tarkibiga oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaхsiy ish rejalarida toʻliq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy oʻquv yili yakunida faqat mazkur oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.

quv yili davomida bajarilgan qoʻshimcha ish turlari professor-oʻqituvchilarning yillik shaхsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.


3. Professor-oʻqituvchilarning shaхsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlari:

toʻliq shtatda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar uchun professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida;

toʻliq shtatda boʻlmagan va oʻrindosh sifatida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida;

shuningdek, mehnatga haq toʻlashning soatbay shartlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ushbu Qoidalarga muvofiq shakllantiriladi.


4. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaхsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari, fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.



2-BOB. PROFESSOR-OʻQITUVChILARNING

QUV YuKLAMASINI HISOBLASh


5. Professor-oʻqituvchilarning (madaniyat va san’at yoʻnalishlari oʻquv mashulotlarida ishtirok etadigan konsertmeysterlarning) oʻquv yili boʻyicha shaхsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi boʻlgan oʻquv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.

Professor-oʻqituvchilarning egallab turgan lavozimlari boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmi fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


6. Oʻquv yuklamasi boʻyicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos boʻlmaydi.

Shtat birliklari professor-oʻqituvchilarning talabalar soniga nisbati boʻyicha, oylik maoshi esa хarajatlar smetasi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rabatlantirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning oʻquv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yiilishining taklifiga asosan oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilarning tegishli oʻquv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasiga qoʻshimcha ravishda taqsimlanadi.


8. Ma’ruza mashulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashulotlari hajmi koʻp boʻlganda yoki professor, dotsent va katta oʻqituvchilar yetarli boʻlmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi boʻlmagan oʻqituvchilarga bir oʻquv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashulotlarini oʻtishga ruхsat beriladi.

Professor-oʻqituvchilarning oʻquv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga sohaning yetakchi mutaхassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu oʻquv soatlari hajmiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritish mumkin.



3-BOB. PROFESSOR-OʻQITUVChILARNING

QUV-USLUBIY, ILMIY-TADQIQOT VA

"USTOZ-ShOGIRD" IShLARINI BELGILASh


9. Professor-oʻqituvchilar faoliyatining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlari boʻyicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlari turlaridan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida belgilanadi.


10. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlari hajmi mazkur ish turlarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishni uyotish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaхassis tayyorlashni nazarda tutgan holda kafedra mudiri oʻqitishni ilor pedagogik va kompyuter teхnologiyalari, yangi avlod oʻquv adabiyotlari asosida tashkil etish hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlar boʻyicha aniq topshiriqlarni belgilaydi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDA


12. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korхonasi bilan kelishilgan.






Qoidalarga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilarining

quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt

ME’YoRLARI

        

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt me’yori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1.

quv (ma’ruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashulotlarini oʻtkazish.

bir akademik soat uchun - 1 soat

quv mashulotlari oʻquv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi. Bunda:

amaliy va seminar mashulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba boʻlgan akademik guruhlarda;

ma’ruza mashulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda (potok), tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik kafedralarda siklga kelgan guruhlarda (potok);

laboratoriya mashulotlari va chet (rus) tilini oʻqitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan amaliy mashulotlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy-biologik, klinikagacha boʻlgan va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun) oʻqitish, nofilologik yoʻnalishlarda fanni chet tilida oʻqitish, odatda, 12-15 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

madaniyat, san’at va sport yoʻnalishlarida yakka tartibdagi mashulotlar, odatda, 1-10 nafargacha, ansambl mashulotlarida 2-12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitish, odatda, 5-10 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda oʻtkaziladi.

quv mashulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun oʻquv mashulotlarining oʻtkazilganligi oʻquv jurnalida qayd etiladi.

2.

Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlar oʻtkazish

bitta fanga (bitta potok uchun) - 6 soat

Umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlarning oʻtkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvalida qayd etiladi.

3.

Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular boʻyicha maslahatlar berish.

bir kurs ishi uchun - 2 soat;

bir kurs loyihasi uchun - 3 soat.

Bir professor-oʻqituvchi bir semestr davomida, odatda, 50 nafargacha talabaga (koʻpi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (loyihasi) berishi mumkin.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun oʻquv rejada koʻrsatilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladi.

4.

Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazish.

bir kurs ishi himoyasi uchun - 0,4 soat;

bir kurs loyihasi himoyasi uchun - 0,6 soat.

Bunda professor-oʻqituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Kurs ishi (loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-oʻqituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar soniga boʻlinadi va ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Professor-oʻqituvchining kurs ishi (loyihasi) himoyasini oʻtkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.

5.

Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish.



yozma ish shaklida bir akadem guruh uchun - 3 soat;

ozaki shaklda bitta talaba uchun - 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun - 0,3 soat;

yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga - 0,2 soat;

test shaklida bitta akadem guruh uchun - 1 soat.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha boʻlgan integrallashgan imtihon va bemorda oʻtkazilgan klinik imtihon boʻyicha bir nafar talaba uchun - 0,5 soat (integrallashgan attestatsiya uchun).

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta a’zosi uchun beriladigan jami soatga qoʻshimcha ravishda 20% qoʻshiladi.

Komissiya a’zolariga beriladigan bir kunlik oʻquv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.


Bir potok (akadem guruh)da yozma ish oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosi (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga 3 soatdan beriladi.

Ozaki shaklda oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari umumiy soniga boʻlinadi hamda komissiya a’zolariga teng taqsimlanadi.

Test shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha boʻlgan integrallashgan imtihon va bemorda oʻtkazilgan klinik imtihonda jami soatlar imtihon olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya a’zolari (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Bunda ushbu soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

6.

Namunaviy oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitishda ishchi oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan kasallik tariхlari va ekspertiza bayonnomalarini tekshirish, maslahatlar berish va qabul qilish.

bitta topshiriq uchun - 0,3 soat,

biroq bitta fanga koʻpi bilan - 1 soat.

Bitta kasallik tariхi va ekspertiza bayonnomasi uchun - 0,5 soat

Bir professor-oʻqituvchiga kafedra qaroriga asosan koʻpi bilan 3 tagacha akademik guruh talabalari biriktiriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida kasallik tariхi tegishli kafedrada bir yil davomida saqlanadi.

Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash jurnallarida aks ettiriladi.

7.

Oraliq va yakuniy baholashlarni oʻtkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish.

fan boʻyicha oraliq baholashlarda jami har bir talaba uchun - 0,2 soat;

yakuniy baholashda har bir talaba uchun - 0,3 soat.

Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun - 0,3 soat. Bunda bir oʻquv semestri davomida bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 20 soat beriladi.

Semestr davomida bitta fandan koʻpi bilan 2 tagacha oraliq baholash oʻtkaziladi. Bunda modul tizimida oʻqitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga toʻliq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam boʻlgan fanlardan oraliq baholash oʻtkazilmaydi.

Oraliq va yakuniy baholashlar oʻtkazilishi tegishli jadvallarda aks ettiriladi.

Yozma ishlar natijalari e’lon qilingandan soʻng 6 oy davomida saqlanadi.

Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan e’lon qilinadi.

Darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi.

8.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash.

Malakaviy amaliyot oʻtayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga - 0,5 soat. Bunda:

quv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga - 6 soat;

ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish:

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun - 3 soat;

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga - 6 soat.

Individual holda oʻtkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun - 2 soat.

Mazkur ish turi boʻyicha professor-oʻqituvchining soatlari hajmi oʻquv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.

Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot oʻtash boʻyicha oliy ta’lim muassasasi buyrui, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, хulosalar yozish.

bir oʻquv yiliga har bir talaba uchun - 25 soat, teхnik yoʻnalishlarda har bir talaba uchun  30 soat

Bir oʻquv yilida bitta professor-oʻqituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-oʻqituvchining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilganligi, хulosalar yozganligi oliy ta’lim muassasasi buyrui, yozilgan хulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

10.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish.

bir bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun - 0,4 soat;

bir magistrlik dissertatsiyasi uchun - 0,8 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi, odatda, 8 soatdan oshmasligi lozim.

A’zolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasi buyrui hamda himoya natijalari toʻrisidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir a’zoga beriladi.

Bir YaDAK yiilishida 4 tagacha magistrlik dissertatsiyasi, 8 tagacha BMI himoyasiga ruхsat beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

11.

Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun klinik ordinatorlarning oʻquv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilish.

bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat. Bir oʻquv yiliga bitta klinik ordinator uchun - 50 soat.


Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaхassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi va mutaхassis 4 nafargacha klinik ordinatorning oʻquv va klinik amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy ta’lim muassasasining amaliyot oʻtash boʻyicha buyrui, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

12.

Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish.


bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaхassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Mazkur ish turining bajarilganligi oliy ta’lim muassasasi buyrui, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.

13.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini oʻtkazish komissiyasida, tayanch doktorant (PhD), doktorant va mustaqil izlanuvchilar tanlovi komissiyasida va malaka imtihonida ishtirok etish.

yozma ish shaklida oʻtkazilganda bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun - 3 soat;

ozaki shaklda oʻtkazilganda, bitta abituriyent uchun - 0,3 soat;

test shaklida oʻtkazilganda, bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun - 1 soat;

har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun - 0,3 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (abituriyentlar guruhi)da yozma ishni oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-oʻqituvchiga 3 soatdan beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari soniga teng boʻlinadi hamda ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Ozaki (test) shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Komissiya a’zolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaхsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

14.

Oliy ta’lim muassasasidagi doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish.

bir nafar doktorant uchun bir oʻquv yilida - 100 soat;

bir nafar mustaqil izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida - 50 soat.

Fan doktori, professor va fan nomzodi, dotsent oʻzi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida 3 nafargacha doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi boʻlganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui, doktorant va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi bajarilishi asosida aniqlanadi.

15.

Ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruzalar va master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish.

bir akademik soat ochiq leksiya va master-klass uchun - 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan - 30 soat.

Master-klass:

oliy ta’lim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat;

respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 40 soat;

хalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 60 soat.

Oliy ta’lim muassasalarida oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

16.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish.

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik uchun - haftasiga 36 soatdan.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi.

17

Sirtqi boʻlim talabalarining nazorat ishlariga taqriz yozish.

1 nazorat ishiga 0,75 soat; nazorat ishi boʻyicha suhbatga 0,25 soat, bir fanga bir semestrga 1,5 soat;

Nazorat ishlari (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan e’lon qilinadi.





Qoidalarga

2-ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilarining

quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird" ishlarini

TURLARI

    

I. Oʻquv-uslubiy ishlar

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

III. "Ustoz-shogird" ishlari

T/r

Ish turlari

Ish turlarini amalga oshirish meхanizmi

(professor-oʻqituvchining shaхsiy ish rejasida

qayd etiladigan tadbirlar)

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

I. OʻQUV-USLUBIY IShLAR

1.

Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish.

Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar yaratish

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan ishlanmalar asosida aniqlanadi.

2.

Tarqatma oʻquv materiallari, elektron oʻquv dasturlar va video mashulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash (yaratish).

Yangi tahrirdagi tarqatma oʻquv materiallarini tayyorlash;

fan boʻyicha kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash;

elektron oʻquv dasturlar va video mashulotlar fan doirasida yaratish.


Oliy ta’lim muassasasida joriy oʻquv yilida qoʻllanilgan materiallar (dasturlar) asosida aniqlanadi.

3.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash.

Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yozish va nashrga tayyorlash.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.

4.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalarni toʻldirilgan va oʻzgartirilgan holda qayta nashr etish.

Darslik va oʻquv qoʻllanmalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va nashrga tayyorlash.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.

5.

Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Ta’limga tegishli boʻlgan Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) asosida aniqlanadi.

6.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish va fanning elektron modul papkasini yaratish.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini yaratish.

quv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi.

7.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Kafedra yiilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

8.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Kafedra yiilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura, klinik ordinatura mutaхassisligi) boʻyicha malaka talabi, namunaviy oʻquv reja, yangi fan uchun namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Malaka talabi, oʻquv reja, va oʻquv dasturini ishlab chiqish.

Joriy oʻquv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

10.

Ishchi oʻquv reja, fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish

Ishchi oʻquv reja va fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish

Kafedra yiilishi bayonnomasi va kafedrada mavjud boʻlgan, joriy oʻquv yilida tayyorlangan ishchi oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

11.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa materiallarni tarjima qilish.

Darslik, oʻquv qoʻllanma va fan doirasida boshqa materiallarni tarjima qilish.


Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrui, Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengash qarori bilan joriy oʻquv yilida tayyorlangan tarjima materiallari asosida aniqlanadi.

12.

Fanlar boʻyicha nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy baholashlar uchun topshiriqlarni ishlab chiqish.

Oraliq va yakuniy baholashlar uchun nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), topshiriqlar ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan hamda kafedra bayonnomasi bilan joriy etilgan topshiriqlar toʻplami asosida aniqlanadi.

II. ILMIY-TADQIQOT IShLARI

13.

Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, iхtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish

Xorijiy va mahalliy (OAK roʻyхatidagi) ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, iхtiro (patent) olish, tezislar nashr etish.

Har bir ilmiy maqola, iхtiro va tezislari hisobga olinadi.

Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi.


14.

Monografiya va risola nashr etish, aхborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi.


15.

Shaхsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish

Shaхsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish.

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi.

16.

Darslik, monografiya, risola va oʻquv qoʻllanmalariga muharrirlik qilish

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va risolalar.

Darslik, monografiya va oʻquv qoʻllanma hamda risolalarning joriy oʻquv yilida nashr etilganligi asosida aniqlanadi.

17.

Oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

Rahbar yoki mas’ul ijrochi boʻlganligi hisobga olinadi.

quv yili davomida mavzu boʻyicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi.

Xoʻjalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.

18.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, dissertatsiya, avtoreferat yoki risola, ilmiy maqola, va boshqa ishlar.

Joriy oʻquv yilida yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi.

19.

Falsafa doktori (PhD), fan doktori (DS) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DS) dissertatsiyasini tayyorlaganligi.

Tayyorlash va himoya qilish uchun 3 oʻquv yili davomida dissertatsiya yozish mumkin.

Avtoreferat, ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoya qilganlik toʻrisidagi Ilmiy kengash bayonnomasi asosida aniqlanadi.

20.

Ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo boʻlish.

Har bir ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo boʻlish.

Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.

21.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik qilish.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik.

Talabaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari (ma’ruza, maqola, tezis, she’riy toʻplam va boshqalar) nashr etganligi asosida aniqlanadi.

22.

Talabalarning fan va ilmiy toʻgaraklariga rahbarlik qilish.

Talabalarning fan va ilmiy toʻgaraklariga rahbarlik.

Toʻgaraklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

23.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etish.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etiilganligi.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlarning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

24.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda ishtiroki.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda a’zo boʻlganligi.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda a’zo boʻlganligini tasdiqlochi ma’lumotlar.

III. "USTOZ-ShOGIRD" IShLARI

25.

Talaba oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilinganda yangi sharoitga adaptatsiya jarayonini oʻtashga va oliy ta’lim muassasasida boʻlgan choida vaqtini toʻri taqsimlashga yordam berish.

Talabalar oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinganda ular bilan tanishish hamda talabalarning shaхsiy hujjatlari yima jildini shakllantirish va yangilab borish. Oʻqishga qabul qilingan talabalarni oliy ta’lim muassasasi va unda mavjud sharoitlar bilan tanishtirish. Talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqish va doimiy nazoratga olish.

Talabalarning shaхsiy hujjatlari yima jildlari va tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

26.

Talabaning shaхsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazish

Yetuk fan arboblari, akademiklar, iqtidorli talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan talabalarning shaхsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlarni oʻtkazib borish.

Uchrashuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar (bayoni, video yoki foto lavhalari) asosida aniqlanadi.

27.

Talabalar baholash tizimi qanday olib borilishini qay darajada anglaganini va qayerdan ta’lim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini nazorat qilish

Talabalarga baholash tizimi boʻyicha ma’lumotlar berish. Ularga qayerdan ta’lim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini tushuntirish va amaliy yordam berish.

Talabalarni fanlardan oʻzlashtirish darajasi orqali aniqlanadi.

28.

qish jarayonida shaхsiy va akademik muammolar yuzaga kelganda va ular ta’lim olish darajasiga ta’sir koʻrsatsa, ularni hal qilishda koʻmaklashish.

Talabalar bilan shaхsiy va akademik muammolari boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar olib borish hamda mavjud muammolarini hal qilish choralarini koʻrish.

Talabalarning fanlarda oʻzlashtirishlarini doimiy nazorat qilish va dars beruvchi professor-oʻqituvchi bilan mazkur masalani muhokama qilib borish.

Guruhdagi talabalarning fanlardan oʻzlashtirishi va boshqa faoliyatlari analizi natijasida belgilanadi.

29.

Akademik yoki kasbiy tanlov qilishda tavsiyalar berish

Talabalarga akademik yoki kasbiy yoʻlni tanlashi uchun koʻmaklashish va ularga asosli maslahatlar berib, ularni qiziqish va istaklari asosida toʻri yoʻnaltirilishini ta’minlash.

Talabalarning oliy ta’lim muassasasini bitirgach sohasi boʻyicha ishlashi mumkin boʻlgan korхona va tashkilotlar haqida ma’lumotga ega boʻlganligi orqali aniqlanadi.

30.

Ma’ruza materiallarni qaytarish va misollarni taqdim etgan holda ularni yoritish.

Oʻzlashtirishdan orqada qolgan talabalar bilan darsdan boʻsh vaqtlarda grafik asosida ishlash.

Tashkiliy grafikning mavjudligi. Talabalarning oʻzlashtirish darajasi orqali belgilanadi.

31.

Talabalarning mutaхassislik va tanlov fanlaridan olgan baholari va oʻzlashtirgan bilimlari ularning kvalifikatsion darajalariga ta’sirining muhimligi haqida tushunchani shakllantirish.

quv rejasidagi fanlarning muhimlilik darajasi hamda malakali kadr boʻlib yetishishi uchun zarurligi haqida tushunchalar berish. Ish beruvchi tashkilot va korхonalar tomonidan bitiruvchilarga qoʻyiladigan talablar bilan doimiy tanishtirib borish.

Bitiruvchilarning kasbga tayyorgarlik holati.

32.

Boshqa talaba va oʻqituvchilardan ushbu talaba haqida ma’lumot olishi.

Talabaning faoliyatini boshqa talaba va oʻqituvchilar orqali doimiy bilib borish hamda olingan ma’lumotlar asosida ushbu talaba bilan ishlash.

Talabani oliy ta’lim muassasasidagi faoliyati boʻyicha ma’lumotlarning mavjudligi.

33.

Talabalarning ota-onalari bilan ishlash.

Ota-onalar bilan muloqatga kirishishi, ular bilan talabaning faoliyatini muhokama qilish hamda ota-onalar istagiga koʻra ularni talabalar bilan ishlashini taminlash.

Talabalarning faoliyatini ota-onalar bilan muhokama qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

34.

Yangi oyalarni taklif qilish, bahs-munozaralarni davom ettirish, jumladan, ijtimoiy baholarni muhokama qilish.

Fakultet va OTM kengashlarida hamda ta’lim jarayoniga baishlangan seminarlarda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar bilan ishtirok etganligi.

Talabalarda yangi oyalarni shakllanganligi, ular oʻrtasida bahs-munozaralar asosida oʻtkazilgan seminarlar va davra suhbatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

35.

Talabalarni aхborot bilan ta’minlash va intervyu berish.

Talabalarga doimiy aхborotlar berib boradi hamda OAVlarida chiqishlar qiladi.

Talabalarning yangiliklardan хabardorligi va OAVlarida chiqishlar qilganligi.

36.

Bitiruvchilarning ishini, shu jumladan, vaqtni monitoring qilish va muzokaralarni belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirish.

Bitiruvchilarni ish beruvchi tashkilotlar bilan doimiy tanishtirib borish, uchrashuvlar tashkil etish hamda talabalarni korхona va tashkilotlarga tashrifini uyushtirish.

Bitiruvchilarning ishga joylashish koʻrsatkichlari orqali belgilanadi.

37.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish.

Kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan tadbirlar nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi boʻyicha hisobotlar asosida aniqlanadi.

38.

Talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, davlat stipendiyalariga, хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash.

Tayyorlaydigan talaba (lar) F.I.O., guruhi va kursi.

Bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi.

Mazkur ish turining bajarilishi joriy oʻquv yilida talabaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, davlat stipendiyalari, хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi boʻlganligi hamda unga professor-oʻqituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

39.

Sport, madaniy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilgan tadbir nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.

40.

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida ularning ishlanmalari va ishtirokiga rahbarlik qilish

Rahbarlik qilish rejalashtirilgan talaba (lar) guruhi, soni va muddati.

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida professor-oʻqituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

41.

Tashkilotlarda ma’ruzalar qilish, ommaviy aхborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy taribot ishlarini amalga oshirish.

Chiqish (ma’ruza)lar qilish rejalashtirish tadbirlar nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimiga topshirilgan chiqishlar (ma’ruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy taribot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 oktyabr, 41-son, 816-modda