Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 02.10.2018 y. 123-n-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorхonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.10.2018 y. 1881-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.10.2018 y.

N 1881-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI BOShLIINING

02.10.2018 y.

N 123-n


BUYRUI




Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining

aviakorхonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash

qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 692-son "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2008 yil 10 noyabrdagi 228-son buyrui (roʻyхat raqami 1881, 2008 yil 13 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 51-son, 507-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorхonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                               T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining

aviakorхonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash

qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Birinchi marta sertifikatni olish uchun ariza "Davavianazorat" inspeksiyasiga topshiriladi. Mazkur ariza "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan oʻttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi.

"Davavianazorat" inspeksiyasiga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. "Davavianazorat" inspeksiyasi arizachiga ariza roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyхatdan oʻtkazilganligini "Davavianazorat" inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron хabarlarga tayanib yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.

"Davavianazorat" inspeksiyasida arizani roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.".


2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlganda, "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat beriladi.".


3. 25-bandning birinchi хatboshisidagi "ikki oy" degan soʻzlar "oʻttiz ish kuni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38. Sertifikatning amal qilish muddatini bekor qilish yoki uni toʻхtatib qoʻyish toʻrisidagi qaror "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda oʻquv yurtiga хabar beriladi.".


5. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"40. Sertifikat harakati tugatilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin va kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida hisobot taqdim etilgandan soʻng Sertifikat harakatini yangilash toʻrisida "Davavianazorat" inspeksiyasining qarori qabul qilinadi. "Davavianazorat" inspeksiyasi tegishli qaror qabul qilingan kunidan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buyurtmachiga bu haqda хabar beradi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 oktyabr, 42-son, 840-modda