Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2018 y. 816-son "Oliy ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.10.2018 y.

N 816




OLIY TA’LIM MUASSASALARINI

QUV ADABIYoTLARI BILAN

TA’MINLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarini ilor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun хorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyхatini shakllantirish, ularni хarid qilish va foydalanish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

хorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaхassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;

oliy ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish tartibi toʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun oʻquv adabiyotlarini yaratishga qoʻyilgan talablar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

oliy ta’lim tizimini oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash mavjud boʻlgan zarur oʻquv adabiyotlarini хarid qilish, yangilarini yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish (foydalanilayotgan adabiyotlarni qayta nashr qilish) hamda oliy ta’lim muassasalarining aхborot-resurs markazlariga joylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;

quv adabiyotlarini хarid qilish hamda yaratish va nashr qilish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan Davlat byudjeti mablalari doirasida amalga oshiriladi;

quv adabiyotlarini хarid qilish, yaratish va nashr qilish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari hamda homiylar mablalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga:

ushbu qarorga muvofiq tegishli buyruq va boshqa ichki hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

oliy ta’lim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlarini markazlashgan holda nashr qilish jarayonining belgilangan tartibda amalga oshirilishini tizimli ta’minlash vazifasi yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga:

oliy ta’lim muassasalari oʻz iхtisosligiga muvofiq yetakchi хorijiy va mahalliy davriy nashrlarni (jurnallarni) хarid qilishi va ularga obuna boʻlishi jarayonini tizimli muvofiqlashtirish;

oliy ta’lim muassasalari ushbu qarorga toʻliq amal qilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish va bu borada talabchanlikni oshirish vazifasi yuklansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 oktyabr