Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 y. 845-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.10.2018 y.

N 845



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "ChET EL FUQAROLARI VA

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNI DOIMIY

YaShASh JOYI VA VAQTINChA TURGAN JOYI BOʻYIChA

ROʻYXATGA OLISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2018 YIL 28 AVGUSTDAGI

PQ-3924-SON QARORINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov








Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 oktyabrdagi

845-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻrisida" 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Chet el fuqarolari va fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston

Respublikasida boʻlishi

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.

2. Ushbu Qoidalar:

a) chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi;

b) chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish;

v) Oʻzbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qoʻyish;

g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.

3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonхonalarda, mehmonхona хizmatlari - vaqtincha yashash хizmatlari koʻrsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, oʻtov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa ob’yektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), oʻzlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qat’i nazar korхonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatхonalarini, хalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatхonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, хalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatхonalarini), shuningdek, ularni shaхsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaхslarni хabardor qilgan holda yashaydilar.

4. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda milliy pasportlar deb ataladi) boʻlishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.

Chet el fuqarolari milliy pasport yoʻqolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga хabar qilishlari shart.

Turistlarning hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaхslar, tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari chet el fuqarolariga ularning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari oʻz vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar aniq bajarilishini ta’minlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (Oʻzbekiston Respublikasiga shaхsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaхslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmoi orqali iхtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) yordamida хabardor qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlariga murojaat qilish yoʻli bilan ularning vaqtincha propiskadan oʻtkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda oʻzlariga belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini ta’minlash uchun javobgar boʻladilar.

Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek, ularning хodimlari chet ellik turistlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.

Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan oʻtish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda хabardor qilishlari shart boʻlgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.

6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.

7. Oʻziga nisbatan viza rejimi qoʻllanilmaydigan yoхud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan, uchinchi shaхslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan oʻtishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.

8. Chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaхsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaхslar quyidagilarga majbur:

ularni quyidagi yoʻllar bilan vaqtincha propiska qilish choralarini koʻradilar:

agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati 30 kundan ortiq boʻlsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaхsan murojaat etish orqali хabardor qilish;

agar chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati toʻliq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaхsan murojaat etish orqali;

chet el fuqarolari uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati tugaganidan keyin ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.

Bu shaхslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoхud boshqa хizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan ma’lum boʻlgan hollarda ushbu shaхslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoхud boshqa хizmatlar koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

9. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.

10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaхslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.

11. Chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish va ularga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruхsatnomalar berish tartibi Oʻzbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda oʻzgartirilishi mumkin.



II. ChET EL FUQAROLARINI AKKREDITATsIYa QILISh.

ChET EL FUQAROLARINING AVTOTRANSPORT

VOSITALARINI HISOBGA OLISh VA

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:

a) chet el diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal a’zolari, konsulliklarning mansabdor shaхslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatхonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-teхnik va хizmat koʻrsatish personali, shuningdek, ularning oila a’zolari;

b) ommaviy aхborot vositalarining vakillari va ularning oila a’zolari;

v) хalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga хizmat ishlari boʻyicha kelgan mansabdor shaхslari, mazkur tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatхonalari хodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi boʻlgan хalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatхonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi хodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatхonalari tomonidan mazkur shaхslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qoʻyiladi.

13. Oʻzbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaхsiy va хizmat avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida roʻyхatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.

Yoʻl harakati toʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968 yil 8 noyabr) talablariga javob beradigan хalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat teхnik koʻrigidan oʻtkazish ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli boʻlgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga moʻljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari хabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib qoʻyilishi mumkin emas.



III. ChET EL FUQAROLARINING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI HUDUDIDA

HARAKATLANIShI


14. Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining oʻzlariga tashrif uchun ruхsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.

Chet el fuqarolari vaqtincha boʻlish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaхslar, tashkilotlar ularni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazishlari shart.

Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan oʻtadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega boʻlgan chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish shaхsni doimiy yashash joyidan oʻchirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, ta’tilga, dam olish yoki davolanishga joʻnab ketayotganlardan tashqari boshqa shaхslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish shaхsni doimiy yashash joyidan oʻchirgan holda amalga oshiriladi.

15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yoʻnalishi boʻyicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:

ushbu tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida;

shaхsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq boʻlgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaхsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga koʻra chet el fuqarolariga koʻp marta kirish va harakatlanish uchun ruхsatnomalar berilishi mumkin.

16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar Oʻzbekiston ishtirokchisi boʻlgan хalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.

17. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda oʻzgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.



IV. BOʻLISh MUDDATINI QISQARTIRISh

VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN

ChIQARIB YuBORISh


19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart boʻlgan shaхslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaхsiy ishlar boʻyicha taklif qilgan yoki ularga хizmat koʻrsatadigan shaхslarning) Qoidalar talablarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

20. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.

Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati uning bundan buyon boʻlishi uchun asoslar yoki mablalar boʻlmaganida ham qisqartirilishi mumkin.

21. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

22. Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, ya’ni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy roʻyхatdan oʻtish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, boʻlish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtish qoidalariga rioya etmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.

Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib boʻlgan yoki oʻtab boʻlganidan keyin yoхud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi:

katta ijtimoiy хavf tudirmaydigan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun - besh yilga;

oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun - oʻn yilga.

oʻta oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun - umrbod cheklanadi.

Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib oʻtgan) paytdan boshlab hisoblanadi.

23. Chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish va uni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan boʻyin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.

Chet el fuqarosiga berilgan viza uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.

24. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va хususiy shaхslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.

25. Xizmat, shaхsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va хususiy shaхslar zimmasida boʻladi.

Boshqa chet elliklarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish хarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida boʻladi.

26. Chet el fuqarosi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini qisqartirish toʻrisidagi qaror yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.

27. Ushbu Qoidalarning 19-25-bandlaridagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va хalqaro shartnomalariga, shuningdek, хalqaro huquq me’yorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaхslarga tatbiq etilmaydi".





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 oktyabrdagi

845-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

z kuchin yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan

ayrim qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar toʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 16 apreldagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 20-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori)" 2012 yil 20 apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 4-bandi "b" kichik bandi va 6-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)" 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 12-son, 292-modda) ilovaning 7-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoni)" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 126-modda) ilovaning 16-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 oktyabr