Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 y. 675-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 12 maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.08.2018 y.

N 675



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "ADVOKATURA INSTITUTI

SAMARADORLIGINI    TUBDAN   OShIRISh

VA ADVOKATLARNING MUSTAQILLIGINI

KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2018 YIL 12 MAYDAGI PF-5441-SON FARMONINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 12 maydagi PF-5441-son Farmoniga muvofiq, professional yuridik yordam koʻrsatish sifatini oshirish va advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya olish tartibotini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli hududlarda yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlari reyestrini yuritadilar.

Yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlari, shuningdek ushbu tashkilotlarda ishlayotgan yuridik maslahatchilar toʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining advokatlik faoliyatini quyidagi iхtisosliklar boʻyicha litsenziyalash haqidagi taklifiga rozilik berilsin:

fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;

ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Belgilansinki, iхtisoslashuv faqat fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatishda talab qilinadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda faoliyat yuritayotgan advokatlarni attestatsiyadan oʻtkazmasdan, ular tanlagan har ikki iхtisoslik yoki ularning biri boʻyicha advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishini, shuningdek ularni davlat bojlari va yiimlarini toʻlashdan ozod etilishini ta’minlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 avgust