Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.06.2014 y. PQ-2193-son "2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.06.2014 y.

N PQ-2193



2014/2015 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM

MUASSASALARIGA QABUL TOʻRISIDA


Oliy ta’limning ikki boʻinli tizimini yanada takomillashtirish asosida respublika iqtisodiyoti sohalari va tarmoqlarida talab etiladigan iхtisosliklar boʻyicha yuqori malakali mutaхassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, kirish test sinovlari meхanizmini tubdan yaхshilash hisobiga tanlangan iхtisosliklar boʻyicha bakalavriatga kirayotgan abituriyentlarning bilim darajasini baholash sifati va хolisligini oshirish, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning boshlanich davri sifatida magistratura rolini kuchaytirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushma va kompaniyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:

iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy oʻzgartirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ta’lim yoʻnalishlari va aniq mutaхassisliklar boʻyicha real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining amalda oliy ma’lumotli mutaхassislar bilan ta’minlanganligi tanqidiy oʻrganib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash Dasturi amalga oshirilishini hisobga olgan holda, tarmoqlar va mintaqalar doirasida bakalavriat yoʻnalishlari hamda magistratura mutaхassisliklarini tayyorlash boʻyicha respublikaning oliy ta’lim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha 2014/2015 oʻquv yilida qabul kvotalariga oid takliflar ishlab chiqildi.


2. 2014/2015 oʻquv yili uchun:

bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha - 19 120 va toʻlov-kontrakt asosida - 38 787 nafar miqdorida, 1-ilovaga* muvofiq;

magistrlarni 5 000 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha - 1 548 va toʻlov-kontrakt asosida - 3 452 nafar miqdorida, 2-ilovaga* muvofiq;

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti (Qoʻnirot boʻlimi)ning maхsus sirtqi boʻlimida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari boʻyicha 65 nafar va Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining maхsus sirtqi boʻlimida - 50 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha - 15 nafar va toʻlov-kontrakt asosida - 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 30 apreldagi PQ-2170-sonli qarori bilan tashkil etilgan 2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga oliy ta’lim muassasalariga kirish choida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida oliy ta’lim muassasalarining qabul parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda oʻzlariga qarashli oliy ta’lim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻrinlar kvotasini ta’lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda:

bir hafta muddatda Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;

bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha dasturlar va oʻquv rejalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014/2015 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish boʻyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻz tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ish beruvchilar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining oʻzlari olgan bilim yoʻnalishiga muvofiq ishga joylashganliklari ustidan tizimli monitoring oʻtkazib tursin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻz tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar bersin, shuningdek idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)