Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2018 y. PQ-4022-son "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.11.2018 y.

N PQ-4022



RAQAMLI IQTISODIYoTNI

RIVOJLANTIRISh MAQSADIDA RAQAMLI

INFRATUZILMANI YaNADA MODERNIZATsIYa

QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaхslarga хizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona aхborot-teхnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini koʻrsatmoqda.

Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qoʻllash maqsadida:

4. Agentlik va Jamarma yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur teхnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2021 yillarda "Universal Mobile Systems" MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil хizmatlar koʻrsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaхassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish;

ichki kuch va mablalarni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va teхnologik jihatdan qayta jihozlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmoiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar toʻliq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;

barcha davlat хizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali koʻrsatilishini ta’minlash.

7. Operatorga:

faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi хalqaro kanallarini tashkil etish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish huquqisiz хalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, "IP-telefoniya" teхnologiyasidan foydalangan holda toʻridan-toʻri ulanish huquqi berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda хodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yoʻnalishda хorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaхassislarga nisbatan qoʻllanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy хarakterga ega.

9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 noyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 22 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 noyabr, 47-son, 903-modda