Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 y. 944-son "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2018 y.

N 944




MAKTABGAChA TA’LIM

SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

ShAKLLARINI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikning хususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, хususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-хususiy sheriklik:

хususiy sherikning tashabbusi bilan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida tanlov oʻtkazilmasdan toʻridan-toʻri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi;

loyihani amalga oshirish doirasida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish boʻyicha bitim tuzgan хususiy sherikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:

bir hafta muddatda хususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqsin;

bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 noyabr, 47-son, 908-modda