Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 y. 983-son "Yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.12.2018 y.

N 983



YeR QA’RINI GEOLOGIK OʻRGANISh, FOYDALANISh

VA MUHOFAZA QILISh SOHASIDAGI BOShQARUV

VA NAZORAT QILISh TIZIMINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida", "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va samarali nazorat qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaхiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

Foydali qazilmalarni qazish choida yer qa’rini muhofaza qilishning yagona qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:

oldin berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomalarini 2018 yil 31 dekabrga qadar tanqidiy koʻrib chiqsin va zarurat boʻlganda konga ishlov berish hamda foydali qazilmalar qazib olish bilan boliq boʻlmagan maqsadlar uchun yangi kon ajratish dalolatnomasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq bersin;

yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati nazorat qilinishini kuchaytirsin;

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar oʻrtasida ushbu qarorning mazmun va mohiyati boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 4 dekabrdagi

983-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1997 yil 13 yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 1-son, 1-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2000 yil 30 avgustdagi 338-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 54-modda) ilovaning 5-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2007 yil 19 iyuldagi 147-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 7-son, 40-modda) ilovaning 2-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoхud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaхiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2007 yil 9 noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 11-son, 63-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2010 yil 17 dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 12-son, 69-modda) ilovaning 3 va 4-bandlari.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2011 yil 18 fevraldagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 2-son, 12-modda) ilovaning 1-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 28 iyuldagi 220-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 7-son, 66-modda).


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 45-46-son, 470-modda) ilovaning 6-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda) ilovaning 9-bandi.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida" 2013 yil 8 oktyabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 10-son, 72-modda) ilovaning 9-bandi.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2014 yil 3 martdagi 45-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 3-son, 16-modda) 1-ilovaning 7-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 73-modda) 2-ilovaning 1-bandi.


14. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 1-son, 9-modda) ilovaning 2 va 3-bandlari.


15. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 iyundagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 122-modda) 3-ilovaning 2-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 dekabr