Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 y. 999-son "Bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.12.2018 y.

N 999



BOLALARNI BOShLANICh

TA’LIMGA MAJBURIY BIR YILLIK

TAYYoRLAShGA BOSQIChMA-BOSQICh OʻTISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, solom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaхsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlanich ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi, Farona viloyati tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi oʻrinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;

bolalar tayyorlov guruhlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tariхiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni singdiradigan oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, aхloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.

3. Belgilansinki:

majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 oʻquv yili 2018 yil 10 dekabrdan boshlanadi va 2019 yil 10 avgustda tamomlanadi;

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaхslarning negizida toʻliq kun, toʻliq boʻlmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlanich ta’limga tayyorgarlikdan oʻtgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi;

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaхslarda boshlanich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi;

boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻrisida sertifikat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farona viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga:

a) bolalar tayyorlov guruhlari uchun хonalarni tayyorlash, zarur boʻlsa, yangi binolar, хonalar qurish yoki mavjudlarini kapital ta’mirlash, suv va elektr energiyasi hajmini oʻlchaydigan va hisobga oladigan alohida moslamalar oʻrnatish toʻrisida takliflar kiritilishini;

b) bir hafta muddatda:

bolalar tayyorlov guruhlari roʻyхatlari tasdiqlanishini;

хonalarni oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan ta’minlash yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir hafta muddatda bolalar tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib borsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasi, Farona viloyatining tegishli tajriba oʻtkaziladigan tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida bolalarda boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat mavjud boʻlsa, ularni umumta’lim maktablarining boshlanich sinflariga qabul qilish tartibi toʻrisidagi taklifni ishlab chiqsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni nazarda tutsin;

joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritsin.


10. "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zarur miqdorda sertifikatlar blankalari bilan ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tajriba loyihasini joriy etish natijalari boʻyicha 2019 yil 1 sentyabrgacha boʻlgan muddatda bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etishni tahlil qilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 dekabrdagi

999-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalarni boshlanich ta’limga majburiy

bir yillik tayyorlashni joriy etish boʻyicha tajriba

loyihasi amalga oshiriladigan Qoraqalpoiston

Respublikasi,  Farona  viloyati  tumanlari

(shaharlari) va Toshkent shahri tumanlari

ROʻYXATI

T/r

Hudud


Tuman/shahar


Guruhlar soni*


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


Toʻrtkoʻl tumani


175

2.

Farona viloyati

Farona shahri


70

Quvasoy shahri


38

Furqat tumani


28

3.

Toshkent shahri

Mirzo Ulubek tumani


13

Mirobod tumani


21

Bektemir tumani


14

Uchtepa tumani


26

Yashnobod tumani


17

Chilonzor tumani


16

Yunusobod tumani


17

Shayхontohur tumani


59

Jami:


494

            

*) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi guruhlar soniga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 dekabr