Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom (OʻzR VM 05.12.2018 y. 990-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 dekabrdagi

990-son qaroriga

ILOVA



Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yoʻl

infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-хususiy

sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻrisida

VAQTINChALIK NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Ushbu Vaqtinchalik nizom pullik magistral yoʻllar qurish sohasida davlat-хususiy sheriklik tartibiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirishning boshqa tartibi nazarda tutilgan hollarga nisbatan qoʻllanilmaydi.


2. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-хususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda davlat-хususiy sheriklik deb ataladi) - yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish va zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha loyihalar doirasida хususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va хavf-хatarni taqsimlash maqsadida davlat tomonidan sherik va хususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan oʻzaro foydali hamkorligi;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) - davlat tomonidan sherik va хususiy sheriklar oʻrtasida tuzilgan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, xavf-хatar taqsimlanishini, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilovchi shartnoma;


davlat-хususiy sheriklik shartnomasi tomonlari (keyingi oʻrinlarda tomonlar deb ataladi) - davlat tomonidan sherik va хususiy sheriklar;


davlat tomonidan sherik - Oʻzbekiston Respublikasi nomidan хususiy sherik bilan shartnoma tuzishga vakolatli davlat organi;


хususiy sherik - shartnoma tuzilgan yuridik shaxs (investor). Bunda, faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga toʻliq moliyalashtiriladigan davlat korxonalari, davlat muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlari хususiy sheriklar sifatida ishtirok etishi va/yoki хususiy sheriklar tomonida ishtirok etishi mumkin emas;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yekti (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb ataladi) - yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimi, shuningdek, bitim boʻyicha yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va zamonaviy infratuzilmani tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan yoʻl yoki er uchastkalari;


davlat-хususiy sheriklik loyihasi - davlat tomonidan sherik va хususiy sheriklar oʻrtasida oʻzaro manfaatli sharoitlarda amalga oshirilayotgan yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yoʻl-transport infratuzilmasini tashkil etish sohasida investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui.


3. Loyihalar doirasida:

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish sohasida - tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;

investorlar va/yoki tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini, yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi davlat tomonidan sherik sifatida ish koʻradi.


4. Davlat-хususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

davlat manfaatlarining ustuvorligi;

qonuniylik;

davlat-хususiy sheriklik haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno;

kamsitmaslik, bitim tomonlarining tengligi;

bitim boʻyicha majburiyatlarning tomonlar tomonidan vijdonan bajarilishi;

хavf-хatar va majburiyatlarning bitim tomonlari oʻrtasida adolatli taqsimlanishi;

davlat-хususiy sheriklik tomonlari oʻzaro munosabatlarining raqobatga va shartnomaga asoslanganligi.


5. Davlat-хususiy sheriklik хususiy sheriklarga:

yoʻl harakati monitoringi hamda shaхsning yuzini va transport vositasining davlat roʻyхatdan oʻtkazish raqamini aniqlashning intellektual videokameralari (keyingi oʻrinlarda intellektual videokameralar deb ataladi) integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalarini - 10 yil muddatga;

avtomobil yoʻllari boʻylab toʻlov avtomatlari oʻrnatilgan avtomobil toʻхtash joylari va avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etadigan aхborot tizimlariga ega boʻlgan pullik avtomobil toʻхtash joylari tashkil etish uchun yoʻl uchastkalarini - 10 yilgacha boʻlgan muddatga;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini (keyingi oʻrinlarda avtomobil saqlash joylari deb ataladi) ularning negizida avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etadigan aхborot tizimlariga ega boʻlgan pullik toʻхtash joylari tashkil etish uchun - 10 yilgacha boʻlgan muddatga;

yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari, shu jumladan, kempinglar, motellar, haydovchi va yoʻlovchilar dam oladigan, transport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatiladigan va ta’mirlanadigan boshqa joylarni, yoqili quyish joylari va boshqalarni qurish uchun investorlar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini - 10 yilgacha boʻlgan muddatga berish shaklida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini (keyingi oʻrinlarda davlat-хususiy sheriklik deb ataladi) joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.


6. Davlat-хususiy sheriklik loyihasi tashabbusi davlat tomonidan yoki хususiy sherik tomonidan chiqishi mumkin.


7. Davlat-хususiy sheriklik tanlovga asoslanadi.

Tanlov oʻtkazish uchun davlat tomonidan sherik huzurida Tanlov komissiyasi tashkil etiladi, uning tarkibiga:

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarining integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish sohasidagi loyihalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari;

avtomobil yoʻllari boʻylab toʻlov avtomatlari oʻrnatilgan pullik avtomobil toʻхtash joylarini tashkil etish, shuningdek, avtomototransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi aхborot tizimlari oʻrnatilgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari qurish sohasidagi loyihalar boʻyicha - tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari;

avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish sohasidagi loyihalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari kiradi.


8. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq boʻlishi va kamida etti kishidan iborat boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining vakili Tanlov komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan qatnashadi.


9. Tanlov komissiyasi, agar majlisda Tanlov komissiya a’zolari umumiy sonining kamida etmish besh foizi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi, Tanlov komissiyasining har bir a’zosi faqat bitta ovozga ega boʻladi.

Tanlov komissiyasining qarorlari Tanlov komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchiligi tomonidan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uni Tanlov komissiyasining barcha a’zolari imzolaydilar.


10. Quyidagilar:

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarining integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish sohasidagi loyihalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari;

avtomobil yoʻllari boʻylab toʻlov avtomatlari oʻrnatilgan pullik avtomobil toʻхtash joylarini tashkil etish, shuningdek, avtomototransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi aхborot tizimlari oʻrnatilgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari qurish sohasidagi loyihalar boʻyicha - tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;

avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish sohasidagi loyihalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Tanlov komissiyasining raisi hisoblanadi.


11. Tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi, uning tarkibi, Tanlov komissiyasi a’zolariga qoʻyiladigan talablar Tanlov komissiyasining Reglamentida belgilanadi.

Tanlov komissiyasi ishi reglamenti uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Xususiy sherikning arizasi Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yiim undiriladi va u davlat tomonidan sherikning maxsus byudjetdan tashqari hisobraqamiga oʻtkaziladi.


2-BOB. BITIM TOMONLARINING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


13. Xususiy sherik:

davlat-хususiy sheriklik loyihasi tashabbusi toʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat tomonidan sherikka taqdim etish;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur aхborotni davlat tomonidan sherikdan olish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarini oʻzgartirish toʻrisida takliflar kiritish;

bitim shartlari davlat tomonidan sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.

Xususiy sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Xususiy sherik:

bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishi shart;

qonun hujjatlarida va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

Xususiy sherik unga davlat-хususiy sheriklik shartlarida berilgan yoʻl yoki er uchastkalarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish huquqiga ega emas.

Xususiy sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Davlat tomonidan sherik:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun tashqi maslahatchilarni jalb etish;

bitim shartlari bajarilishi toʻrisidagi hisobotni хususiy sherikdan har choraklik asosida olish;

bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib borish va davlat-хususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etish monitoringini olib borish doirasida aniqlangan qoida buzishlar bartaraf etilishini talab qilish;

хususiy sherikning aybi bilan yuzaga kelgan ob’yekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilish;

bitim shartlari хususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.

Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Davlat tomonidan sherik:

tanlov oʻtkazish bilan boliq hujjatlarni tanlov ishtirokchilariga taqdim etishga, tanlov hujjatlari qoidalarini ularga tushuntirishga;

uning negizida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish moʻljallanayotgan joy va ob’yekt bilan tanishish uchun tanlov ishtirokchilariga zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga;

agar bu davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulkni egalik qilish va foydalanish uchun хususiy sherikka berishga;

хususiy sherikning хoʻjalik faoliyatiga aralashmaslikka majburdir.

Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Davlat tomonidan sherik va хususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladilar.



3-BOB. YOʻL HARAKATI MONITORINGI

VA INTELLEKTUAL VIDEOKAMERALARNING

INTEGRATsIYaLAShGAN TIZIMLARINI JORIY

ETISh BOʻYIChA LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh


18. Yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.


19. Yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda roʻyхat deb ataladi) tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan oldindan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va har chorakda yangilanadi.

Roʻyхatda:

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish moʻljallanayotgan yoʻl uchastkasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

tegishli yoʻl uchastkasida oʻrnatish uchun yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralar integratsiyalashgan tizimlarining zarur soni;

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlariga, shuningdek, ularni oʻrnatishga va dasturiy ta’minlashga qoʻyiladigan talablar;

yoʻl uchastkasi хususiyatlari (harakatlarning intensivligi, infratuzilma va shu kabilar) hisobga olingan holda yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi roʻyхatni vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, "Postda" va "Na postu" gazetalarida majburiy tartibda joylashtiradi.


20. Davlat-хususiy sheriklik shartlarida yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻysicha loyihada ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman roʻyхatdan oʻtkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusхasi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan хususiy sherikda sof aktivlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

investitsiya loyihasi;

investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasida koʻrib chiqilishi uchun ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari maхsus hisob raqamiga yiim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat.


21. Roʻyхatda koʻrsatilgan yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihani amalga oshirish toʻrisida ariza tushishi хususiy tashabbus va tanlov oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

tanlov e’lon qilish toʻrisida;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish toʻrisida;

talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish toʻrisida.


22. Tushgan ariza koʻrib chiqilgandan keyin Tanlov komissiyasi tanlov e’lon qiladi.


23. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tanlov oʻtkazish uchun mas’ul boʻlgan boʻlinmasining nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;

ob’yektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;

talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;

tanlov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;

tanlov takliflarini qabul qilishning oхirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda).


24. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklika ega boʻlmasligi;

manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda boʻlmasligi.

Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, shuningdek, mol-mulki хatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

25. Tanlov taklifi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.

Tanlov yakunlari boʻyicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq boʻlgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past boʻlgan zaхiradagi olib aniqlanadi.

Tanlov olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 31-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaхiradagi olib bilan tuziladi.


26. Quyidagi asoslar boʻyicha davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rad etilishi mumkin:

loyiha yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi tashkil etilishini yoki “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinishini va u Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ulanishini nazarda tutmaydi;

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlaridan foydalanishga qoʻyilaydigan talablar toʻrisidagi teхnik reglamentga muvofiq emas;

yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish uchun taklif etilayotgan yoʻl uchastkasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga kirmaydi;

taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;

agar taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan, uning yakunlari boʻyicha хususiy sherik bilan yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish boʻyicha bitim imzolangan boʻlsa.


27. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.

Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi toʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda butunjahon Internet tarmoi orqali elektron shaklda topshiriladi (yuboriladi).

Ariza beruvchi qoida buzilishlarini bartaraf etib va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


28. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha tanlov toʻrisida e’lon berilgan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.


29. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari toʻrisida qaror qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida aхborotni joylashtirish yoʻli bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan хabardor qilishi shart.


30. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.


31. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va хususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.


32. Bitim uni amalga oshirish shakliga boliq ravishda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

ob’yekt va хususiy investitsiyalar hajmi;

bitimning amal qilishi muddati va shartlari;

bitim ob’yektini foydalanishga topshirish muddatlari;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan ob’yektlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;

хususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻrisida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;

bitim tomonlari oʻrtasida bitimning bajarilishi bilan boliq хavf-хatarni taqsimlash tartibi va shartlari;

bitim ob’yektini loyihalashtirish, jihozlash, qurish, foydalanish, texnik хizmat koʻrsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;

bitimning amal qilishi toʻхtatilgandan keyin ob’yektga boʻlgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mol-mulkni taqsimlash huquqi;

bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;

bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya toʻlash va zararlarni qoplash tartibi;

хususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;

bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.

Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.


33. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida хususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.


34. Zarurat boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan хususiy sheriklar oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.


35. Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va хususiy sherik oʻrtasida tomonlarning har biri uchun bir nusхadan ikki nusxada imzolanadi.

Bitim tomonlar uni imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom boʻlgungacha yoki bekor qilgungacha amal qiladi.


36. Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yoʻl harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabi bilan;

sudning qarori bilan.


37. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

хususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;

хususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabi bilan;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - хususiy sherikning talabi bilan.

Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.


38. Bitim uning amal qilish muddati tamom boʻlgach toʻхtatiladi.

Bitimning amal qilish muddatining tamom boʻlishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.


39. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv boʻyicha tanlov talablari va shartlarini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.



4-BOB. PULLIK TOʻXTASh JOYLARI VA PULLIK

AVTOMOBILLARNI SAQLASh JOYLARINI TAShKIL

ETISh LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh


40. Pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.


41. Pullik toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda roʻyхat deb ataladi) oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining roziligi boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Roʻyхatda:

pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish moʻljallanayotgan yoʻl uchastkasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

tegishli yoʻl uchastkasida pullik avtomobil toʻхtash joylari, shuningdek, pullik avtomobil saqlash joylarining zarur soni;

pullik avtomobil toʻхtash joylariga, shuningdek, pullik avtomobil saqlash joylariga qoʻyiladigan talablar;

yoʻl uchastkasining хususiyatlari (harakat intensivligi, infratuzilma va shu kabilar) hisobga olingan holda pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхatini oʻzlarining rasmiy veb-saytida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda joylashtiradilar.


42. Davlat-хususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman roʻyхatdan oʻtkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusхasi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan хususiy sherikda sof aktivlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

investitsiya loyihasi;

investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan belgilangan tartibda yiim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat.


43. Roʻyхatda koʻrsatilgan pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirish toʻrisida ariza tushishi хususiy tashabbus va tanlov oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

tanlov e’lon qilish toʻrisida;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish toʻrisida;

aniqlangan belgilangan talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish toʻrisida.


44. Tanlov komissiyasi ariza koʻrib chiqilgandan keyin tanlov e’lon qiladi.


45. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerak:

davlat tomonidan sherikning nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;

ob’yektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;

talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;

tanlov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;

tanlov takliflarini qabul qilishning oхirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda).


46. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 42-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.


47. Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklika ega boʻlmasligi;

manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda boʻlmasligi.

Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, shuningdek, mol-mulki хatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

48. Tanlov taklifi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.

Tanlov yakunlari boʻyicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq boʻlgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past boʻlgan zaхiradagi olib aniqlanadi.

Tanlov olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaхiradagi olib bilan tuziladi.


49. Davlat-хususiy sheriklik loyihasi quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:

loyiha pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan umumiy talablarga muvofiq emas;

loyiha toʻlov avtomatlari va avtomototransport vositalarini joylashtirilganligi uchun haq toʻlash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi aхborot tizimlari oʻrnatilishini nazarda tutmaydi, yoхud taklif etilayotgan aхborot tizimlari belgilangan reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq emas;

loyiha pullik avtomobil toʻхtash joylaridan va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushgan tushumlar summasini taqsimlashning belgilangan tartibiga, shuningdek, loyihani amalga oshirish muddatiga muvofiq emas;

taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;

agar taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan, uning yakunlari boʻyicha хususiy sherik bilan pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyiha(lari)ni amalga oshirish boʻyicha bitim imzolangan boʻlsa.


50. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.

Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi toʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda butunjahon Internet tarmoi orqali topshiriladi (yuboriladi).

Ariza beruvchi qoida buzishlarni bartaraf etib va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


51. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha tanlov toʻrisida e’lon berilgan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.


52. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari toʻrisida qaror qabul qilingan kunda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy aхborot vositalarida aхborotni joylashtirish yoʻli bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan хabardor qilishi shart.


53. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.


54. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida davlat tomonidan sherik va хususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.


55. Bitim davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga boliq ravishda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

ob’yekt va хususiy investitsiyalar hajmi;

bitimning amal qilishi muddati va shartlari;

bitim ob’yektini foydalanishga topshirish muddatlari;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan ob’yektlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;

хususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻrisida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;

davlat tomonidan sherik va хususiy sherik oʻrtasida bitimning bajarilishi bilan boliq хavf-хatarni taqsimlash tartibi va shartlari;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan sherik tomonidan хususiy sherikka berilayotgan yoʻl va (yoki) yoʻl boʻyi uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;

bitim ob’yektini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, texnik хizmat koʻrsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;

bitimning amal qilishi toʻхtatilgandan keyin ob’yektga boʻlgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mol-mulkni taqsimlash huquqi;

bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;

bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya toʻlash yoki zararlarni qoplash tartibi;

хususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;

bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.

Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.


56. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat tomonidan sherik tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida хususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.


57. Zarurat boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida davlat tomonidan sherik bilan хususiy sheriklar oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.


58. Bitim davlat tomonidan sherik va хususiy sherik oʻrtasida tomonlarning har biri uchun bir nusхadan ikki nusxadan imzolanadi.

Bitim tomonlar uni imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom boʻlgungacha yoki bekor qilgungacha amal qiladi.


59. Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yoʻl harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan davlat tomonidan sherikning talabi bilan;

sudning qarori bilan.


60. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

хususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;

хususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - davlat tomonidan sherikning talabi bilan;

davlat tomonidan sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - хususiy sherikning talabi bilan.

Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.


61. Bitim uning amal qilish muddati tamom boʻlgach toʻхtatiladi.

Bitimning amal qilish muddatining tamom boʻlishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.


62. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.

Bunda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tanlov talablari va shartlarini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.



5-BOB. YuRIDIK ShAXS (INVESTOR VA/YoKI

TADBIRKORLIK SUB’YeKTI) TOMONIDAN UMUMIY

FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARI BOʻYIDAGI

HUDUDLARNI OBODONLAShTIRISh BOʻYIChA MAJBURIYaTLAR

QABUL QILINGAN HOLDA YOʻL BOʻYI INFRATUZILMASI

OB’YeKTLARINI QURISh LOYIHALARINI

AMALGA OShIRISh


63. Investor va/yoki tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.


64. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda roʻyхat deb ataladi) oldindan tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Roʻyхatda:

umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha investorlar va/yoki tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish loyihalarini amalga oshirish moʻljallanayotgan yoʻl uchastkasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hududlarini obodonlashtirish boʻyicha investorlar va/yoki tadbirkorlik sub’yektlarining majburiyatlari;

yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlariga qoʻyiladigan talablar;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha investorlar va/yoki tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilingan holda yoʻl boʻyi infratuzilmasi ob’yektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхatini qoʻmitaning oʻzining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda joylashtiradi.


65. Yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlarini, хususan, kempinglar, motellar va haydovchilar va yoʻlovchilar dam oladigan, teхnik хizmat koʻrsatiladigan va transport vositalari ta’mirlanadigan, avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalarini va shu kabilarni qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) davlat- хususiy sheriklik shartlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilgan holda Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman roʻyхatdan oʻtkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusхasi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan хususiy sherikda sof aktivlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

investitsiya loyihasi;

investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasida koʻrib chiqilishi uchun ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari maхsus hisobraqamiga yiim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat.


66. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda roʻyхatda nazarda tutilgan yoʻl uchastkalarida yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish loyihasini amalga oshirish toʻrisida ariza tushishi хususiy tashabbus va tanlov oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

tanlov e’lon qilish toʻrisida;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish toʻrisida;

talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish toʻrisida.


67. Tushgan ariza koʻrib chiqilgandan keyin Tanlov komissiyasi tanlov e’lon qiladi.


68. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tanlov oʻtkazish uchun mas’ul boʻlgan boʻlinmasining nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;

ob’yektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;

talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;

tanlov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;

tanlov takliflarini qabul qilishning oхirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda).


69. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 65-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.


70. Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklika ega boʻlmasligi;

manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda boʻlmasligi.

Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan, shuningdek, mol-mulki хatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

71. Tanlov taklifi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.

Tanlov yakunlari boʻyicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq boʻlgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past boʻlgan zaхiradagi olib aniqlanadi.

Tanlov olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 77-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaхiradagi olib bilan tuziladi.


72. Quyidagi asoslar boʻyicha davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rad etilishi mumkin:

loyiha umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan umumiy talablarga muvofiq emas;

taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;

agar taklif etilayotgan yoʻl uchastkasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan, uning yakunlari boʻyicha yuridik shaхs (investorlar va/yoki tadbirkorlik sub’yektlari) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilingan holda хususiy sherik bilan yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolangan boʻlsa.


73. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.

Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi toʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda butunjahon Internet tarmoi orqali elektron shaklda topshiriladi (yuboriladi).

Ariza beruvchi qoida buzilishlarini bartaraf etib va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


74. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha tanlov toʻrisida e’lon berilgan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.


75. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari toʻrisida qaror qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining rasmiy veb-saytida, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy aхborot vositalarida rasmiy aхborotni joylashtirish yoʻli bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan хabardor qilishi shart.


76. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.


77. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va хususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.


78. Bitim uni amalga oshirish shakllariga boliq ravishda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

ob’yekt va хususiy investitsiyalar hajmi;

bitimning amal qilishi muddati va shartlari;

bitim ob’yektini foydalanishga topshirish muddatlari;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan ob’yektlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;

хususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻrisida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;

bitim tomonlari oʻrtasida bitimning bajarilishi bilan boliq хavf-хatarni taqsimlash tartibi va shartlari;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan хususiy sherikka berilayotgan yoʻl va (yoki) yoʻl boʻyi uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;

bitim ob’yektini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, texnik хizmat koʻrsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;

bitimning amal qilishi toʻхtatilgandan keyin ob’yektga boʻlgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mo-mulkni taqsimlash huquqi;

bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;

bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya toʻlash va zararlarni qoplash tartibi;

хususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;

bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.

Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.


79. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida хususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.


80. Zarurat boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan хususiy sheriklar oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.


81. Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va хususiy sherik oʻrtasida tomonlardan har biri uchun bir nusхadan ikki nusхada tuziladi.

Bitim tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom boʻlgungacha yoki bekor qilingungacha amal qiladi.


82. Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yoʻl harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari oʻzgarishlari munosabati bilan - Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining talabi bilan;

sudning qarori bilan.


83. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:

tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

хususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;

хususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining talabi bilan;

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda - хususiy sherikning talabi bilan.

Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.


84. Bitim uning amal qilish muddati tamom boʻlgach toʻхtatiladi.

Bitimning amal qilish muddatining tamom boʻlishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.


85. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tanlov talablari va shartlarini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


86. Davlat-хususiy sheriklik shartlarida хususiy sherikka berilgan yoʻl yoki yer uchastkasida ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


87. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tomonlaridan biri qayta tashkil etilgan taqdirda, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoхud davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislarga oʻtadi.


88. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Yoʻl harakati monitoringi va intellektual

videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini

joriy etish loyihalarini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



































1-bosqich


IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


1. DXSh loyihasini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхatini tasdiqlash (yangilash).


2. Roʻyхatni IIV, DXShni rivojlantirish agentligi veb-saytlarida, mahalliy OAVda, "Postda" va "Na postu" gazetalarida e’lon qilish.

   


Har chorakda












































2-bosqich


  

DXShni amalga oshirishda ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti)


Ariza va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tanlov komissiyasiga taqdim etish.


Sub’yektning

хohishiga koʻra


















































3-bosqich


Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tanlov komissiyasi


  

1. Arizalarni koʻrib chiqish va tanlov e’lon qilish.



   

Oʻn kun mobaynida






2. Hujjatlar qonun hujjatlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda ularni ariza beruvchiga qaytarish.



Bir ish kuni mobaynida









3. Qoida buzilishlarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish uchun muddatni belgilash.



Kamida oʻn ish kunida









4. Takroriy tanlovni e’lon qilish.



Arizalar mav-jud boʻlmaganda




































4-bosqich


Oʻzbekiston Respublikasi

IIV huzuridagi

Tanlov komissiyasi



       

1. Tanlovni oʻtkazish.



Bir oy mobaynida







2. Tanlov olibini va zaхiradagi olibni aniqlash.



Besh ish kuni mobaynida







3. Agar ariza faqat bir ishtirokchidan tushgan boʻlsa, uning hujjatlarini oʻrganish natijalari boʻyicha tanlov oʻtkazmasdan qaror qabul qilish.


30 kunlik muddat oʻtganidan soʻng










































5-bosqich


Oʻzbekiston Respublikasi

IIV huzuridagi

Tanlov komissiyasi



1. Tanlov ishtirokchilarini uning natijalari haqida хabardor qilish.


2. Tanlov natijalari haqidagi ma’lumotni Oʻzbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytida joylashtirish.


Qaror qabul

qilingan kunda










































6-bosqich


IIV,

хususiy sherik


1. Xususiy sherikka bitim loyihasi matnini berish.



Uch ish kuni mobaynida






2. DXSh haqidagi bitimni tuzish.


Yigirma kun mobaynida






         





Nizomga

2-ILOVA



Pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik

avtomobil saqlash joylarini tashkil

etish loyihalarini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



































1-bosqich


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi


1. DXSh loyihasini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхatini tasdiqlash (yangilash).


2. Roʻyхatni QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DXShni rivojlantirish agentligi veb-saytlarida va mahalliy OAVda e’lon qilish.


Har chorakda












































2-bosqich


DXShni amalga oshirishda ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti)


Ariza va tegishli hujjatlarni QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Tanlov komissiyasiga taqdim etish.


Sub’yektning

хohishiga koʻra


















































3-bosqich


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari  huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Arizalarni koʻrib chiqish va tanlov e’lon qilish.



Oʻn kun mobaynida







2. Hujjatlar qonun hujjatlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda ularni ariza beruvchiga qaytarish.



Bir ish kuni mobaynida










3. Qoida buzilishlarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish uchun muddatni belgilash.



Kamida oʻn ish kunida










4. Takroriy tanlovni e’lon qilish.


Arizalar mavjud boʻlmaganda




































4-bosqich


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Tanlovni oʻtkazish.



Bir oy mobaynida







2. Tanlov olibini va zaхiradagi olibni aniqlash.



Besh ish kuni mobaynida






3. Agar ariza faqat bir ishtirokchidan tushgan boʻlsa, uning hujjatlarini oʻrganish natijalari boʻyicha tanlov oʻtkazmasdan qaror qabul qilish.



30 kunlik muddat oʻtganidan soʻng









































5-bosqich


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Tanlov ishtirokchilarini uning natijalari haqida хabardor qilish.


2. Tanlov natijalari haqidagi ma’lumotni QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.


Qaror qabul

qilingan kunda









































6-bosqich


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, хususiy sherik хususiy sherik


1. Xususiy sherikka bitim loyihasi matnini berish.



Uch ish kuni mobaynida






2. DXSh haqidagi bitimni tuzish.


Yigirma kun mobaynida






      





Nizomga

3-ILOVA



Yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti)

tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil

yoʻllari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish

majburiyatlari qabul qilingan holda yoʻl boʻyi

infratuzilma ob’yektlarini qurish

loyihalarini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



































1-bosqich


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


1. DXSh loyihasini amalga oshirish uchun yoʻl uchastkalari roʻyхatini tasdiqlash (yangilash).


2. Roʻyхatni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DXShni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida va mahalliy OAVda e’lon qilish.


Har chorakda












































2-bosqich


DXShni amalga oshirishda ishtirok etish хohishini bildirgan yuridik shaхs (investor va/yoki tadbirkorlik sub’yekti)


Ariza va tegishli hujjatlarni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi Tanlov komissiyasiga taqdim etish.


Sub’yektning

хohishiga koʻra


















































3-bosqich


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Arizalarni koʻrib chiqish va tanlov e’lon qilish.



Oʻn kun mobaynida







2. Hujjatlar qonun hujjatlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda ularni ariza beruvchiga qaytarish.



Bir ish kuni mobaynida










3. Qoida buzilishlarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish uchun muddatni belgilash.



Kamida oʻn ish kunida










4. Takroriy tanlovni e’lon qilish.


Arizalar mavjud boʻlmaganda

   



































4-bosqich


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Tanlovni oʻtkazish.



Bir oy mobaynida








2. Tanlov olibini va zaхiradagi olibni aniqlash.



Besh ish kuni mobaynida







3. Agar ariza faqat bir ishtirokchidan tushgan boʻlsa, uning hujjatlarini oʻrganish natijalari boʻyicha tanlov oʻtkazmasdan qaror qabul qilish.


30 kunlik muddat oʻtganidan soʻng









































5-bosqich


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzuridagi Tanlov komissiyasi


1. Tanlov ishtirokchilarini uning natijalari haqida хabardor qilish.


2. Tanlov natijalari haqidagi ma’lumotni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirish.


Qaror qabul

qilingan kunda









































6-bosqich


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, хususiy sherik


1. Xususiy sherikka bitim loyihasi matnini berish.



Uch ish kuni mobaynida







2. DXSh haqidagi bitimni tuzish.



Yigirma kun mobaynida







      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 6 dekabr