Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi vazirining 15.11.2018 y. 13-mh-son "Eksternat toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.12.2018 y. 2670-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.12.2018 y.

N 2670-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRINING

15.11.2018 y.

N 13-mh


BUYRUI



Eksternat toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son "Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 789-son "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining 2015 yil 13 apreldagi 9-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2670, 2015 yil 11 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 19-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Eksternat toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          Sh. Shermatov






Buyruqqa

ILOVA



Eksternat toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddimadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’limni tashkil etish toʻrisida"gi qarori" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son "Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Attestatsiyada umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarta asosida 9-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan va tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar, umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarta asosida 11-sinf doirasida mustaqil oʻzlashtirgan va tegishli yilda 18 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar qatnashishi mumkin.".


3. Quyidagi mazmundagi 5-1-band bilan toʻldirilsin:

"5-1. Umumiy oʻrta ma’lumot toʻrisida shahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Ekstern bir vaqtning oʻzida 9-sinf va 11-sinf doirasida attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.".


4. 8-bandning beshinchi хatboshisidan "eksternning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Ekstern 9 va 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeliga asosan attestatsiya oʻtkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan boʻlsa, ushbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi.".


6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Eksternning 9 va 11-sinflardagi baholar (oʻzlashtirish) tabeli boʻlmasa, 9 va 11-sinfda oʻqitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, "Chizmachilik", "Tasviriy san’at", "Musiqa", "Teхnologiya", "Jismoniy tarbiya" fanlari bundan mustasno.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 dekabr, 50-son, 962-modda