Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 y. 1018-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha "Taraqqiyot" respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaхirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.12.2018 y.

N 1018



ISTIQBOLLI BOShQARUV KADRLARINI

TANLASh BOʻYIChA "TARAQQIYoT" RESPUBLIKA

TANLOVI FINALI IShTIROKChILARI ORASIDAN

BOShQARUV KADRLARI ZAXIRASINI ShAKLLANTIRISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son qarorini ijro etish yuzasidan, istiqbolli boshqaruv kadrlari salohiyatidan samarali foydalanish hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqa organlarining kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha "Taraqqiyot" respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaхirasini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) tanlov finalining kamida uch nafar ishtirokchisi kadrlar zaхirasiga kiritilishini hamda tegishli davlat tashkilotining markaziy apparatida va tarkibiy boʻlinmalarida, qoidaga koʻra, boʻsh turgan rahbarlik lavozimlariga birinchi navbatda ishga joylashtirilishini ta’minlaydilar;

istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha "Taraqqiyot" respublika tanlovining (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) finali ishtirokchilariga, agar ular davlat tashkilotlariga ishga joylashsa, ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 12 oy davomida tegishli davlat tashkiloti mablalari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tanlov finali ishtirokchisi davlat tashkilotlariga ishga joylashtirilishi va kasbi boʻyicha faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini tashkil etsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 dekabr