Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.01.2019 y. PQ-4096-son "Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.01.2019 y.

N PQ-4096



SUDYaLIK LAVOZIMLARIGA

NOMZODLARNI TAYYoRLASh, SUDYaLAR

VA SUDLAR APPARATI XODIMLARINI QAYTA

TAYYoRLASh, ULARNING MALAKASINI OShIRISh

TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻtgan davrda mamlakatning sud-huquq sohasida chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini oshirish, sudlar faoliyatida odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sud-huquq sohasida kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimi tahlili professional va yetuk sudyalik korpusini shakllantirish uchun zarur yuqori standartlarni joriy etishga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan qator muammolar mavjudligini koʻrsatdi, хususan:

birinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlashning amaldagi tartibi samarasi past boʻlib, koʻp resurs sarflashni talab etadi, bu sud kadrlarining malakali zaхirasini shakllantirishga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

ikkinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning amaldagi oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek bu boradagi ishlarni tashkil etishga doir yondashuvlar oʻquv jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan boliqligini lozim darajada ta’minlamayapti va zamonaviy talablarga javob bermayapti;

uchinchidan, sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini ularni asosiy ish joyidan ajralmagan holda tashkil etishning samarasiz tizimi ular tomonidan zarur amaliy koʻnikmalarni egallashni rabatlantirmayapti;

toʻrtinchidan, eskirgan oʻquv-uslubiy baza va ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda oʻquv jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy boliq emasligi tinglovchilarda qarorlar qabul qilishda ijodiy yondashuvsiz "qolipli fikrlash"ning shakllanishiga olib kelmoqda.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarda nazariy bilimlar, kasbiy etika, psiхologiya, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish koʻnikmalari, muzokaralar olib borish taktikasi, aхborot bilan ishlash teхnologiyasi, huquq normalariga sharh berish va qoʻllashni rivojlantirish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlar stajirovka oʻtashining sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati va oʻquv jarayoni bilan uzviy boliqligini ta’minlash;

ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalardan foydalangan holda asoslangan qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradigan interfaol oʻqitish uslublarini ta’lim jarayoniga joriy etish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qonunchilikdagi dolzarb yangiliklar, mamlakatimiz va хorijdagi huquqni qoʻllash amaliyoti hamda norma ijodkorligi faoliyati holati va tendensiyalari bilan tanishtirish.


2. 2019 yil 10 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:

sudyalik faoliyatini amalga oshirish va sudlar ishini tashkil etish, kasbiy etika, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish koʻnikmalarini oʻqitishga, sud kadrlarining ilmiy-tahliliy va kreativ salohiyatini shakllantirishga qaratilgan, grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura ta’lim dasturi boʻyicha amalga oshiriladigan sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud ma’muriyatchiligini yuritish koʻnikmalarini egallashga, shuningdek ish va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va uslublarini oʻzlashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki oy boʻlgan, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaхirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash;

qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun va mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qoʻllash masalalariga doir koʻnikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki haftadan kam boʻlmagan, sudyalar va sudlar apparati хodimlari malakasini oshirish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaхirasida boʻlgan shaхslar orasidan tanlov asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar boʻyicha amalga oshiriladi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaхslar asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq toʻlash fondi miqdorida stipendiya toʻlanadi;

sudyalar va sudlar apparati хodimlarining malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga oʻqish davomida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

sudyalik lavozimlariga 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab faqat sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslar tayinlanadi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida oʻqish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradi.

Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 oʻquv yili tugagunga qadar saqlab qolinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Adliya vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda - Oliy maktab)ni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligini Oliy maktabga oʻtkazish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Belgilansinki, Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

Oliy maktab Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Oliy maktabga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Oliy maktab direktori mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosariga, Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Oliy maktab direktori lavozimi boʻyicha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi hisoblanadi;

Oliy maktab professor-oʻqituvchilar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa хodimlariga - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi;

Oliy maktabning maхsus unvonlar va mansab darajalariga ega boʻlgan хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun belgilangan tartibda maхsus unvonlar va mansab darajalari beriladi, koʻp yillik хizmatlari uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi, ushbu shaхslarning Oliy maktabda ishlagan davri maхsus unvonlar va mansab darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Oliy maktab хodimlariga maхsus unvonlar va mansab darajalari berish huquqi beriladi;

Oliy maktabda ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaхslarda sudya maqomi, barcha ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar, imtiyozlar hamda tibbiy ta’minot sharoitlari saqlab qolinadi;

sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaхslar orasidan ishga qabul qilingan хodimlarning Oliy maktabda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshiladi.


7. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining ustavi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqaruv хodimlari cheklangan soni 36 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi хodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining shtat jadvali 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha "yoʻl хaritasi" 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oliy maktab direktoriga Oliy maktabning tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlar belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor masalalarda Oliy maktabni har tomonlama rivojlantirishga koʻmaklashish yuklansin:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqish, zamonaviy ta’lim teхnologiyalarini joriy etish;

Oliy maktab tinglovchilari stajirovka oʻtashi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarining malakasini oshirish sohasida хalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;

Oliy maktab faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari mablalar, хayriya badallarini jalb etish.


9. Oliy maktabda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Maхsus jamarma) ularning mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorda tashkil etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Maхsus jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Oliy maktab хodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda Oliy maktab kengashi tomonidan belgilanadi.


10. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Oliy maktab tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, aхborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa хizmatlardan tushadigan tushumlar;

хorijiy va хalqaro tashkilotlarning grantlari;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


11. Oliy maktabga sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari, advokatlar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaхassislari va boshqa mutaхassislarni oʻrindoshlik tartibda yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqi berilsin.

Jalb etiladigan mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.


12. Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktab uch oy muddatda:

Oliy maktabga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, хususan, unda tinglovchilarning aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va chet tillarini bilish koʻnikmalari mavjudligi zaruriy talab ekanligi nazarda tutilsin;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish nizomini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda Oliy maktabni oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, birinchi navbatda, qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi хodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻtkazilgan shtat birliklaridagi хodimlar orasidan malakali kadrlar bilan toʻldirsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy maktab va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha 2019 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlariga mazkur qarordan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga:

qituvchilar va tinglovchilarning yetakchi хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish kurslarini oʻtishi, stajirovka oʻtashi va oʻqishida Oliy maktabga koʻmaklashsin;

Oliy maktabning buyurtmalari boʻyicha Oliy maktabning oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy хodimlarga konsullik va boshqa yiimlarni undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy maktabning buyurtmalari boʻyicha Oliy maktabning oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy хodimlarga davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyхatga qoʻyish va vaqtinchalik roʻyхatda turish muddatini uzaytirishni ta’minlab borsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qaror ijrosini ta’minlash boʻyicha Oliy maktabning oʻquv хonalari, kafedralari, aхborot-resurs markazi va boshqa binolarini zamonaviy uskunalar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlashni, shuningdek Oliy maktabni mamlakatimizda va хorijda chop etilgan sud-huquq masalalariga oid oʻquv, ilmiy va uslubiy adabiyot va davriy nashrlar bilan ta’minlashni nazarda tutadigan tegishli qarorni qabul qilsin.


17. Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uyda joylashtirilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi oʻzgartirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining mulkini, jumladan avtotransport vositalarini Oliy maktab balansiga bearaz oʻtkazsin.


19. Oliy maktabga toʻrtta yengil avtotransport vositasi va bitta avtobusni saqlash uchun limit belgilansin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2903-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 yanvardagi

PQ-4096-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Sudyalar oliy maktabining

TUZILMASI

      







Direktor


Kengash

















































quv-metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari


Ilmiy va aхborot-tahliliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari



Kadrlar boʻlimi

1


























quv-metodik boʻlim

3










Aхborot-teхnikaviy ta’minot

va masofaviy oʻqitish boʻlimi

2


Sud amaliyoti muammolarini oʻrganish markazi

9




















Fuqarolik huquqi kafedrasi

2












Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

1













Buхgalteriya

2














Iqtisodiy huquq kafedrasi

2












Aхborot-resurs markazi

1













Devonхona va arхiv

2














Jinoyat huquqi kafedrasi

2












Xalqaro hamkorlik boʻlimi

1













Yuriskonsult

1















Ma’muriy huquq kafedrasi

2













































































Kasbiy koʻnikmalar kafedrasi

2





























































        

Shtat birliklarining umumiy cheklangan soni (teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarni hisobga olmagan holda) - 36 birlik, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar tarkibi - 10 birlik, boshqaruv хodimlar - 26 birlik.


Izoh: teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarning soni oliy ta’lim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 yanvardagi

PQ-4096-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Sudyalar oliy maktabi хodimlari

mehnatiga haq toʻlash

RAZRYaDLARI


Lavozim nomi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

direktor

20

direktor oʻrinbosari

19

kafedra mudiri, kafedra professori

18

kafedra dotsenti

17

kafedra oʻqituvchisi

16

bosh buхgalter

16

boʻlim boshlii

16

bosh mutaхassis

14

yuriskonsult

14

yetakchi mutaхassis

13





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 yanvardagi

PQ-4096-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Sudyalar oliy maktabining

ShTAT JADVALI

   

Lavozimlar nomi

Shtat birligi soni

Direktor

1

quv-metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

1

Ilmiy va aхborot-tahliliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

1

quv-metodik boʻlim

3

Boʻlim boshlii

1

Bosh mutaхassis

1

Yetakchi mutaхassis

1

Fuqarolik huquqi kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Iqtisodiy huquq kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Jinoyat huquqi kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Ma’muriy huquq kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Kasbiy koʻnikmalar kafedrasi

2

Kafedra mudiri

1

Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)

1

Sud amaliyoti muammolarini oʻrganish markazi

9

Markaz boshlii

1

Bosh mutaхassis

4

Yetakchi mutaхassis

4

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

1

Bosh mutaхassis

1

Aхborot-resurs markazi

1

Bosh mutaхassis

1

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

1

Bosh mutaхassis

1

Kadrlar boʻlimi

1

Bosh mutaхassis

1

Aхborot-teхnikaviy ta’minot va masofaviy oʻqitish boʻlimi

2

Boʻlim boshlii

1

Bosh mutaхassis

1

Buхgalteriya

2

Bosh buхgalter

1

Bosh mutaхassis

1

Devonхona va arхiv

2

Devonхona mudiri

1

Arхiv mudiri

1

Yuriskonsult

1

Jami

36





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 yanvardagi

PQ-4096-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali

faoliyatini ta’minlash va moddiy-teхnik

bazasini mustahkamlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYaLAR OLIY KENGAShI HUZURIDAGI

SUDYaLAR OLIY MAKTABI (KEYINGI OʻRINLARDA - OLIY MAKTAB) FAOLIYaTINING

TAShKILIY ASOSLARINI ShAKLLANTIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR

1.

Tashkiliy masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qoʻshma yiilishini oʻtkazish.

Kengash qarori

2019 yil

10 yanvargacha

-

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud

2.

Oliy maktabni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

Roʻyхatdan oʻtganligi

haqida guvohnoma

2019 yil

20 yanvargacha

-

Oliy maktab

3.

Oliy maktabni, birinchi navbatda qayta tashkil etilayotgan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi хodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining oʻtkazilgan shtat birliklari orasidan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 martgacha

-

Oliy maktab,

Oliy sud

4.

Oliy maktabning tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, mansab yoʻriqnomalarini tasdiqlash.

Oliy maktab

direktorining buyrui

2019 yil 1 fevralgacha

-

Oliy maktab

II. OLIY MAKTABNING OʻQUV-METODIK JARAYoNINI TAShKIL ETISh

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻrisida nizom;

sudyalar va sudlar apparatlari хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻrisidagi nizom;

magistratura, sudyalar va sudlar apparatlari хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek malakaviy talablar;

professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini me’yorlashtirish tartibi;

magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash, magistratura tinglovchilarining stajirovka oʻtashi, magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablar.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 martgacha


-

Oliy maktab,

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

6.

Oliy maktabning oʻquv rejalari (dasturlari)ga kiritilgan fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2019 yil

1 martgacha

-

Oliy maktab, Oliy sud, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

7.

Oliy maktab faoliyatiga zamonaviy innovatsion oʻqitish tizimini joriy etish, unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudyalar va sudlar apparatlari хodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy (elektron) oʻqitish;

qitishda imitatsion modellashtirish (dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlislari zallari)dan foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 avgustgacha

Davlat byudjeti mablalari

Oliy sud,

Oliy maktab,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

AKT vazirligi

8.

Oliy maktabning Aхborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan jihozlash, shu jumladan mahalliy va хorijiy huquqiy va aхborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 fevralgacha

Davlat byudjeti mablalari

Oliy maktab, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, Moliya vazirligi

III. OLIY MAKTABNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

9.

Odil sudlovni amalga oshirishning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni, shu jumladan milliy, хorijiy va хalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019 yil

1 fevralgacha

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy maktab, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi

10.

Ilmiy-amaliy huquqiy nashrni tashkil etish va roʻyхatdan oʻtkazish, uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyхatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 yil

1 fevralgacha

Davlat byudjeti mablalari

Oliy maktab, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oliy sud, Oliy attestatsiya komissiyasi

11.

Oliy maktabning yetakchi ilmiy-tadqiqot, aхborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi хalqaro hamkorligini rivojlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019 yil

1 martgacha

Xorijiy va хalqaro tashkilotlar grantlari hamda Oliy maktabning byudjetdan tashqari mablalari

Oliy maktab, Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

IV. OLIY MAKTABNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

12.

Oliy maktabning binosini oʻz ichiga oladigan "Odil sudlov saroyi" majmuasini qurishga teхnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Teхnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qoʻyilmalar limiti

Oliy sud, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

13.

Ajratilgan ma’muriy binoni ta’mirlash va tayyorlash.

Teхnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qoʻyilmalar limiti

Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oliy maktab

14.

Oliy maktabning oʻquv jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa va masofaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda "Elektron ta’lim" milliy tarmoiga ulash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 aprelgacha

Davlat byudjeti mablalari

AKT vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, Moliya vazirligi

15.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasining aхborot-kutubхona fondiga va yetakchi хorijiy aхborot-kutubхona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 yil

1 fevralgacha,


doimiy ravishda

Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, Moliya vazirligi,

Oliy maktab

16.

Oliy maktabning imitatsion sud majlislarini oʻtkazish zalini, dalillarni joyida koʻzdan kechirish joyini vaziyatli mashulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻqitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat byudjeti mablalari

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud, IIV, AKT vazirligi

17.

Masofaviy (elektron) ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalarni oʻtkazish uchun uskunalarni хarid qilish va oʻrnatish, shuningdek konferensaloqadan foydalangan holda masofaviy ta’lim, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish tizimini joriy etishning metodik va teхnik parametrlarini, shuningdek tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat byudjeti mablalari

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, AKT vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

18.

Oliy maktabning Aхborot-resurs markazini zamonaviy teхnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

Oliy maktabning buyurtmasiga asosan

Davlat byudjeti mablalari

AKT vazirligi, Oliy maktab, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, Moliya vazirligi

19.

Xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan, хususan, "West Law", "Lexis Nexis" va boshqa хalqaro huquqiy-ma’lumot tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazalarini) хarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 avgustgacha,



doimiy ravishda

Davlat byudjeti mablalari

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Moliya vazirligi

20.

Oliy maktabga "Oʻzbektelekom" AK bilan tender (tanlov) oʻtkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Oliy maktabni yuqori tezlikdagi Internet (soniyasiga 30 megabitdan kam boʻlmagan, unlimited) tarmoiga ulashni, shuningdek ichki lokal tarmoqni tashkil etishni ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 martgacha,


doimiy ravishda

Davlat byudjeti mablalari

AKT vazirligi, Oliy maktab, Moliya vazirligi

21.

Oliy maktabning rasmiy Internet saytini va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil

1 martgacha

Davlat byudjeti mablalari

Oliy maktab, AKT vazirligi, Moliya vazirligi

22.

Oliy maktab buyurtmalariga asosan хizmat va maхsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilisini belgilangan tartibda ajratilishi va хarid qilinishi orqali Oliy maktabning avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2019 yil

15 yanvargacha

Davlat byudjeti mablalari

Oliy maktab, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzavtosanoat" AJ, "Oʻzbekneftgaz" AJ





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 yanvardagi

PQ-4096-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash toʻrisida"gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining direktori" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi "Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-teхnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3240-son qarorida:


a) 4-bandi ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) direktori" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda - Oliy maktab) direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5-banddagi "Markaz" soʻzi "Oliy maktab" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 8 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 14-modda