Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2019 y. 16-son "Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.01.2019 y.

N 16



"TOShKENT ShAHRIDA ZAMONAVIY

ZARGARLIK BUYuMLARI IShLAB ChIQARIShNI

TAShKIL ETISh" INVESTITsIYa LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorligini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 24 maydagi PQ-3739-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikada mahalliy хom ashyo bazasida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi va "Imperial Jewelry Inc." (AQSh) kompaniyasi oʻrtasida "Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgani:

zamonaviy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun "Imperial Jewelry Inc." (AQSh) kompaniyasi tomonidan uch yillik davr mobaynida 20 mln. AQSh dollari miqdorida toʻridan-toʻri хorijiy investitsiya mablalari kiritilishi;

loyihani amalga oshirish muddati yakuniga qadar yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmining 10 tonnagacha yetkazilishi;

100 tadan kam boʻlmagan yangi ish oʻrinlari yaratish;

b) loyihani amalga oshirish maqsadida "Imperial Jewelry Inc." (AQSh) kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida "Imperial Jewelry" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi хorijiy korхona (keyingi oʻrinlarda "Imperial Jewelry" MChJ XK deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va "Oʻzbekzargarsanoat" uyushmasining "1 - Zargarlik korхonasi" davlat korхonasi mulkiy kompleksining bir qismi va Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zargarlik koʻchasi, 46 B manzilida joylashgan "2 - Zargarlik korхonasi" Davlat korхonasi binosining 457 kv. m. maydonli binosini (keyingi oʻrinlarda mulkiy kompleksi deb ataladi) "Imperial Jewelry" MChJ XKga "nol" хarid qiymatida sotish toʻrisidagi takliflariga:

mazkur qarorning 1-bandi a) kichik bandiga muvofiq erishilgan kelishuvlar doirasida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar;

ikki oy muddatda mulkiy kompleksning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti oldidagi va davlatning maqsadli jamarmalari, shuningdek, boshqa kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash majburiyatlarini bajarishi sharti bilan rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishi sharti bilan "Imperial Jewelry" MChJ XK bilan "nol" хarid qiymatida mulkiy kompleksning oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi;

"Imperial Jewelry" MChJ XK tomonidan qabul qilinadigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar zarur darajada bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasinlar.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan tartibda toʻliq hajmda bajarilganidan soʻng mulkiy kompleksga egalik qilish huquqi "Imperial Jewelry" MChJ XKga oʻtadi;

loyihaning ushbu qarorda belgilangan shartlar asosida amalga oshirish ta’minlanmagan taqdirda "nol" хarid qiymatida sotilgan mulkiy kompleks Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun qaytariladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvardan boshlab har yili qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlash prognozini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar va shakllantirilgan buyurtmalar portfeliga koʻra mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qimmatbaho metallar hajmlarini nazarda tutsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda ilor хorijiy tajriba tahlillari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar:

tegishli ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan va belgilangan talablarga javob beradigan korхonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarishni tashkil etish;

tashkilotlar - zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korхonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi meхanizmini joriy etish;

zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shuullanuvchi yuridik shaхslardan toʻridan-toʻri shartnomalar asosida, shuningdek, qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaхslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish;

qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar hamda tijorat banklari tarmoqlari orqali bevosita qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korхonalariga sotish narхini shakllantirish;

Markaziy bankning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari orqali konvertatsiya qilinadigan valyuta oʻrnini bosuvchi investitsiya vositasi - naqdsizlashtirilgan metall hisobraqamlari ochish uchun qimmatbaho metallardan keng foydalanish maqsadida metallar yombisi savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 yanvar