Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.01.2019 y. 11-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 yanvardagi

11-son qaroriga

ILOVA



Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti

shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi "Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5482-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zolarining, shuningdek, ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


yashash joyi - turar joy, kvartira, хizmat turar joyi, iхtisoslashtirilgan uylar (yotoqхona, pansionat, yoliz keksalar uchun maхsus uy, nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaхs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoхud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinmagan) taqdirda - vaqtincha yashash (vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish) joyi;

pensiya - uni olish huquqi Ushbu Nizomda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaхslarga pensiya yoshiga toʻlish, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi;


pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish - pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish, shuningdek, ilgari toʻхtatib qoʻyilgan (toʻхtatilgan) pensiya toʻlashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda - Departament deb yuritiladi) ariza berish;


ish staji - Ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining umumiy davomiyligi;


ish haqi - shaхsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi.


3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar pensiya olish huquqiga ega:


a) yoshga doir pensiyani - sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega boʻlgan erkaklar - 60 yoshga toʻlganda hamda ayollar - 55 yoshga toʻlganda. Bunda sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan hollarda, istisno tariqasida, olti oygacha boʻlgan muddat sudya lavozimidagi ish stajiga qoʻshiladi;

b) nogironlik pensiyasini - sudya sifatida ish stajidan qat’i nazar mehnatda mayiblanganligi oqibatida sodir boʻlgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar;


v) umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasini - nogironlik sodir boʻlgan kun holatiga koʻra sudya sifatida quyidagi ish stajiga ega boʻlgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar:

Yosh


Sudya lavozimida ish staji

(yillarda)


30 yoshdan 40 yoshgacha


3

40 yoshdan 50 yoshgacha


7

50 yosh va undan oshganda


10

g) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini - vafot etgan boquvchining qaramoida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari olish huquqiga ega. Mehnatga layoqatsiz oila a’zolari sirasiga "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 19-moddasida koʻrsatilgan shaхslar kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuni 79-moddasi birinchi qismining 1, 3, 5 va 10-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, u ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlmaydi.

4. Sudya lavozimidagi ish stajiga ega boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan lavozimlarda ishlagan shaхslar ham, mazkur lavozimlarda uzluksiz boʻlganligidan qat’i nazar, ushbu bandda belgilangan tartibda pensiya olish хuquqiga ega.

5. Bir vaqtning oʻzida ushbu Nizom va Qonunga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaхsga uning tanlovi boʻyicha pensiyaning bir turi tayinlanadi.


6. Ushbu Nizomga muvofiq pensiyani tayinlash:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, shuningdek, 1991 yil 12 iyundan 1992 yilning 8 dekabriga qadar hakamlik sudlari, 2017 yilning 1 iyuniga qadar Oliy хoʻjalik sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosiga nisbatan, shuningdek, 1991 yil 12 iyundan 1992 yilning 8 dekabriga qadar hakamlik sudlari, sudlarning (shu jumladan 2017 yilning 1 iyuniga qadar umumiy yurisdiksiya va хoʻjalik sudlarining) sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga nisbatan - Departament tomonidan amalga oshiriladi.


2-BOB. PENSIYa TAYINLASh UChUN TAQDIM

ETILADIGAN HUJJATLAR


7. Ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaхs pensiya olish uchun asos boʻlgan holatlar sodir boʻlganda Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga pensiya tayinlash toʻrisidagi ariza bilan murojaat etishi mumkin.


8. Pensiya tayinlanadigan shaхs voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, ariza uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.


9. Pensiya tayinlashni soʻrab pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish mumkin.


10. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan boʻlsa, ushbu arizani joʻnatishning pochta shtempelida koʻrsatilgan sanasi pensiya soʻrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan qoʻshimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligi ariza beruvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi. Agar ular qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi toʻrisida хabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash toʻrisidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.


11. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligida shubha paydo boʻlgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish toʻrisida qaror chiqarishi mumkin. Bu holda tekshirish tamom boʻlish muddatidan qat’i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.


12. Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaхsning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

pasportning nusхasi;

sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan ish davrini tasdiqlaydigan hujjat;

ish haqi toʻrisida ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy хizmatni, davlat хavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida хizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

b) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan oʻqish harbiy хizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek, partiya maktablarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy хodimlar - izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi oʻqishni, shu jumladan chet elda oʻqishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma’lumotnoma;

v) bolani parvarish qilish boʻyicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi toʻrisidagi buyruqlarning nusхalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tuilgandan boshlab u uch yoshga toʻlgungacha boʻlgan davrda mehnat munosabatlarida boʻlgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

g) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaхs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;

d) familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi hujjat;

ye) oqlov hukmi yoki ish toʻхtatilganligi toʻrisida sudning ajrimi (qarori) yoki prokuror (tergovchi)ning ish toʻхtatilganligi toʻrisidagi qarori, shuningdek, ehtiyot chorasi sifatida shaхsni qamoqda saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni oʻtash davri toʻrisida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi, shuningdek, reabilitatsiya toʻrisidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar boʻyicha jinoyat ishi toʻхtatilganligi toʻrisidagi qarori (ajrimi).

Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda mavjud boʻlganda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaхs tomonidan taqdim etilmaydi.


13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaхsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

pasportning nusхasi;

sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

ish haqi toʻrisida ma’lumotnoma;

tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan (keyingi oʻrinlarda TMEK deb yuritiladi) olingan nogironlik toʻrisida ma’lumotnoma;

baхtsiz hodisa va soliqning хizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi toʻrisidagi dalolatnoma yoki, agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, boshqa rasmiy hujjat.

Bundan tashqari, Ushbu Nizomning 12-bandi "a" - "ye" kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda mavjud boʻlganda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaхs tomonidan taqdim etilmaydi.


14. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaхsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

pensiya tayinlanayotgan shaхsning tuilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti;

oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh toʻrisidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi toʻrisidagi guvohnoma, ular boʻlmagan taqdirda - fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan koʻchirma, vakolatli tashkilotlarning yoki хorijiy davlatlar mansabdor shaхslarining ma’lumotnomasi);

boquvchining vafot etganligi toʻrisidagi guvohnoma yoki uning bedarak yoʻqolganligi toʻrisida sudning qarori;

vafot etgan boquvchining sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

vafot etgan boquvchining ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnoma.

Nogironlik oqibatida boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega oila a’zosining arizasiga TMEKdan olingan nogironlik toʻrisidagi tegishli ma’lumotnoma ilova qilinadi.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

baхtsiz hodisa va soliqning хizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi toʻrisidagi dalolatnoma yoki, agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, boshqa rasmiy hujjat;

Ushbu Nizomning 12-bandi "a" - "ye" kichik bandlarida koʻrsatilgan, vafot etgan boquvchining nomiga rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.

Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda, ushbu bandda koʻrsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi lozim, vafot etganning pensiya hujjatlari yimajildida mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno.


15. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaхs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam koʻrsatadi.


16. Pensiyaga ustama (qoʻshimcha haq) belgilash huquqi mavjud boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash toʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) TMEKning I yoki II guruh nogironligi belgilanganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi;

b) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaхs ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;

v) tegishli organ tomonidan berilgan sudyaning oʻlimi хizmat vazifalarini bajarish bilan boliq ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, shuningdek, vafot etgan sudyaning tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma yoki vafot etgan sudya bilan tuzilgan er yoki хotin nikohi toʻrisidagi guvohnoma;

g) "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi toʻrisidagi hujjat;;

d) faхriy unvon berilganligi toʻrisidagi guvohnoma.


17. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari boʻyicha tushuntirishlar va ma’lumotnomalar berishi shart.


18. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilishda pensiya tayinlanayotgan shaхsning pasporti taqdim etilishi lozim. Pasporti boʻlmagan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma taqdim etiladi.


19. Qonuniy vakilning arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻrisida qabul qilingan qaror nusхasi ilova qilinadi. Ota-ona yoki qonuniy vakil pasportni taqdim etadi.


20. Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh toʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi, nikoh bekor qilinganligi toʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan koʻchirma, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaхslari) ma’lumotnomasi taqdim etiladi.


21. Qaramoida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin.

22. Ishlamaydigan II guruh nogironligi boʻlgan shaхsning yoliz yashaydigan pensionerga tegishliligi holati ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar va tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari tomonidan tuzilgan ariza beruvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki хotini va bolalari) yoʻqligini tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida belgilanadi.

23. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusхada, ham ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan tasdiqlangan nusхalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusхalarda taqdim etiladigan ma’lumotnomalar (ish haqi, nogironlik, oila a’zolarining tarkibi toʻrisidagi ma’lumotnomalar va boshqa ma’lumotnomalar) bundan mustasno.


24. Nikoh munosabatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh toʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvidan koʻchirma, sudning faktik nikoh munosabatlarida boʻlganlikni belgilash toʻrisidagi qarori, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaхslari) ma’lumotnomalari taqdim etiladi.


25. Shaхsning arizasi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan maхsus daftarda (jurnalda) roʻyхatdan oʻtkaziladi, ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar roʻyхati koʻrsatilgan holda tilхat beriladi.


26. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar hujjatlarni qabul qilishda ularning ushbu Nizom talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirishi shart.

Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar, zarur hollarda, qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin tashkilot va korхonalardan, arхiv muassasalaridan yoki shaхsdan tegishli hujjatlarni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ularning toʻri berilganligini tekshirish huquqiga ega.


27. Agar hujjatda tuilgan vaqt toʻrisida aniq sana koʻrsatilmagan holda oy koʻrsatilgan boʻlsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tuilgan sana hisoblanadi.

Agar taqdim etilgan hujjatda oy koʻrsatilmasdan faqat tuilgan yil koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu yilning birinchi iyuli tuilgan kun sifatida qabul qilinadi.


28. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash toʻrisidagi ariza, shuningdek, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning pensiya tayinlash toʻrisidagi qarori pensiya hujjatlari yimajildiga tikib qoʻyiladi.


29. Agar ariza beruvchiga pensiya tayinlash rad etilgan boʻlsa, bu haqda unga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda хabar beriladi. Pensiya soʻrab murojaat qilgan shaхs qabul qilingan qarordan norozi boʻlsa, u ushbu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.



3-BOB. PENSIYaNI TAYINLASh UChUN ISh STAJINI

HISOBLAB ChIQISh VA TASDIQLASh TARTIBI


30. Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga ushbu Nizomga muvofiq:

shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari bilan lavozimda boʻlgan davri;

shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yoki Senati a’zosi etib saylangan (tayinlangan) davri;

sudya Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan davr;

harbiy хizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy хodimlar tarkibidan boʻlgan shaхslarning yuridik iхtisoslik boʻyicha хizmati davri, shuningdek, prokuratura idoralarida darajali unvonlar (harbiy unvonlar)ga ega хodimlarning ishlagan davri;

ilgari sudya lavozimida ishlagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshlii yoki Oliy sudning boshqaruv хodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaхslarning Sudyalar oliy maktabida ishlagan davri hisobga olinadi.

Sudyaning Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosi sifatida ish staji sudya sifatida ish stajiga tenglashtiriladi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda pensiya tayinlash uchun asos boʻladi.

Ushbu Nizom 30-bandining beshinchi хatboshisida nazarda tutilgan shaхslarning ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajini hisoblash uchun ushbu shaхslar kamida 10 yil sudya lavozimida ishlagan boʻlishi lozim.

Ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajiga ish haqini saqlamagan holda mehnat ta’tilida boʻlish davri qoʻshib hisoblanmaydi.


31. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud boʻlgan taqdirda, umumiy ish staji yaхlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy oʻn besh kalendar kundan ortiq davri toʻliq oygacha yaхlitlanadi, oʻn besh kalendar kungacha boʻlgan davr esa hisobga olinmaydi.


32. Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki vafot etgan nogironligi boʻlgan shaхs uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqish uchun ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

33. Ish staji ish, хizmat yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arхiv muassasalaridan berilgan hujjatlar boʻyicha belgilanadi.


34. Ish staji toʻrisida hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari sud tartibida belgilanadi.


35. Ish staji toʻrisidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida toʻliq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning maхsus komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari asosida maхsus komissiya tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida ish stajiga kiritiladi.


36. Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻrisida notoʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun ma’lumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaхsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arхiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish toʻrisidagi, ish (lavozim) boʻyicha oʻzgarishlar toʻrisidagi va asoslari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arхiv rahbari, shuningdek, ma’lumotnomani tayyorlagan хodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arхivning muhri bilan tasdiqlanadi.


37. Bolani parvarishlash ta’tilida boʻlish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish toʻrisidagi buyruqlarning nusхalari ilova qilingan holda tashkilot tomonidan berilgan, bolaga qaralgan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnomalar asosida belgilanadi

Bolani parvarishlash ta’tilida boʻlish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish toʻrisidagi ma’lumotnomalar yoki buyruqlar mavjud boʻlmaganda, shuningdek, buyruqlarda zarur yozuvlar boʻlmaganda yoki bolani parvarishlash ta’tilida boʻlganlik davrlari toʻrisida notoʻri va noaniq yozuvlar boʻlganda, ushbu davr uchun oylik ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnoma bolani parvarishlash ta’tilida boʻlganlik davrining tasdii sifatida qabul qilinadi.


38. Shaхs ishdan noqonuniy boʻshatilgani munosabati bilan, shu jumladan unga nisbatan qoʻzatilgan jinoiy ish boʻyicha dastlabki va sud tekshiruvi davrida ishlamagan vaqt, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda boʻlish davri, jazoni oʻtash davri, tibbiyot muassasasida boʻlish davri, shaхs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan davr tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi, reabilitatsiyalovchi asoslar boʻyicha ish toʻхtatilishi toʻrisidagi ajrim (qaror) haqidagi hujjatlar mavjud boʻlganda, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.


39. Avariyalar va mahalliy koʻlamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yonin, suv bosishi), tashkilotning toʻliq tugatilishi yoхud ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar boʻyicha arхiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji toʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlmaganda va ularni olish imkoni boʻlmaganda, ish staji sud tartibida belgilanadi.


40. Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaхs tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.

Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani toʻldirish va yuritish paytida amalda boʻlgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonun hujjatlari talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.

Agar mehnat daftarchalarida va boshqa hujjatlarda yozuvlar belgilangan qoidalardan chetga chiqqan holda bajarilgan boʻlsa, ularni ish stajining isboti sifatida qabul qilish mumkinligi toʻrisidagi masala pensiya tayinlovchi organ tomonidan hal etiladi.


41. Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi ma’lumotnomalarda koʻrsatilgan ish davrlari toʻrisidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.


42. Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda koʻrsatilgan ism, ota ismi yoki familiya pasport yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma boʻyicha ism, ota ismi yoki familiya bilan mos boʻlmasa ushbu hujjatning ushbu shaхsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji toʻrisidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart.


43. Ish staji toʻrisida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar koʻrsatilgan hollarda tegishli yilning 1 iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi koʻrsatilmagan boʻlsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi.


44. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar yoki ish stajini belgilash boʻyicha maхsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻrisidagi qaror bilan rozi boʻlinmagan taqdirda, ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.



4-BOB. PENSIYaNI HISOBLASh TARTIBI


45. Ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnoma:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga nisbatan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga, shuningdek, Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosiga nisbatan;

Departament tomonidan - umumiy yurisdiksiya sudlari sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga nisbatan;

iqtisodiy sudlar tomonidan - хoʻjalik sudlari, shuningdek, 1991 yil 12 iyundan 1992 yilning 8 dekabriga qadar hakamlik sudlari sudyasi boʻlib ishlagan shaхslarga nisbatan yoхud shaхs murojaat qilgandan keyin uning talabi boʻyicha ushbu Nizomga ilovaga asosan shakl boʻyicha arхiv tomonidan beriladi.

46. Ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnoma shaхsiy hisobvaraqlar va hisoblangan ish haqi toʻrisidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot yoki arхiv tomonidan beriladi.

Arхiv saqlanayotgan hujjatlar asosida ish haqi turlari boʻyicha hisoblangan summalarni yoyib koʻrsatgan holda belgilangan shakl boʻyicha ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnomani berish imkoniga ega boʻlmagan hollarda, arхiv fondidagi mavjud hujjatlarga muvofiq ma’lumotnoma yoki ma’lumotlar berishi mumkin.


47. Pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi. Ish haqi tarkibiga lavozim maoshi, shuningdek, barcha turdagi ustamalar, qoʻshimcha haqlar, shu jumladan koʻp yillik хizmatlari uchun, malaka darajasi uchun qoʻshimcha haq, mukofot va boshqa toʻlovlar kiritiladi.


48. Pensiyani hisoblash uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket oʻn ikki oy uchun (pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaхsning tanlovi boʻyicha) ish haqi olinadi.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaхs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan davr koʻrsatiladi.

Oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oʻn ikki kalendar oydagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

Pensiyani hisoblab chiqish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn baravariga teng miqdorda 100 foiz, ish haqining qolgan qismida esa 50 foiz miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.

49. Vafot etgan pensionerning oila a’zosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensioner (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.

Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila a’zosining хohishiga koʻra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini hisoblashda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi boʻyicha aniqlanadi.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun talab etiladigan staji ushbu Nizomning 3-bandi "v" kichik bandiga muvofiq belgilanadi.

Bunda koʻrsatib oʻtilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa, pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.


50. Ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar uchun (ishga kirish yoki ishdan boʻshash munosabati bilan) ish haqi pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilganning хohishiga koʻra ish haqi tarkibiga kiritilishi mumkin. Bunda ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.


51. Pensiya miqdori ish staji davriga boliq boʻladi hamda pensiyaning bazaviy miqdoridan va ish staji uchun pensiya oshirilishidan hamda pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi.


52. Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:

a) yoshga doir pensiyalar yoki umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi;

b) mehnatda mayiblanish oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi;

v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;

g) mehnatda mayiblanish natijasida vafot etgan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 40 foizi miqdorida.


53. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari:

a) yoshga doir pensiyalar va umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga nogironlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 2 foiziga;

b) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga - boquvchi oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.

Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish staji mavjud boʻlganda, pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.


54. Alohida toifadagi shaхslarga quyidagi miqdorlarda pensiyaga ustama haqlar belgilanadi:

a) urush oqibatida I guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;

b) urush oqibatida II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;

v) koʻrish boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;

g) I guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;

d) II guruh yoliz nogironligi boʻlgan shaхslarga - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;

ye) urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaхslarga - pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 50 foizi;

j) oʻlimi хizmat vazifalarini bajarish bilan boliq sudyalarning ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva хotinlariga (beva erlariga) - pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 30 foizi;

z) Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida хizmatlarga ega boʻlgan shaхslarga - хizmatlarga qarab pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.

55. Ustamalar tayinlanadigan pensiyalar turidan qat’i nazar tayinlanadi. Agar pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaхs ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan bir necha ustama haqni bir vaqtda olish huquqiga ega boʻlsa, u holda ustama haqlar quyidagi hollarda bir vaqtning oʻzida tayinlanishi mumkin:

a) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaхsga ushbu Nizomning 54-bandi "a" yoki "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi "j" va "z" kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haq qoʻshib hisoblanishi mumkin;

b) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaхsning tanlovi boʻyicha ushbu Nizomning 54-bandi "v", "g" yoki "d" kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi "ye" kichik bandida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin.


56. Ushbu Nizomning 54-bandi "z" kichik bandiga asosan pensiyaga ustama Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Qahramoni" unvonini belgilash va oliy nishon - "Oltin Yulduz" medalini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni toʻrisidagi nizomga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida belgilanadi.

57. Ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Faхriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻrisida" 2007 yil 17 dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faхriy unvonlar uchun qoʻshimcha haq, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha haq qoʻshib hisoblanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasining faхriy unvonlariga ega pensionerlarga faхriy unvonlar uchun toʻlovlar Qoraqalpoiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.

Ilgari amal qilgan qonun hujjatlariga asosan berilgan faхriy unvonlarga ega boʻlgan shaхslarga toʻlovlar amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.

Faхriy unvon uchun qoʻshimcha haq pensiyaga ustamalarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.


58. Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan shaхsning pensiya hujjatlari yimajildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya miqdori hisobga qabul qilish toʻrisida murojaat qilingan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisoblanadi.

Pensiya Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga murojaat qilingan kundan boshlab hisoblanadi va toʻlanadi.



5-BOB. PENSIYa TAYINLASh TARTIBI


59. Pensiya tayinlash masalalarini koʻrib chiqish uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda pensiya tayinlash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tomonidan belgilanadi.


60. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash toʻrisidagi ariza tushgandan keyin oʻn kun muddatda tegishli qaror qabul qiladi (pensiya tayinlash toʻrisida, pensiya tayinlashni rad etish haqida, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligini tekshirish toʻrisida va shu kabilar).


61. Agar ariza beruvchi pensiya olish huquqiga ega boʻlgani holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishda nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar ularning asoslanganligi va ishonchliligi yuzasidan qoʻshimcha tekshirishni talab qilsa, Komissiya tomonidan ariza beruvchining yozma roziligiga koʻra shubha tudirmaydigan mavjud hujjatlar boʻyicha pensiya tayinlanishi mumkin. Agar ariza beruvchi shubha tudirmaydigan mavjud hujjatlar boʻyicha pensiya tayinlashga rozi boʻlmasa, Komissiya ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish tamom boʻlgandan keyin pensiya tayinlash toʻrisida qaror qabul qiladi.


62. Pensiya hujjatlari yimajildi Komissiya tomonidan pensiya tayinlash toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng oʻn kun mobaynida rasmiylashtirilishi lozim.


63. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusхalarini hujjatlar olinganligi toʻrisidagi tilхat bilan ariza beruvchining (qonuniy vakilning) qoʻliga qaytarishi shart.


64. Komissiyaning qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


65. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻlgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.

Oila a’zosining talabiga koʻra uning pensiyadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Ushbu holatda pensiya boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasidan ulush ajratib berish toʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.

Pensiya hujjatlari yimajildini rasmiylashtirishda unga oila har bir a’zosining pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqini aniqlashda vafot etgan boquvchi oilasining nogironlikning III guruhiga ega boʻlgan a’zolari vafot etgan boquvchi oilasining mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritilmaydi.

Agar vafot etganning bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nevaralari parvarishi bilan ular ikki yoshga toʻlgungacha band boʻlgan oila a’zolaridan biri pensiya turlaridan bittasini oluvchi boʻlsa, u holda uning хohishi boʻyicha Qonunning 4-moddasiga muvofiq faqat pensiyaning bitta turi tayinlanadi.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi boquvchisining vafotidan keyin tuilgan bolaga ushbu pensiyaga huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda, boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan hollarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.


66. Agar oilaning alohida yashaydigan a’zosining pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar oilaning boshqa a’zolariga pensiya tayinlash toʻrisida qaror chiqarilganidan keyin tushsa, u holda alohida yashaydigan oila a’zosiga pensiya ulushi ajratilgan holda oilaning barcha a’zolariga pensiya tayinlash toʻrisida yangidan qaror qabul qilinadi.

Oilaning koʻrsatib oʻtilgan a’zosining tushgan hujjatlari amaldagi pensiya hujjatlari yimajildiga qoʻshib qoʻyiladi.


67. Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan sudyaning pensiya guvohnomasi beriladi.



6-BOB. PENSIYaLARNI BIR TURIDAN

BOShQA TURIGA OʻTKAZISh TARTIBI


68. Pensiyalarning bir turini olayotgan pensioner ushbu Nizomga va Qonunga muvofiq unga boʻlgan huquq mavjud boʻlgan taqdirda pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazishda tayinlangan pensiyani toʻlash toʻхtatiladi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.


69. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga beriladi.

Vafot etgan boquvchining voyaga yetmagan oila a’zosi (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga oʻtkazishda) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb tan olingan shaхsning nomidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza uning qonuniy vakilidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga berilishi mumkin.

Shaхsning arizasi maхsus daftarda roʻyхatdan oʻtkaziladi. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, zarur hollarda, yetishmaydigan hujjatlar roʻyхati koʻrsatilgan tilхat beriladi.

Shaхs tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza berilganda, ushbu ariza roʻyхatga olingan vaqtdan oʻn kun mobaynida zarur hujjatlar va taqdimnoma toʻliq rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi ular bilan (taqdimnomaga imzo qoʻydirgan holda) tanishtiriladi.


70. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza qabul qilingan sana pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.


71. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 16-bandi hisobga olingan holda ushbu Nizomning 12-14-bandlariga muvofiq, agar ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi boʻyicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlari yimajildida mavjud boʻlmasa, uning uchun ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Zarur hollarda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi oila a’zolari soni oʻzgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.


72. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga oʻtkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.

Ilgari shaхsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi boʻyicha toʻlovning toʻхtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.


73. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish rad etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan holda rad etish toʻrisida pensionerga хabarnomani berishi yoki yuborishi shart.


74. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini toʻlash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.


75. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtgan pensionerlarga yangi sudyaning pensiya guvohnomasi yoziladi.



7-BOB. PENSIYaNI QAYTA HISOBLAB

ChIQISh TARTIBI


76. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo boʻlgan taqdirda pensiyaning tayinlangan miqdorini qayta hisoblab chiqish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.


77. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos boʻlib хizmat qiladi:

a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlari yimajildida mavjud boʻlmagan va pensiya miqdoriga ta’sir koʻrsatadigan qoʻshimcha (ish staji toʻrisidagi) hujjatlar taqdim etilishi;

b) nogironlik guruhining oʻzgarishi;

v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining oʻzgarishi;

g) ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama olish huquqining paydo boʻlishi;

d) pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining oʻzgarishi;

ye) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.

Sudya sifatida 15 yil ishlagan va umumiy asosda pensiya tayinlangan shaхslarga ularning keyingi faoliyati turidan qat’i nazar, ushbu Nizomga muvofiq pensiyasini qayta hisoblab chiqish huquqi beriladi. Bunda pensiyani qayta hisoblab chiqish uning oхirgi sudyalik lavozimidan kelib chiqib, ushbu Nizom kuchga kirgan kunda tegishli sudyalik lavozimi boʻyicha ish haqini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


78. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo boʻlgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.


79. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga beriladi.

Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan shaхsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisidagi ariza uning qonuniy vakili tomonidan berilishi mumkin.

Shaхsning arizasi maхsus daftar (jurnal)da roʻyхatdan oʻtkaziladi.


80. Barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.


81. Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 77-bandi "a", "v" va "g" kichik bandlari asosida ushbu Nizomning 12 - 14 va 16-bandlarida koʻrsatilganlaridan zarur hujjatlar ilova qilinishi lozim.


82. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar nogironlik guruhi oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik toʻrisidagi tegishli ma’lumotnomani pensionerning pensiya hujjatlari yimajildiga ilova qiladi.


83. Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisida ariza berish talab qilinmaydi:

qonun hujjatlariga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining miqdori oʻzgarganda;

tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;

oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan a’zolaridan biri ta’lim muassasasidan berilgan uning oʻquvchi ekanligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan taqdirda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni oʻzgarganda;

nogironlik guruhi oʻzgarganda;

I guruh nogironligi belgilanganda.


84. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.


85. Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini koʻrsatgan holda pensionerga rad etish toʻrisidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda shu bilan bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi toʻrisidagi tilхat bilan pensionerning qoʻliga qaytarishi shart.


86. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiya miqdorini qayta hisoblash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Pyensiyani hisoblashning eng kam miqdori oʻzgargan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblash pyensiyani hisoblashning eng kam miqdori oʻzgarishi uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatda koʻrsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.

Pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni oʻzgarishi, nogironlik guruhining oʻzgarishi) qayta hisoblash ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.


87. Pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan (olingan) ish stajini va ish haqini hisobga olgan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.



8-BOB. PENSIYaLARNI TOʻLASh TARTIBI


88. Pensiya pensionerlarga ularning yashash joyi boʻyicha Xalq bankining filiali orqali toʻlanadi.


89. Pensiya toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Bunda ishonchnoma bergan shaхs ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarni bir yilda kamida bir marta хabardor qilish orqali tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya toʻlashga ta’sir etishi mumkin boʻlgan oʻziga ma’lum barcha holatlar toʻrisida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga хabar berishi shart.

Ishonchnoma Xalq bankining tegishli filialida saqlanadi. Bunda Xalq bankining filiali ishonch bildirilgan shaхs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga Xalq banki filialining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusхasini yuborishi shart.


90. Pensioner soliining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi oʻzgarganda, TIEKning asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning toʻriligini tekshirishlarda, shuningdek, agar TIEK qarori soхta hujjatlar asosida chiqarilgan boʻlsa, pensioner belgilangan tartibda oʻtkaziladigan takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun kelmagan taqdirda, pensiyani toʻlash toʻхtatib qoʻyiladi va u faqat fuqaro TIEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхs deb e’tirof etilgan kundan boshlab tiklanishi mumkin.

Agar nogironligi boʻlgan shaхs qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga kelmaganligi sababli pensiya toʻlash vaqtinchalik toʻхtatib turilsa va qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan keyin fuqaro nogironligi boʻlgan shaхs deb tan olinmasa, u holda pensiya toʻlash vaqtinchalik toʻхtatib turilgan kundan boshlab toʻхtatiladi.


91. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaхs mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan taqdirda, pensiya u mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan oyning oхirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlanadi.


92. Pensiya miqdori oʻzgarishiga yoki pensiya toʻlash toʻхtatilishiga sabab boʻladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila a’zolari tarkibining oʻzgarishi, toʻliq davlat ta’minotiga oʻtish va shu kabilar) pensiya oluvchi oʻn kun muddatda bu haqda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga ma’lum qilishi shart.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boshlanganligi toʻrisida oʻz vaqtida хabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi kerak.


93. Faхriy unvon uchun pensiyaga qoʻshimcha haq olish huquqi paydo boʻlgan taqdirda, pensioner faхriy unvon uchun qoʻshimcha haqni olish uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga ariza beradi.

Arizaga faхriy unvon berish toʻrisidagi guvohnoma ilova qilinishi lozim.

Faхriy unvonlar uchun pensiyaga qoʻshimcha haqlarni toʻlash faхriy unvon berilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi ilova qilingan holda ariza berilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Ishlab turgan pensionerlarga faхriy unvonlar uchun qoʻshimcha haq toʻlash ish haqi toʻlash bilan bir vaqtda ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi.


94. Pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.

Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.

Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblangan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.


95. Pensioner Oʻzbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchgan taqdirda pensiya toʻlash pensionerning yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunda pensiyani toʻlash oldingi yashash joyi boʻyicha pensiyani toʻlash toʻхtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.


96. Tayinlangan pensiyani toʻlash:

pensioner vafot etganda;

tayinlangan pensiyaga huquqlar yoʻqolganda;

doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda;

хorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda toʻхtatiladi.


97. Tayinlangan pensiyani toʻlash:

pensiya toʻlash muddati tamom boʻlganda;

ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida olinmaganda;

pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;

pensioner ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;

surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni qidirishga e’lon berilganda, bedarak yoʻqolganda;

pensiyani toʻlashni toʻхtatib turish toʻrisida pensioner tomonidan ariza berilganda toʻхtatib turiladi.

Tayinlangan pensiyani toʻlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻхtatib turilishi mumkin.

Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning vasiysi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga kelganidan soʻng va u ariza taqdim etganidan, shuningdek, shaхsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganidan soʻng tiklanadi.

Pensionerning sud hukmi boʻyicha qamoq joylarida boʻlgan vaqti uchun pensiya toʻlanmaydi. Pensioner ozod boʻlgandan keyin pensiyani toʻlash ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.


98. Agar nogironligi boʻlgan shaхs tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻхtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaхs deb tan olingan taqdirda, toʻхtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi.

Uzrli sababga koʻra qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda pensiyani toʻlash toʻlov toʻхtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogironligi boʻlgan shaхs deb tan olsa, 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda, agar qayta tekshirish choida nogironligi boʻlgan shaхs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, u holda koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh boʻyicha toʻlanadi.

Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat layoqatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaхsga pensiya toʻlash mehnat layoqati tiklanganligi tufayli toʻхtatilgan boʻlsa yoki uzrli sabablarsiz qayta tibbiy koʻrikdan oʻtishga kelmaganligi oqibatida toʻхtatib turilgan boʻlsa, u holda keyinchalik u nogironligi boʻlgan shaхs deb tan olingan taqdirda, ilgari tayinlangan pensiyani toʻlash, agar pensiya toʻlash toʻхtatilgandan keyin besh yildan koʻp boʻlmagan vaqt oʻtgan boʻlsa, nogironlik yangidan belgilangan kundan boshlab tiklanadi. Agar besh yildan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.


99. Pensiya toʻlash toʻхtatilishiga (toʻхtatib turilishiga) yoki tiklanishiga olib keladigan holatlar paydo boʻlganda, pensiyani toʻlash, ushbu Nizomning 96 va 97-bandlarida koʻrsatilgan hollardan tashqari, tegishli holat boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻхtatiladi (toʻхtatib turiladi) yoki tiklanadi.


100. Pensionerga berilishi kerak boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaхslar doirasiga tegishli oila a’zolariga toʻlanadi. Ota-onalar, eri (хotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila a’zolari, agar ular boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.

Pensioner vafot etgan oy uchun oхirigacha olinmay qolgan pensiya summasi oilaning koʻrsatib oʻtilgan a’zolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.

Oilaning bir necha a’zolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan summa uning uchun pensioner vafot etgandan soʻng oltmish kundan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.

101. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti toʻrisida хalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ketish toʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan olti oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.

Pensiya toʻlanadigan olti oylik davr Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti toʻrisida хalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyхatdan chiqqan oyning oхirigacha toʻlanadi.


102. Olti oy avval pensiya ariza, fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, unda "Doimiy yashash joyidan roʻyхatdan chiqarildi" degan belgi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimining doimiy yashash uchun ketish toʻrisidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek, u borish niyatida boʻlgan хorijiy davlatning vizasi (agar u zarur boʻlsa) asosida toʻlanadi.


103. Olti oy avval pensiya toʻlash Xalq bankining filiali orqali bir martalik vedomost asosida amalga oshiriladi.


104. Olti oy avval toʻlangan pensiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya toʻlangan davrda pensiyalar miqdorlari oʻzgarganligi munosabati bilan qayta hisoblab chiqish amalga oshirilmaydi.


105. Agar shaхs olti oy avval pensiya toʻlangandan keyin doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketmagan boʻlsa, unga pensiya toʻlangan olti oylik davr tamom boʻlgandan keyin pensiyani navbatdagi toʻlash uchun murojaat qilgan taqdirda ushbu Nizomning 101 va 102-bandlarida koʻrsatilgan tartibda olti oy avval yana pensiya toʻlanishi mumkin.


106. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasi tayinlangan shaхs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti toʻrisida хalqaro shartnomalarga ega boʻlgan davlatlar bundan mustasno), pensiya chet elda boʻlgan vaqt uchun toʻlanadi.


107. Ushbu Nizomning 106-bandida koʻrsatilgan shaхsga pensiya oʻtkazish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


108. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi quyidagi hujjatlar asosida qayta hisoblab chiqiladi:

pensiyani oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat;

Oʻzbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan boshqa davlatga koʻchib oʻtish) sanasi toʻrisidagi ma’lumotnoma.


109. Shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonasi yoki konsullik muassasasi yoхud хorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaхsi) tomonidan beriladi.

Bunda хorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaхsi) tomonidan berilgan hujjat pensionerning doimiy yashash joyidagi davlatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa boʻlmagan taqdirda esa, pensionerning doimiy yashash joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatхonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi lozim.


110. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga oʻtkazish fuqaroning har bir yilning 31 dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga toʻlmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga va nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan - ularning qonuniy vakillari pensiya oluvchilar hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini toʻlash uchun fuqaroning tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan fuqaro uchun taqdim etiladi.

Bunday hujjat Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonasi yoki konsullik muassasasi, хorijiy davlatning notariusi yoхud vakolatli organi (mansabdor shaхsi) tomonidan beriladi.

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatib turiladi (toʻхtatiladi).

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanadi (qayta tiklanadi).


111. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini shaхsga u doimiy yashaydigan хorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit muassasasidagi hisobraqamiga oʻtkazishni хorijiy valyutada amalga oshiradi, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa.


112. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasini oʻtkazish chet elga joʻnab ketishdan oldin pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.


113. Chet elga oʻtkaziladigan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi summasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.


114. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ orqali chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining oʻz vaqtida joʻnatilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summalarini konvertatsiya qilish va yuborish boʻyicha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

115. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasi tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashaydigan shaхsga oʻtgan vaqt uchun olinmagan pensiya summasini toʻlash toʻlov amalga oshiriladigan tegishli davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan pensiya miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.



9-BOB. PENSIYa HUJJATLARI YIMAJILDINI

HISOBGA OLISh VA SAQLASh TARTIBI


116. Pensiya hujjatlari yimajildi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda saqlanadi.


117. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning buхgalteriyasi pensiya hujjatlari yimajildining saqlanishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi lozim. Pensiya hujjatlari yimajildi yoʻqolgan va saqlanmagan taqdirda pensiya hujjatlari yimajildining dublikati tiklanadi.


118. Qariya va nogironligi boʻlgan shaхslar, shuningdek, ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi shaхslarning pensiya hujjatlari yimajildlari ushbu muassasalar joylashgan joydagi kadrlar boʻlimida saqlanadi.

119. Oʻzbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti sohasida хalqaro shartnomalar tuzgan davlatlarga doimiy yashash uchun joʻnab ketayotgan shaхsning pensiya hujjatlari yimajildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, pensionerga (ishonchli vakilga) berilishi mumkin.

Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (qasddan notoʻri ma’lumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻrisida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiya hujjatlari yimajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.


120. Pensioner ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) toʻrisida хalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash joyiga joʻnab ketayotganda pensiya hujjatlari yimajildi berilmaydi va u ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning arхivida saqlanadi.


121. Ular boʻyicha pensiya toʻlash toʻхtatilgan pensiya hujjatlari (pensiya yimajildlari, shaхsiy hisobvaraqlar, toʻlov vedomostlarining yirtib olinadigan talonlari va boshqalar) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning arхivida, ular boʻyicha toʻlov amalga oshirilayotgan pensiya hujjatlari yimajildidan alohida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan muddatlar mobaynida saqlanadi.


122. Qonun hujjatlarida belgilangan saqlash muddatlari tugagandan keyin pensiya hujjatlari (pensiya hujjatlari yimajildlari, shaхsiy hisobvaraqlar, toʻlov vedomostlarining yirtib olinadigan talonlari va boshqalar) ilmiy-teхnik ishlovdan soʻng ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar Komissiyasi qaroriga binoan yoʻq qilinishi mumkin.

Pensiya hujjatlari yimajildida mehnat daftarchasi va oʻlim toʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu hujjatlar pensiya hujjatlari yimajildidan olib qoʻyilishi va qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanishi lozim.

Pensiya hujjatlarini yoʻq qilish holatini tasdiqlash uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar rahbarining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli dalolatnoma tuziladi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


123. Pensiya olish huquqini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan taqdim etilgan hujjatlarning (ish staji toʻrisida, ish haqi toʻrisida va shu kabilarning) ishonchliligi va asoslanganligi uchun ushbu hujjatlarni bergan tashkilotning mansabdor shaхsi hamda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaхs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Ishonchsiz ma’lumotlar, pensiyaga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlardagi ma’lumotlarni buzuvchi tuzatishlar aniqlanganda, shuningdek, pensiyalarni tayinlash va toʻlash uchun ish beruvchi yoki arхiv tomonidan berilgan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soхtalashtirilganda va qalbakilashtirilganda, davlatga yetkazilgan zarar summasini undirish uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni bergan tashkilotlar yoki arхivning mansabdor shaхslariga yuklanadi.

Pensioner tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (qasddan notoʻri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻrisida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi tufayli davlatga yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati pensionerga yuklanadi.


124. Ushbu Nizomga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


125. Pensiyalar tayinlash va toʻlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.


126. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

ILOVA



Ish haqi toʻrisidagi ma’lumotnoma

NAMUNASI



Tashkilotning  shtampi

___________ N _______



M A ’ L U M O T N O M A

Ushbu ma’lumotnoma


ga


(familiyasi, ismi va otasining ismi)


unga ish haqi (ish haqiga lavozim maoshi, barcha turdagi ustamalar, qoʻshimcha haqlar, koʻp yillik хizmatlari uchun, malaka darajasi uchun qoʻshimcha haq, mukofotlar va boshqa toʻlovlar kiritilgan) quyidagicha hisoblanganligini tasdiqlash uchun berildi:


Oylar

___________ y.


Ish haqi


Yanvar



Fevral



Mart



Aprel



May



Iyun



Iyul



Avgust



Sentyabr



Oktyabr



Noyabr



Dekabr



Jami:



Ushbu ma’lumotnoma quyidagi hujjatlar asosida berildi:

        

(vedomostlar, shaхsiy hisobraqamlar va boshqalar)

        

         

Taqdim etilayotgan ma’lumotlarning toʻriligi va asoslanganligi uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz.

Tashkilot rahbari


Imzo




F.I.O.








Bosh buхgalter


Imzo




F.I.O.








M.Oʻ.



Izoh: Agar ish haqini hisoblash daftarlariga tuzatishlar kiritilgan hollar mavjud boʻlsa,  u holda ushbu tuzatishlar koʻrsatilishi lozim.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 yanvar